Abduraxmon jomiyning tasavvufiy qarashlari
Download 106.89 Kb.
|
ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ad-durrat ul-foxira”
- Risolai javobi suol va javobi Hinduston”
«Risolat fi-l-vujud” Bu risola arab tilida yozilgan bo‘lib, «Risolat ul-vujudiyat» va «Risolai vajiza dar tahqiq va isboti vojib ul-vujud» deb ham ataladi. Risola hajman kichik - 10 betdan iborat. Unda vujud va mohiyat atrofida ilmiy bahslar yuritilib, vahdat ul-vujudga oid turli masalalar izohlanadi.
Yan Richard bu asar ko‘proq mutakallimlar va faylasuflar ruhiyasiga yaqinroq, deb hisoblaydi. Risolaning yozilish yili aniq ma’lum emas, ammo «Kulliyot»dagi asarlar tartibiga e’tibor berilsa, «Sharhi ruboiyot»dan oldinroq yozilgan, deb taxmin qilish mumkin. Bu asarning ilmiy-tanqidiy nashri va inglizcha tarjimasi Nikolas Hir tomonidan amalga oshirilgan.4 “Lavoyeh” Bu asar hijriy 870 (milodiy 1465) yili fors tilida, nasr va nazmda bitilgan. Asar 36 loyihadan (har bir mavzu «loyiha» deb ataladi) iborat bo‘lib, asosiy mazmun ilmiy-falsafiy nasrda ifoda etilgan va har bir loyihaning oxirida bir-ikki falsafiy-irfoniy mazmundagi ruboiy keltirilgan. Ruboiylar nasriy parchalardagi mazmunlarni quvvatlaydi. «Lavoyeh» shaklan va mazmunan «Sharhi ruboiyot»ga juda o‘xshash. Ammo bu asar sharh emas. «Sharhi ruboiyot», Jomiyning o‘z ruboiylariga sharh berilganligini hisobga olsak, albatta, to‘la tarzda muallifga taalluqli bo‘lgan asar. Ammo ikkinchi tomondan, u maxsus ruboiylarni sharhlashga qaratilgan tobe’ asar. Ya’ni, uning ilmiy-falsafiy nasridagi fikrlar ruboiylardagi irfoniy mazmunlarga bo‘ysunadi. Ammo «Lavoyeh»dagi ruboiylar sharh uchun emas, balki asardagi ilmiy-falsafiy matnlarni quvvatlash va tasdiqlash uchun mo‘ljallangan. Boshqacha qilib aytganda, bu asardagi ruboiylar aksincha, nasriy parchalardagi fikrlarni sharhlaydi. Asarning ham nasri va ham nazmi «Sharhi ruboiyot»dagi ruboiylar va ularning sharhida bitilgan ilmiy-falsafiy nasrdan ko‘ra ancha sodda va ravon. «Lavoyeh»dagi nasriy parchalarning hajmi ham nisbatan kichik. Undan tashqari, uning ichki tuzilishi ham «Sharhi ruboiyot»ga qaraganda ancha jo‘n va sodda. Bu asar hijriy 870 (milodiy 1465) yili fors tilida, nasr va nazmda bitilgan. Asar 36 loyihadan (har bir mavzu «loyiha» deb ataladi) iborat bо‘lib, asosiy mazmun ilmiy-falsafiy nasrda ifoda etilgan va har bir loyihaning oxirida bir-ikki falsafiy-irfoniy mazmundagi ruboiy keltirilgan. Ruboiylar nasriy parchalardagi mazmunlarni quvvatlaydi. «Lavoyeh» shaklan va mazmunan «Sharhi ruboiyot»ga juda о‘xshash. Ammo bu asar sharh emas. «Sharhi ruboiyot», Jomiyning о‘z ruboiylariga sharh berilganligini hisobga olsak, albatta, tо‘la tarzda muallifga taalluqli bо‘lgan asar. Ammo ikkinchi tomondan, u maxsus ruboiylarni sharhlashga qaratilgan tobe’ asar. YA’ni, uning ilmiy-falsafiy nasridagi fikrlar ruboiylardagi irfoniy mazmunlarga bо‘ysunadi. Ammo «Lavoyeh»dagi ruboiylar sharh uchun emas, balki asardagi ilmiy-falsafiy matnlarni quvvatlash va tasdiqlash uchun mо‘ljallangan. Boshqacha qilib aytganda, bu asardagi ruboiylar aksincha, nasriy parchalardagi fikrlarni sharhlaydi. Asarning ham nasri va ham nazmi «Sharhi ruboiyot»dagi ruboiylar va ularning sharhida bitilgan ilmiy-falsafiy nasrdan kо‘ra ancha sodda va ravon. «Lavoyeh»dagi nasriy parchalarning hajmi ham nisbatan kichik. Undan tashqari, uning ichki tuzilishi ham «Sharhi ruboiyot»ga qaraganda ancha jо‘n va sodda. Jomiy «Lavoyeh»da asosan tavhid, fano va baqo xususida fikr yuritadi va mavzular atrofidagi о‘z qarashlarini Ibn al-Arabiyning falsafiy-irfoniy maktabi bilan bog‘laydi. U qariyb har bir loyihada Ibn al-Arabiy qarashlarini asos qilib oladi va kо‘p joylarda bevosita Ibn al-Arabiy (Shayx)ni tilga oladi. Jomiy, shuningdek, tajalliy xususida ham bahs yuritadi. Masalan, yigirma birinchi loyihada izlanuvchi solik mavqeini muhim deb biladi. Chunki solik ayni paytda Xudo, muhib va mahbubdir, Xudoning mahbub va matlub mavjudini о‘zida in’ikos etadigan oshiq oyinadir. Shuning uchun ham, undan zohir bо‘ladigan har bir ish, aslida Haqning ishidir (О‘ttizinchi loyiha). Jomiyning bu asari, yuqorida aytganimizdek, ancha sodda uslubda yozilgan. Ammo muallif gohida ixtiyorsiz ravishda Ibn al-Arabiyga xos bо‘lgan sо‘zlar va istilohotlarni ishlatadi. Masalan, «Komil Inson» tushunchasi «Lavoyeh»da yetakchi о‘rin egallaydi. Jomiy bir о‘rinda fikrlarini tasdiqlash maqsadida Rumiyning «Masnaviy»sidan va Mahmud Shabistariyning «Gulshani roz»idan ham baytlar keltiradi. Jomiy bu asarda olamning yaralish sirrini vahdat ul-vujud ta’limoti asosida quyidagicha izohlaydi: «Olam Haq zohiridir va Haq olam botinidir. Olam Haq aynining zuhuridan oldin bor edi, Haq olam aynining zuhuridan keyin» (Yigirma beshinchi loyiha). Jomiyning bu asari ancha sodda va ravon tilda yozilgan bо‘lsa-da, unga mutafakkirlar tomonidan bir qancha sharhlar bitilgan. Jumladan, Abdumalik ibn Abdulg‘afur al-Ansoriyning «Ashi’ot ul-Lavoyeh» nomli asari, Mullo Imodning «Sharhi Lavoyehi Jomiy» nomli asari «Lavoyeh»ga bitilgan eng muhim sharhlardan sanaladi. «Lavoyeh» Jomiyning boshqa tasavvufiy-irfoniy asarlariga qaraganda, kо‘proq nashr etilgan.1 Ammo bu nashrlarning birontasi ilmiy-tanqidiy nashr hisoblanmaydi. Bu asarning ilmiy-tanqidiy matni birinchi marotaba fransuz sharqshunosi Yan Richard tomonidan nashr etildi. Yan Richardning «Lavoyeh»ga yozgan muqaddimasi esa bu asar atrofidagi eng qisqa, ammo g‘oyatda qimmatli tadqiqot sanaladi. “Ad-durrat ul-foxira” «Ad-durrat ul-foxira» turli manbalar va nusxalarda turlicha nomlangan. U kо‘pincha ikki nom bilan - «Ad-durrat ul-foxira» va «Risola fi tahqiqi mazhab as-sо‘fiya va-l-mutakallimiyn va-l hukamo» atalib kelgan. Jomiyning shogirdi va muridi Abdulg‘afur Loriy, Jomiy asarlari fehristida asarni «Risolai tahqiqi mazhabi sо‘fi va mutakallim va hakim2» shaklida tanishtiradi. Hijriy 1328 yili Qohirada chop etilgan nusxada bu ikki nom bir-biri bilan aralashib ketganligini kuzatish mumkin. «Kulliyoti Jomiy»da esa u «Tahqiq ul-mazohib» shaklida keltirilgan. «Ad-durrat ul-foxira»ning arab tilidagi asl matnini tayyorlab, unga ingliz tilida muqaddima yozgan kanadalik islomshunos olim Nikolas Hirning ma’lumotiga qaraganda, bu asar «ba’zi bir nusxalarda «Hutta rahlak», ya’ni «о‘z xurjuningni tushir» deb nomlangan. Yahudo - 3872 va Aqoyidi Temur - 393 nusxalarida bu soxta nom «Ad-durrat ul-foxira» о‘rnida keltirilgan. Yakobs Eker (Jacobus Ecker) bu asarning lotincha tanlanma tarjimasini tayyorlayotganida ishlatgan nusxalarga bergan izohida 87-raqamli Gо‘to nusxasi ham shu nom bilan nomlanganligini qayd etadi. Shuningdek, u bu nusxaning sо‘nggi betida kо‘chiruvchi tomonidan «Shu yerga qо‘naver, chunki u tomonda boshqa qо‘noq yо‘q» - deb yozilgan, deydi. Eker bu jumlaning ma’nosini quyidagicha izohlaydi: «Agar Xudo vujudi va uning sifatlari tо‘g‘risida bu kichkina kitobni о‘qib, biron narsaga tushunib yetsang, senga yetarlidir. Chunki bu xususda о‘qib va tushunib yetadigan boshqa kitob yо‘q».1 Ibrohim Kuroniy о‘zining «Al-umam lo yaqoz al-himam» nomli asarida bu uchchala nomni aralashtirib, «Ad-durrat ul-foxirat al-mulaqqabat bi hutta rahlak fi tahqiqi mazhab as-sufiyat va-l-mutakallimin va-l-hukamo il-mutaqaddimiyn» deb nom beradi. «Ash-shaqoyiq un-nu’moniya fi bayoni ulamoi ayyom ud-davlat ul-usmoniya» kitobi muallifi Abulxayr Ahmad ibn Muslihiddin Mustafo Toshkо‘brizodaning Sayyid Muhyiddin Fanoriydan naql qilishicha, Movlono Jomiy bu kitobni usmoniy sulton Muhammadxon ikkinchining iltimosiga binoan yozgan ekan. Jomiy bu asarda yuqoridagi uch guruhning oltita masala bо‘yicha, jumladan, vujud masalasiga oid qarashlarini muhokama etadi. Sо‘ng Sultonga yuborib, agar ma’qul bо‘lsa, oxiriga yetkazishini, agar ma’qul kelmasa, buning uchun behuda vaqt sarf qilmasligini ma’lum qiladi. Lekin bu risola Istanbulga yetganida Sulton Muhammadxon dunyodan о‘tgan bо‘ladi.2 Toshkо‘brizodaning ma’lumotidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, «Tahqiq ul-mazohib» hijriy 886 yili (1481), ya’ni Sulton Muhammad Foteh vafot qilgan yili yozib tugatilgan. Demak, Jomiy bu kitobni 69 yoshida, «Naqd un-nusus» va «Silsilat uz-zahab»ning birinchi daftari va birinchi devondan sо‘ng, ammo boshqa muhim asarlaridan oldinroq yozgan ekan. Jomiy bu asarda mutakallimlar, mutasavviflar va faylasuflar о‘rtasida uzoq asrlar davomida katta bahsu munosalarga sabab bо‘lgan 11 ta masalani о‘rtaga tashlab, ularga xolisona hakamlik qilish va о‘z naqtai nazarini aytishga harakat qiladi. Bu masalalar kitobda quyidagi tartibda qiyosu tahlilga tortilgan: 1) Xudoning vujudi tushunchasi va Uning о‘z zotiga mansubligi. YA’ni, Haqning vujudi aynan Uning Zotimi yo Unga zoid (qо‘shimcha) bо‘lgan narsami? 2) Xudoning vahdati (birligi) va buni isbot qilishning zarurati. 3) Xudoning sifatlari va ularning Uning Zotiga taalluqligi, ya’ni, Xudoning sifatlari aynan Uning Zotimi yoki Unga zoid (qо‘shimcha) bо‘lgan narsalarmi? 4) Xudo ilmining mohiyati. Ilmning Xudoga mansubligi. 5) Xudo ilmining juz’iyoti, Xudoga nisbat beriladigan ilm atrofida tug‘iladigan bahslar. 6) Xudo irodasining mohiyati. Sifatiy iroda Uning ilmidanmi? 7) Xudo qudratining mohiyati. Xudo foili muxtormi (mutlaq ixtiyorga ega bо‘lgan Zotmi?) 8) Olamning azaliyligi. Olam azaldan bо‘lganmi yo muayyan zamonda yaratilganmi? Qadim olam foili muxtordan bor bо‘lganmi? 9) Xudo kalomining mohiyati. Qur’onning qadimiyligi va yaratilganligi xususida bahs. 10) Bandalarning ixtiyoriy amallari (о‘z xohish-istaklari bilan) va barcha amal-harakatlarning oxir-oqibati Xudoning qudratiga bog‘liqligi. 11) Olamning Xudodan kelib chiqishi. Turli oqibatlarning yagona sababiyatdan kelib chiqishi masalasi. Jomiy har bir masalani birma-bir keltirib, birinchi navbatda mutakallimlar, ikkinchi navbatda faylasuflar va oxirida sо‘fiylarning har bir masalaga bо‘lgan munosabatlarini bayon qiladi. Lekin sо‘fiylar mazhabini mutakallimlar va faylasuflar jamoatiga qaraganda maqbul va ma’qul mazhab sifatida emas, balki ustunroq bir ta’limot sifatida tanishtiradi. U kalom ahli va faylasuflar о‘rtasida ixtiloflarga sabab bо‘lgan vahdoniyat masalasini bir-biriga zid qо‘ymay, ularni aralashtirishga harakat qiladi. Masalan, sо‘fiylar Xudoning sifatlarini Uning Zotidan tashqari, ammo tasavvurda unga zoid deb qaraydilar. Bu nuqtai nazar mutakallimlar va faylasuflar fikridan hosil bо‘lgan о‘rtacha qarashdir. Mutakallimlar Xudoning sifatlarini Uning Zotiga zoid deb biladilar, faylasuflar esa sifatni Zotning ayni о‘zi deydilar. Sо‘fiylarning yana bir aqidasi mutakallimlar va faylasuflar о‘rtasidagi bahsni mо‘tadillashtiradi. Bu «Xudo foili muxtor bо‘lishiga qaramay, jahon azaliydir», degan bahsdir. Faylasuflarning fikricha, «Xudo foili muxtor bо‘lgani uchun ham olam azaliydir. Mutakallimlarning fikriga qaraganda, olamning ibtidosi borligi uchun ham Xudo foili muxtordir. Lekin, «Xudoning vujudi ayni Uning Zotidir yo unga zoid bо‘lgandir» degan masalada mutasavviflar butunlay boshqacha fikrni bildiradilar. Mutakallimlar va faylasuflar esa bunga dalil-isbot izlaydilar. Jomiy bu asarda «faylasuflar» deganda qadimgi Yunon faylasuflari – peripatetiklar va Sharq aristotelizmi« namoyandalari (Forobiy, Ibn Rushd, Ibn Sino)ni nazarda tutadi va ularning yuqorida keltirilgan masalalarga oid fikrlarni tahlil va muhokama qiladi. Jomiy mutakallimlar, faylasuflar va mutasavviflar ta’limotini tanishtirish va ularning qarashlarini bayon qilish maqsadida juda kо‘p mо‘tabar kitoblarga murojaat qilgan. «Ad-durrat ul-foxira» va uning hoshiyasidagi juda kо‘p iqtiboslar yo о‘sha kitoblardan dalil sifatida keltirilgan, yo izoh berilgan. Gohida Jomiyning о‘zi bu manbalarga ishora qilib, ularni tanishtirib о‘tadi. Jomiy kalom ilmiga oid manbalardan Jurjoniyning «Sharh ul-muvoqif» va Taftazoniyning «Sharh ul-maqosid» nomli asarlaridan, Tusiyning «Sharh ul-ishorot» asari va uning Sadriddin Quniyaviyning savollariga bergan javoblaridan tarkib topgan risolasidan ham faylasuflarga bog‘liq bо‘lgan ba’zi bir masalalar bayonida foydalangan. Tasavvufga oid manbalardan esa asosan Fanoriyning «Misboh ul-uns», Dovud Qaysariyning «Matla’i xusus ul-kalam», Hamadoniyning «Zubdat ul-haqoyiq», Ibn al-Arabiyning «Futuhot ul-Makkiya» va Sadriddin Quniyaviyning «Kitob un-nusus fi tahqiqot it-Tur ul-maxsus» va «I’joz ul-bayon» kabi asarlaridan misollar va dalillar keltirgan. «Ad-durrat ul-foxira»ga Jomiyning shogirdi va muridi Abdulg‘afur Loriy «Sharhi ad-durrat ul-foxira» nomli sharh bitganki, shubhasiz, bu asarni о‘rganishda kalit vazifasini о‘taydi. Abdulg‘afur Loriy sharhidan sо‘ng, «Durrat ul-foxira»ga sharh yozish an’anaga aylandi. Ibrohim ibn Hasan al-Kuroniyning «At-tahrirot ul-bohirat li mabohis ad-Durrat ul-foxirat» nomli asari, Ibrohim ibn Ahmad al-Kurdiy al-Husaynobodiyning «Ar-risolat al-qudsiyat ut-tohirat bi sharhi ad-Durrat ul-foxirat» nomli asari, Abulismat Muhammad Ma’sum ibn Movlono Bobo Samarqandiyning «Al-faridat un-nodirat fi sharh ad-Durrat ul-foxirat» nomli kitobi Jomiyning «Durrat ul-foxira» asariga yozilgan eng qimmatli falsafiy va irfoniy sharhlar hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, Jomiyning «Ad-durrat ul-foxira» asari tasavvuf, kalom va falsafa ilmlarini qiyosiy-tahliliy uslubda ochib beradigan eng qimmatli falsafiy manbalardan biri sanaladi. Albatta, Jomiydan bir necha asr oldin ham tasavvuf va kalom ilmlariga oid masalalarni gohida qorishib ketgan holda, gohida esa qiyosiy tarzda bayon etish yoki о‘rganish (masalan, Kalobodiyning «At-ta’arruf li mazhab it-tasavvuf» va Mustamliy Buxoriyning «Sharhi at-ta’arruf li mazhab it-tasavvuf» kabi asarlari) holatini kuzatish mumkin, ammo u davrlarda yozilgan manbalarda uch toyifa – mutakallimlar, sо‘fiylar va faylasuflarning muayyan mavzular atrofidagi bahs-munozaralari «Ad-durrat ul-foxira»dagidek aniq va taniq manzaraga ega emas. Qolaversa, Jomiyning ushbu asari islom falsafasini uch asosiy yо‘nalish – kalom, tasavvuf (irfon) va falsafa (Sharq aristotetizmi; Sharq peripatetizmi)ga bо‘lib о‘rganish uchun imkoniyat yaratib berishi jihatidan ham katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. “Risolai javobi suol va javobi Hinduston” Bu asar Jomiy hayot bо‘lgan paytda tuzilgan «Kulliyot»ga kiritilmagan. Zero, Jomiy bu asarni keyinroq, umrining sо‘nggi yillarida yozib tugatgan. Bu asar haqidagi ma’lumotlar manbalar va fehristlardagina berilgan, xolos. Uning asl matni haligacha qо‘lga kiritilmagan. Faqat tadqiqotchilarning taxminlariga kо‘ra, turli irfoniy masalalar xususida yozilgan. Ehtimol, bu asar Jomiyning Hindistondagi muxlislari tomonidan berilgan savollarga yozilgan javoblar majmuidan tashkil topgandir. Download 106.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling