Abduraxmon jomiyning tasavvufiy qarashlari
Tasavvuf tarixiga oid asarlar
Download 106.89 Kb.
|
ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI
Tasavvuf tarixiga oid asarlar Movlono Jomiyning fiqh, hadis, tafsir, sarf ,nahv, adabiyot nazariyasi, musiqa nazariyasiga oid bir nechta asarini hisobga olmaganda, boshqa barcha asarlari, hatto «Fotihat ush-shubob», «Vositit ul-iqd» va «Xotimat ul-hayot» nomli devonlari ham tasavvufiy-irfoniy asarlar sirasiga kiradi. Yoinki «Guliston» uslubida yozilgan «Bahoriston»ning birinchi ravzasini olaylik. Unda tasavvuf ahlining hikmatomuz sо‘zlari Jomiyga xos lutfu shirinsuxanlik bilan bayon etiladi. Ammo bu asarlar badiiy tasavvufiy-irfoniy asarlardir. Bu asarlarda tasavvuf va irfon g‘oyalari badiiy shaklda talqin etiladi. Bu asarlarda ramz, kinoya, majoz, tamsil, tasvir, tashbeh, obraz, qofiya, saj’ kabi badiiy san’atlar va badiiy vositalar yetakchi о‘rin tutadi. Shuning uchun ham bu asarlarning xarakteri ushbu mavzu doirasida kо‘rib chiqilayotgan asarlardan katta farq qiladi.
Jomiyning falsafiy-irfoniy asarlarida ham ma’lum darajada badiiylik va adabiy janrlar, adabiy-badiiy unsurlar ham mavjud. Ammo bu turkum asarlar, birinchi navbatda ilmiy asarlar hisoblanadi. Zero ularda dalil, qiyos, tahlil, muhokama va bahs, ilmiy xulosa birlamchi о‘rin tutadi. Bu asarlarda badiiylik qо‘shimcha yordamchi vosita sifatida ishlatiladi. Yuqoridagi tasnifimiz Jomiyning ilmiy tasavvufiy-irfoniy asarlarini tasniflash masalasiga nuqta qо‘yolmaydi, albatta. Bu masalani chuqurroq о‘rganish, Jomiy asarlarining mukammal, ilmiy tasnifini tuzish mumkin. Shunday bо‘lsa-da, Jomiyning falsafiy-irfoniy asarlarini muayyan turkumlar, qismlar va guruhlarga bо‘lish yо‘li bilan Jomiyning tasavvuf va irfon falsafasidagi о‘rnini aniqlash masalasida ma’lum darajada maqsadga erishdik, deyishga jur’at qilamiz. Ya’ni, Jomiyning tasavvuf va irfon falsafasi tarixidagi eng buyuk xizmati ham shundan iboratki, u о‘zining tasavvufiy-irfoniy asarlari, xususan falsafiy-irfoniy sharhnomalari bilan diniy-mazhabiy tamoyildagi Naqshbandiya tariqatini falsafiy-irfoniy ta’limot darajasiga kо‘tardi va naqshbandiylarning zikriy rasmu odobiga vahdat ul-vujud, tavhid, vojib ul-vujud kabi irfoniy va kalomiy tushunchalarni olib kirdi. Download 106.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling