Abduraxmon jomiyning tasavvufiy qarashlari


“Sharhi ruboiyot” ning ilmiy tavsifi


Download 106.89 Kb.
bet6/11
Sana16.08.2023
Hajmi106.89 Kb.
#1667462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI

1.2. “Sharhi ruboiyot” ning ilmiy tavsifi
Jomiyning salaflar oldidagi xoksorligi va tavozu’korligi shu darajadaki, о‘zining bir qator falsafiy-irfoniy asarlari – «Lavome’», «Naqd un-nusus fi sharhi Naqsh al-fusus», «Ashi’’at ul-Lama’ot» va «Sharhi Fusus ul-hikam»da о‘zini muallif emas, balki irfon falsafasi ulug‘lari (Ibn al-Arabiyni kо‘zla tutmoqda – J.X.) qoldirgan merosning tarjimoni va izohlovchisi ekanligiga ishora qilib о‘tadi.
Faxriddin Qazviniyning Jomiy haqidagi keltirgan tavsifini Moyil Hiraviy mubolag‘aga yо‘yib, «movarounnahrlik naqshbandiy sо‘fiylar irfon falsafasidan bexabarliklari tufayli Jomiyni Ibn al-Arabiydan ustun qо‘yishgan»,1 deb hukm chiqargan bо‘lsa-da, bir narsani aniq aytish mumkin: Irfon falsafasining 700 yillik tajribalarini о‘zida mujassamlashtirgan Jomiy, shubhasiz, о‘z asrining Ibn al-Arabiysi edi.
«Vahdat ul-vujud» istilohi «borliqning birligi» ma’nosini anglatadi. Ammo uni «borliqning birlashuvi» yoki «barcha narsa va ashyolarning bitta vujud atrofida jipslashishi» ma’nosida emas, balki «borliq (vujud)ning yagonaligi» ma’nosida anglash lozim. Shundagina bu tushuncha G‘arb falsafasidagi panteizmni emas, Sharqdagi islom panteistik ta’limoti – vahdat ul-vujudning mazmun mohiyatni ifodalaydigan bо‘ladi.
Vahdat ul-vujud g‘oyasining ibtidoiy kо‘rinishlari ilk oriflar – Boyazid Bistomiy va Mansur Halloj qaras’halarida о‘z aksini topgan bо‘lsa-da, salkam tо‘rt yuz yil о‘tgandan sо‘ng mukammal va mustaqil nazariya (yoki ta’limot) sifatida tan olindi, Shayxi Akbar – Muhyiddin ibn al-Arabiyning bu sohadagi izlanishlari natijasida ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi.
Taniqli tasavvufshunos olim N. Komilovning fikricha, buyuk mutasavvif Farididdin Attor «Vahdat ul-vujud» g‘oyalarini kichik zamondoshi – Ibn al-Arabiy kitoblari hali Eronu Xurosonda tarqalmasdan oldin о‘z asarlarida ifodalagan edi. Shu nuqtai nazardan, Farididdin Attorni «Vahdat ul-vujud» ta’limotining asoschilaridan deb hisoblash mumkin.2 Bu fikrni ikkilanmasdan qо‘llab-quvvatlasa bо‘ladi. Zero, haqiqatdan ham «vahdat ul-vujud» ta’limoti, irfon falsafasi tarixida Ibn al-Arabiy nomi bilan bog‘liq bо‘lsa-da, uning g‘oyaviy sarchashmalarini Attor va hatto undan oldingi mutafakkirlarning qarashlaridan izlashga tо‘g‘ri keladi. Ibn al-Arabiyning kichik zamondoshi bо‘lgan Jaloldiddin Rumiy ham bundan mustasno emas. Chunki Rumiy ham vahdat ul-vujud ta’limotini о‘ziga xos tarzda talqin etgan.
Demak, Jomiyning adabiy-badiiy va falsafiy-irfoniy merosiga shu nuqtai nazardan yondashilsagina, bu ulug‘ mutafakkir va orif zotning diniy-falsafiy dunyoqarashini ochib berish mumkin. «Sharhi ruboiyot» Jomiyning vahdat ul-vujud mavuzuida yozgan ruboiylari va ularga vahdat ul-vujud ta’limoti asosida bitgan sharhlaridan tarkib topgan eng muhim asaridir. Asarning nomlanishi masalasiga kelsak, tabiiyki, shunday bir savol tug‘iladi: Nega muallif tomonidan «Sharhi ruboiyot» deb atalgan, «Xamsat ul-mutahayyirin» va XVI asrgacha yozilgan barcha tazkiralar va tarixnomalarda «Sharhi ruboiyot» deb zikr etilgan asar XVII-XX asrlarda kitobat qilingan nusxalarda «Sharhi ruboiyot fi isboti vahdat al-vujud» deb nomlanadi? Bizningcha, buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin:
1. Jomiy asarning muqaddimasida shunday yozadi:
«... Ruboiye chand dar isboti vahdati vujud va bayoni tanazzulotash ba marotibi shuhud ... samti itmom girifta bud...»

Download 106.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling