Abduraxmon jomiyning tasavvufiy qarashlari


Ruboiy sharhlari talqinlari


Download 106.89 Kb.
bet10/11
Sana16.08.2023
Hajmi106.89 Kb.
#1667462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI

2.2. Ruboiy sharhlari talqinlari
هر بی سروپارا نرسد دست بتو
خوش انکه زخود برست و پیوست بتو
هستئ تو هستئ که جذ ذات تو نیست
یا نیست بذات خود ولی هست بتو

Biron bir ojizning qо‘li senga yetmaydi. О‘zidan qutilgan va senga yetishgan baxtlidir! Sening borlig‘ing-borliqdir, u faqat tub mohiyatdir, yoki u tub mohiyatda yo’qdir, lekin sen bilan!


Xulosa
Movlono Abdurahmon Jomiy o‘zining tasavvufiy-irfoniy asarlari, xususan, vahdat ul-vujud ta’limotiga oid falsafiy-irfoniy sharhnomalari bilan tasavvuf va irfon falsafasining 700 yillik tajribalariga go‘zal xotima yasab bergan buyuk tafakkur sohibi sifatida ham islom mintaqa ma’naviyati tarixida muhim o‘rin tutadi. Ya’ni, u irfon falsafasi tarixi davomida katta bahs-munozaralar va g‘oyaviy ixtiloflarga sabab bo‘lgan vahdat ul-vujud, tajalliy, ayoni sobita, hazaroti xams, Haq va xalq, Zot ma’rifati, Zot va sifot, vahdat va kasrat, tavhid, qazo va qadar... kabi masalalarni kufr va ilhod deb hisoblanadigan yo‘llar orqali emas, balki barcha mazhablar, firqalar va guruhlar tomonidan ayni tavhid deb e’tirof etiladigan yo‘llar orqali talqin etib, islom falsafasiga qayta irfoniy ruh bag‘ishladi, tobora siyosiylashib borayotgan, o‘zining jamiyatdagi ma’naviy-ma’rifiy mavqeini yo‘qota boshlagan naqshbandiya tariqatini yana Inson va Borliq atrofidagi falsafiy mushohadalar, mulohaza-yu muhokamalar yuritishga hidoyat etdi. Sxolastik mazhabiy oqimga aylanayotgan naqshbandiya tariqati Jomiyning falsafiy-irfoniy qarashlari yordamida qayta isloh etildi, ilmiy-nazariy jihatdan mustahkam asoslandi.
Jomiyninng bu tarixiy xizmati zamondoshlari tomonidan yuksak baholandi. U «XV asrning qayta quruvchisi va islohotchisi» degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi. Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, Jomiyning irfon falsafasiga oid ilmiy-nazariy qarashlari Markaziy Osiyo, Eron, Turkiya va arab mamlakatlarini o‘z ichiga olgan islom mintaqa ma’naviyati, tasavvuf ta’limotining so‘nggi 600 yillik tarixiy taraqqiyoti davrida asosiy meyor sifatida xizmat qilib kelmoqda. Bu ulug‘ allomaning falsafiy-irfoniy merosi bugungi kunda ham tadqiqotchilar uchun birinchi manba sifatida xizmat qilishi mumkin.
Zotan, Jomiyning falsafiy-irfoniy merosini chetlab o‘tish irfon falsafasining 700 yillik tajribalari va yutuqlarini mujassamlashtirgan manbadan voz kechish, Alisher Navoiy kabi ulug‘ mutafakkir shoir ijodidagi vahdat ul-vujudiy qarashlarni chetlatib o‘tish bilan barobar.
Shunday qilib, naqshbandiylik ta’limotini tasavvuf tariqati tarixida keskin burilish yasagan ijtimoiy-siyosiy, diniy-mahzabiy va ma’naviy-ma’rifiy inqilob deb bilish va uni tasavvuf tariqati tarkibidagi barcha firqalar, silsilalar va shu’balarning xulosasi, eng mukammal namunasi, ta’bir joiz bo‘lsa, «xotimat ut-tariqa» deb atash mumkin bo‘lsa, uning ham nazariyot va ham amaliyot markazida turgan «oliyjanob, oliynasab, qudsiymaob, qutblar qutbi, ulug‘lar murojaatgohi», «Hazrati Maxdumiy Shayx-ul-islomiy Movlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (madda zillahu)» ni tasavvuf ta’limotining buyuk nazariyotchi olimlaridan biri deb e’tirof etish lozim. Chunki Movlono Jomiy Ibn al-Arabiyning vahdat ul-vujud nazariyasi, Shayx Shahobiddin Suhravardiyning ishroq falsafasi, Imom Muhammad G‘azzoliyning shariat va tariqat xususidagi murosakor aqidalari, Shayx Abo‘said Abulxayrning shoirona so‘fiyligi, Shayx Attorning ma’naviy sayru suluki, Movlono Jaloliddin Rumiyning barcha mahzablar bilan birga bo‘lish ishtiyoqi, Shayx Sa’diyning irfoniy-axloqiy hikmatlari, Xoja Hofizning orifona-rindona ruhiyati, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Xoja Bahouddin Naqshbandning tasavvufiy-mazhabiy qarashlari, naqshbandiyaning buyuk shayxlari – Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror Valiy va Shayx Sa’diddin Koshg‘ariyning zohirda xalq bilan, botinda Haq bilan bo‘lish odobi va tasavvuf talqinida hanafiya mazhabi doirasidan chetga chiqmaslik tartibini o‘zida mujassamlashtirgan va mazkur muqaddam ta’limotlarni o‘z asarlari orqali o‘ziga xos qarashlar va talqinlar bilan naqshbandiylikka singdirib, uning ilmiy-nazariy poydevorini mustahkamlagan buyuk mutafakkirdir.



Download 106.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling