Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Jahon siyosti, tarix va falsafa fakulteti, MOXT yo’nalishi IV-kurs talabasi Vohidov Alisherning “Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari. Tarixiy manbashunoslikka munosabati. Voqealar jarayoni bayoni” mavzusida yozgan kurs ishiga
TAQRIZ
Vohidov Alisherning ”Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari. Tarixiy manbashunoslikka munosabati. Voqealar jarayoni bayoni” mavzusidagi kurs ishi tamomlangan ish hisoblanib, kurs ishi talablariga mos keladi. Talaba mavzuni yoritishda 2 bob, 4 banddan iborat reja tuzgan va mavzuni o’rganishning qiyosiy-tahlil usulidan foydalangan. Ishning oxirida xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
Talaba kurs ishi doirasida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga ilmiy asoslangan tarzda yondashgan. Ishning birinchi bobida Abu Rayhon Beruniyning hayoti va uning yaratgan asarlari haqida fikr yuritib qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tgan. Ikkinchi bobda Abu rayhon beruniy asarlari Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda muhim tarixiy manba sifatida talqin qilgan hamda Beruniyning “Osor ul boqiya”, ”Hindiston”, ”Minerologiya” asarlariga har bir paragrafda sharhlar berib o’tgan.
Talaba Vohidov Alisherning “Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari. Tarixiy manbashunoslikka munosabati. Voqealar jarayoni bayoni” mavzusidagi kurs ishini o’rganib chiqib shunday xulosaga keldim, tadqiqotda tarixiylik, ilmiylik, xolislik, haqqoniylik prinsiplariga amal qilingan holda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy g’oyadan kelib chiqqan holda yondashilgan. Shu bilan birga, Ushbu tadqiqotni to’laqonli yoritishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutqlari, maqolalarida ilgari surilgan g’oya, fikr, ko’rsatmalar asosiy dasturamal bo’lib xizmat qilgan. Kurs ishida ayrim orfografik kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Lekin bu kamchiliklar ishning mazmuniga o’z ta’sirini ko’rsatmaydi deb hisoblayman va ishni ijobiy baholayman.
Bu tadqiqot tarixshunoslik va manbashunoslik bo`yicha dolzarb mavzu bo`lib, kelajakda ushbu mavzuni batafsilroq va kengroq yoritishni tafsiya qilaman.
Talaba Vohidov Alisher ishga ma`suliyat bilan yondashib, astoydil o`rganib chiqqanligi va turli adabiyot foydalanganligi ishidan ma`lum. Ishda Abu Rayhon Beruniyning asarlarida bo`layotgan voqealar jaroyoni bayoni yoritilgan.
Kurs ishi doirasida talaba o`z oldiga qo`ygan maqsadga ilmiy asoslangan tarza yondashgan va reja asosida mavzuni yoritib bergan. Shuning bilan birga ishda ba`zi kamchiliklar bor: juda kam bo`lsa ham ishda orfografik va texnik xatolar uchraydi. Lekin mavjud xatolar ishning ilmiy saviyasiga jiddiy ta`sir ko`rsatmaydi. Umuman olganda. Ushbu kurs ishi adabiyotlariga javob beradi deb hisoblayman.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “jahon siyosati tarix va falsafa” fakulteti MOXT yo`nalishi xitoy-ingliz guruhi talabasi To`rayev Abduazim
Do'stlaringiz bilan baham: |