Abduraxmon jomiyning tasavvufiy qarashlari


Asosiy qism Jomiyning tasavvufiy asarlari ilmiy tavsifi


Download 106.89 Kb.
bet2/11
Sana16.08.2023
Hajmi106.89 Kb.
#1667462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI

Asosiy qism
Jomiyning tasavvufiy asarlari ilmiy tavsifi

Movlono Jomiy siymosida shoirlik va olimlik martabasi shu darajada uyg‘unlashib ketganki, gohida uning shoirligini olimligidan, olimligini esa shoirligidan aniq bir chiziq bilan ajratib bo‘lmaydi. Gohida Jomiy asosan shoir bo‘lganmi yo olim, degan savolga ham javob topish mushkul bo‘lib qoladi.


Jomiy o‘zining birinchi devoni “Fotihat ush-shubob”ni 1463 (hijriy 867) yili, ya’ni 50 yoshida, ikkinchi devoni “Vositat ul-iqd”ni1480 (hijriy 884) yili, ya’ni 62 yoshida, uchinchi devoni “Xotimat ul-hayot” esa 1490-1491(hijriy 896) yili, ya’ni 76 yoshida tadvin etgan.1
Birinchi devon taxminan 30 yil davomida yozilgan she’rlardan tarkib topgan bo‘lsa, demak Jomiy taxminan 20 yoshidan umrining oxirigacha, ya’ni taqriban 60 yil shoirlik faoliyati bilan shug‘ullangan, deb xulosa chiqarish mumkin.
Demak, Movlono Jomiy 30-31 yil davomida muttasil ravishda tasavvuf va irfon falsafasi ustida ishlagan. Agar Jomiyning bilim olish va tayyorgarlik davri 30 yil davom etdi, deb taxmin qilsak, unda u 60 yil davomida tasavvuf ta’limoti va irfon falsafasini o‘rganish bilan shug‘ullanib, shu uzoq davr ichida o‘zida falsafiy-irfoniy qarashlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin.
To‘g‘ri Movlono Jomiyning dunyoviy ilmlarga oid yozgan asarlari ham oz emas. Hatto uning arab tili grammatikasiga oid yozgan “Favoyid uz-Ziyoyiya” yoxud Markaziy Osiyoda “Sharhi Mullo Jomiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan asari oxirgi besh yuz yil davomida Markaziy Osiyo, Eron, Turkiya, Afg‘oniston va Hindistonning maktab va madrasalarida darslik sifatida keng foydalanilgan.2 Yoinki uning adabiyot nazariyasiga oid asarlari, xususan muammo janriga oid risolalari XV-XIX asrlarda katta ahamiyatga ega bo‘lganligini inkor etib bo‘lmaydi. Ammo Hazrat Jomiy siymosiga ulug‘vorlik va shukuh bag‘ishlagan uch narsani unutmaslik lozim. Bu- birinchidan, Jomiyning so‘fiyona hayoti, ikkinchidan, uning orifona shoirligi va uchinchidan, Mоvlononing so‘fiyona va orifona olimligidir.
Jomiyning tasavvufiy asarlari xususida bahs yuritar ekanmiz, bu buyuk allomaning mazkur sohaga bag‘ishlangan asarlarining miqdori, hajmi va eng muhimi, tasavvuf va irfon olamida tutgan o‘rni va ahamiyatini chamalab, Jomiyni birinchi navbatda buyuk mutasavvuf olim, orif va mutafakkir sifatida e’tirof etish va shu nuqtai nazardan o‘rganish, tadqiq etish fursati yetdi, deyishga jur’at qilamiz. Shuni o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, Jomiy buyuk mutasavvif olim sifatida nafaqat Movaraunnahr va Xuroson balki Eron, Iroq, Arabiston, Hindiston va usmonli Turkiyada ham shuhrat qozongan edi.
Agar nashbandiylik ta’limotini tasavvuf tariqati tarixida keskin burilish yasagan ijtimoiy-siyosiy, diniy-mazhabiy va ma’naviy –ma’rifiy inqilob deb bilish va uni tasavvuf tarkibidagi barcha firqalar, silsilalar va shu’balarning xulosasi, eng mukammal namunasi, ta’bir joiz bo‘lsa, “xotimat ut-tariqa” deb atash mumkin bo‘lsa, uning ham nazariyot va ham amaliyot markazida turgan buyuk inson “Hazrati Maxdumiy Shayx-ul-islomiy Mоvlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (madda zillahu)”1ni tasavvuf ta’limotining eng oxirgi buyuk nazariyotchi olimi deb e’tirof etish lozim. Chunki Movlono Jomiy Ibn Arabiyning vahdat ul-vujudga oid ta’limoti bilan birga Shayx Shahobiddin Suhravardiyning ishroqiy falsafasi, Imom Muhammad G‘azzoliyning shariat va tariqat xususidagi murosakor aqidalari, Shayx Abo‘said Abulxayrning shoirona so‘fiyligi, Shayx Attorning ma’naviy sayru suluki, Movlono Jaloliddin Rumiyning barcha mazhablar bilan birga bo‘lish ishtiyoqi, Shayx Sa’diyning irfoniy-axloqiy hikmatlari, Hoja Hofizning orifona rindona ruhiyati, Xoja Abdulxoliq G‘ijdivoniy va Xoja Bahouddin Naqshbandiyning tasavvufiy mazhabiy qarashlari, naqshbandiyaning buyuk shayxlari – Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror Valiy va Shayx Sa’diddin Koshg‘ariyning zohirda xalq bilan, botinda Haq bilan bo‘lish odobi va tasavvuf talqinida Imomi A’zam(r.a) mazhabi doirasidan chetga chiqmaslik tartibini o‘zida mujassamlashtirgan va mazkur muqaddam ta’limotlarni o‘z asarlari orqali o‘ziga xos qarashlar va talqinlar bilan naqshbandiylikka singdirib, uning ilmiy-nazariy poydevorini mustahkamlagan buyuk mutasavvif olimdir.
Aslida Mоvlono Jomiyning butun ijodi tasavvufiy -irfoniy qarashlar bilan yo‘g‘rilgan. Uning irfoniy qarashlardan xoli bo‘lgan biron-bir asarini uchratish amri mahol. Zero Jomiy borliq va undagi barcha mavjudotlar va ashyolarga Оrif Inson ko‘zi bilan qaragan, ichki va tashqi dunyoni tasavvufiy mezonlar va meyorlar o‘lchovida ma’rifat etgan. Masalan, Jomiyning “Salomon va Absol”nomli dostonini olaylik. Qadimgi Yunon afsona va rivoyatlari asosida vujudga kelgan va Sharq adabiyotida ilk bor Abu Ali ibn Sino tomonidan falsafiy –axloqiy qissa shakliga keltirilgan bu doston Jomiy talqinida falsafiy-irfoniy ohang kasb etadi. Ya’ni bu asar ham tasavvufiy-irfoniy asar, ammo birinchi navbatda badiiyat libosidagi manzum(she’riy) asar hisoblanadi. Uning tasavvufiy-falsafiy javhari ramzu tamsillar ichida yashiringan.
Eronlik olima Zahro Muhojiriy Jomiyning “Salomon va Absol” dostonini fors adabiyotining irfoniy-tamsiliy dostonchiligining o‘rnini aniqlab, uni Attorning “Mantiqut tayr” dostoni va Mavlaviyning “Masnaviy”sidan keyin uchinchi o‘ringa qo‘yadi.1 Bu “Salomon va Absol” ga yuksak baho, albatta, har holda u Jomiyning tasavvufga oid bevosita ilmiy asari emas. Xuddi shu gapni Jomiyning boshqa badiiy asarlari, jumladan, “Layli va Majnun”, “Yusuf va Zulayho”, “Silsilat uz zahab”, “Tuhfat ul-Ahror”, “Subhat ul-abror”, uch devon va booshqa asarlari xususida ham aytish mumkin. Mоvlono Jomiyning badiiy asarlaridagi tasavvufiy –irfoniy ohanglar masalasi alohida tadqiqot mavzusidir.
Ashi’at ul-Lamo’at”, Sharhi fusus ul-hikam”, “Durrat ul –foxira”, “Lavoyeh”, “Sharhi ruboiyot” kabi asarlarni tahlil va tadqiq etish orqali Mоvlono Jomiyning tasavvufiy -irfoniy tafakkuriga, Jomiy qarashlari va talqinlari orqali Shayx Muhyiddin ibn al -Arabiyning falsafiy-irfoniy maktabiga kirib borish imkoniyati yuzaga keladi. Mоvlono Jomiyning“ Ashi’at ul-Lamo’at” asari Shayx Faxriddin Ibrohim ibn Shahriyor Iroqiyning (m. 1207-1289) «Lamo’at» nomli mashhur asariga yozilgan sharh hisoblanadi. «Lamo’at» asari tasavvuf ta’limotining irfon falsafasi bosqichidagi birlamchi manbalardan biri sifatida XIII-XV asrlarda katta ilmiy-falsafiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Turk olimi Usmon Turar uni tasavvuf falsafasining asosiy manbalari qatorida keltirib, Jomiyning «Ashi’at ul-Lamo’at»ini ham ta’kidlab o‘tadi.1
Jomiyning «Nafahot ul-uns...»da bergan ma’lumotiga qaraganda, Shayx Faxriddin Iroqiy Rumga ketib Shayx Sadriddin Quniyaviy qaddasa sirruhu suhbatiga yetdi va uning huzurida «Fusus ul-hikam» haqoyiqidan ta’lim olgach, arab va fors tillarining latoifi birla «Lamo’at» nomli asar bitdi va uni go‘zal iboralar, nasru nazm javharlari bilan bezadi.2
Iroqiyning bu asari irfon olamida zabt etilgan yangi bir cho‘qqi edi. Ammo bu asarning asl mohiyatini anglash chuqur irfoniy bilim va dunyoqarashni taqozo etardi. Chunki bu falsafiy-irfoniy asarda Ibn al-Arabiyning vahdat ul-vujudga oid ta’limoti o‘ta murakkab ilmiy-badiiy tilda, majoziy yo‘sinda bayon etilgan edi. XV asrga kelib, «Lama’ot»ni sharhlash ehtiyoji tug‘ildi va nihoyat hijriy 886 (m. 1482) yili Hazrat Jomiy Alisher Navoiy iltimosiga binoan unga sharh bitib, «Ashi’at ul-Lama’ot» deb nomladi. Navoiyning o‘zi «Nasoim ul-muhabbat...»da bu haqda shunday yozadi: «Maxdumi Nuran (Jomiy – J.X.) bu xoksor iltimosi bila ul kitob sharhida «Ashi’’a»ni bitdilarki, mutolaa qilib maonidin fayz olg‘aylar va aning anfositin bu bilimda bilg‘aylar».3 Bu sharhnoma nafaqat Navoiy dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatdi, balki umuman XV-XVI asrlar Xuroson va Movarounnahr zaminida shakllangan tasavvufga qaytadan irfoniy jilo bag‘ishladi va naqshbandiya tariqatining keyingi asrlardagi taraqqiyot bosqichlari, xullas, falsafiy tafakkur tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Moyil Hiraviy bu asarni «Lamo’at»ning eng mashhur va mukammal sharhi deb baholaydi.1
Sharh asosan fors tilida bitilgan bo‘lib, oyot, axbor va «Lama’ot»ning ba’zi bir matnlari va baytlari arab tilida keltirilgan. «Ashi’’at ul-Lama’ot»ning ikkinchi nomi majoziy ma’noda «Oshiq va ma’shuq» ham deb ataladi, ammo ko‘proq o‘zining asl nomi bilan mashhur. U 28 lam’a (shu’la)dan iborat bo‘lib, har bir lam’ada bir masala yuzasidan fikr yuritiladi.
Sharhi Miftoh ul-g‘ayb” Bu asarning nusxalari xususida biron-bir ma’lumot uchramaydi. Faqat Movlono Jomiyning shogirdi Abdulg‘afur Loriyning «bu kitob bayozga kiritilmagan»2 deb ishora qilib o‘tishidan bu asarning mavjudligini, Ya’ni nominigina bilamiz, xolos.
A.Afsahzodning taxmin qilishicha, bu asar tugallanmaganligi sababli Jomiyning «Kulliyot»iga kiritilmagan bo‘lishi ham mumkin. Bu asarning mavzui va mazmuni xususida ham, tabiiyki biron-bir aniq tasavvurga ega emasmiz. Faqat taxmin qilish mumkinki, Ibn al-Arabiyning shogirdi – Sadriddin Quniyaviyning «Miftoh ul-g‘ayb» nomli asariga sharh tariqasida bitilgan.3
Sharhi Fusus ul-hikam” Jomiyning arab tilida yozilgan bu asari Ibn al-Arabiyning eng mashhur asari – «Fusus ul-hikam»ga bitilgan eng mashhur sharhlardan biridir. «Fusus ul-hikam» o‘ta murakkab tilda, ramzu majozlar bilan yozilganligi sababli tushunishi va anglashi mushkul bo‘lgan ekan. Shuning uchun ham, XIII asrdayoq unga sharh yozish ehtiyoji tug‘ilgan va bu ishga birinchi bo‘lib Ibn al-Arabiyning shogirdi, mashhur mutasavvif Sadriddin Quniyaviy qo‘l urgan. Ammo, irfon ahlida katta qiziqish uyg‘otgan bu asarga sharh yozish XVI asrgacha davom etgan va unga oxirgi sharhlardan birini Jomiy yozgan ekan. Jomiyning sharhi «Fusus ul-hikam»ning o‘nga yaqin mashhur sharhlari qatorida tilga olinadi.4
Olmon sharqshunosi Karl Brokelmann qayd qilganidek, «Fusus ul-hikam»ga 35 ta sharh yozilgan ekan. Ammo, «Islom buyuk doirat ul-maorifi»da berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Usmon Yahyo uning 120 ta sharhiga ishora qiladi1.
Sharhi bayti Amir Xusravi Dehlaviy” Mazkur falsafiy - irfoniy sharhnoma Jomiyning tadqiqotchilar nazaridan chetda qolgan va jiddiy tadqiqotlarga jalb etilmagan asarlaridan biridir.
Do’iy Javodning fikriga qaraganda, «Risola dar sharhi bayti Amir Xusrav»da Xusrav Dehlaviyning «Qiron us-sa’dayn» nomli qasidasidan olingan quyidagi

Download 106.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling