Badiiy gimnastika
Download 402.68 Kb.
|
BADIIY GIMNASTIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- GIMNASTIKA ELEMENTLARI
- O’ZBEKISTONDA GIMNASTIKA
BADIIY GIMNASTIKABadiiy gimnastika – sportning murakkab koordinatsiyali turidir. Uning o’ziga xosligi kompozitsiyada birlashadigan erkin xarakterdagi ko’pgina murakkab texnik harakatlarni bajarganda namoyon bo’ladi.Bugungi kunda bu sport turning rivojlanishi uchun sportchilarni yoshartirish, mashqlarni murakkablashtirish, xalqaro musobaqa ishtirokchilarini ko’paytirish, raqiblar bilan keskin kurash olib borish va shu bilan birga olimpiya dasturiga kiritilish tendensiyasi juda muhimdir.GIMNASTIKA ELEMENTLARIBadiiy gimnastika elementlari sakrash, muvozanat saqlash, burilish, siltash, buyumlarsiz, buyumlar bilan, yo’nalish va bo’shashtirish mashqlarini navbatlantirish bilan, shu bilan birga tayanch oldidagi mashqlarni o’z ichiga oladi va gavda, qo’l, oyoq mushaklarini mustahkamlaydi. Ular nafaqat kuchni va bo’g’imlardagi harakatchanlikni rivojlantiradi balki, mushaklardagi nozik sezgini, harakat koordinatsiyasini tarbiyalaydi, to’g’ri qaddi qomatni shakllantiradi, murakkab sharoitda muvozanat saqlashga yordam beradi. Badiiy gimnastika mashqlarini o’tkazishda raqsga xos elementlar va birikmalardan har xil yugurish va sakrash turlaridan foydalanish o‟ziga xos xususiyatga ega.Shug’ullanuvchilar bu mashqlarni bajara turib yengil harakat qila olishlari uchun o’z tanalariga bemalol egalik qila oladilar. Badiiy gimnastikada shug’ullanuvchilarga mashqlarni to’g’ri bajarishni o’rgatish uchun ularning o’ziga xosligini tushuntirish va uning boshqa gimnastika turlaridan qanday farqi borligini bilishi kerak. Uning asosiy xususiyatlari dinamiklik va yaxlitlikdir. Ular qon aylanish va moddalar almashinuvini yaxlitlashga, harakat apparati, yurak qon-tomir tizimining funksional imkoniyatlarini oshirishga, ish qobiliyatini o’sishiga yordam beradi.Badiiy gimnastikada mashqlar murakkabligi kabi jismoniy yuklama ham oson me’yorlashtiriladi. Jismoniy yuklamani quyidagilarni o’zlashtirish bilan tartibga solish mumkin: majmuadagi mashqlar soni, har bir mashqning takrorlanish soni,harakat sur’ati, harakat amplitudasi,mashqlar orasidagi dam olishning davomiyligi, buyumlarning og’irligi, kattaligi va h.k. Badiiy gimnastika mashqlarini o’rgatish pedagogikaning faollik va onglilik; tizimlilik; ko’rsatmalilik (aniqlik), soddalik, mustahkamlik prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi.Berilayotgan mashq to’g’rida dastlabki tasavvur paydo bo’lishi uchun murabbiy uni nomini to’g’ri aytishi va iloji bo’lsa sekinroq sur’atda, diqqatni texnika detallariga qaratib ko’rsatish kerak. Agar mashq murakkab bo’lsa, uni ko’rsatishdan oldin yordamchi mashqlarni bajarish kerak. Boshlang’ich tayyorgarlik davrida badiiy gimnastika bilan shug’ullanuvchilar mashg’ulotini haftada 4 marta kunning ikkinchi yarmida o’tkazish maqsadga muvofiqdir.Mashg’ulot tuzilishi umumqabul qilingan: tayyorlov qism (4-6 daq.), asosiy qism (28-30 daq.) va yakuniy qism (3-4 daq.)dan farq qilmaydi.O’ZBEKISTONDA GIMNASTIKA1918-yilda «Bolalar sport klubi» ochilib, unda gimnastika mashqlari va o'yinlar o'tkazilardi. 19 19-yil Toshkentda Turkiston Olimpiya o'yinlari o'tkazildi. 1920-yil 10-oktabrda O'rta Osiyo ii'yinlari O'zbekiston gimnastlari yutug'i bilan yakunlandi. 1921-yilda I urkfront «Yangi savodxonlík boshqarmasi» qoshida jismoniy tarbiya markaziy sho'rolari tashkil topdi. Uning maqsadi turli jismoniy laibiya va sport tashkilotlarini birlashtirish va Turkiston mehnatkashlurini jismonan tarbiyalashni rejaga muvofiq boshqarish edi. . 1921-yilida 2-O‘rta Osiyo Olimpiada o'yinlari ochildi, gimnastika ushbu o'yinlardan o'rin olgan edi. 1920-yilda Farg'ona viloyat harbiy qo'm itasi qoshidagi ■Vseobuch» bo'limi «Besh yillik maktablarning 1 va 2-sinflarida jismoniy tarbiyadan ta’lim berish bo'yicha qisqa dastur»ni ishlab » hiqdi.Dasturda gimnastika, vugurish, sakrash o'yinlari bilan shur.'ullanish ko'zda tutilgan. Mazkur dastur mundarajasida quyidagilar hayon etilgan. «Gimnastikaning maqsadi to'g'ri jismoniy rivojlanishga erishish, inson organizmi faoliyatidagi kamchiliklarni luzatisb, harakatlarni koordinatsiyalash qobiliyatini yuzaga keltirish, lartib-intizomni rivojiantirish va asab tizimini mustahkamlash». Mashg'ulotlarni toza havoda yoki shamollatilgan xonalarda o'tkazilishi kerak. Jismoniy tarbiya Kcngashi qoshidagi ilmiy sho'ba tomonidan jismoniy tarbiya bilan shug'ullanuvchilarni tekshirish bo'yicha antropometrik tashkil etildi. Sobiq Butunrossiya Markaziy Ijroqo'mi Hay’atining 1923-yil 27-iyuldagi qaroriga muvofiq Turkiston Ijroqo'mi qoshida madaniyat bo'yicha o'lka sho'rolari tuzilib, unga respublikada jismoniy tarbiya va madaniyat ishlarini boshqarish topshirildi.O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo’mitasi, Gimnastika federatsiyasi hamkorligida Xalqaro gimnastika federatsiyasi shafeligida tashkil etilgan turnirlarda ishtirok etish uchun O’zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Belarus, Bolgariya, Malayziya, Ozarbayjon, Armaniston, Janubiy Afrika Respublikasi, Ispaniya, Italiya, Argentina, Shveytsariya, Finlyandiya, Isroil va boshqa mamlakatlardan eng kuchli gimnastikachilar kelgan. O’zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti L.Karimova-Tillayeva xalqaro musobaqalarni ochiq deb e‘lon qildi. Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e‘tibor yuksak samaralar berayotgani alohida ta‘kidlandi.Bir qator nufuzli xalqaro institutlarning baholashicha, O‘zbekiston dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va onalikni muhofaza qilish borasida etakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Buni YUNISEFning SHarqiy Evropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha ofisi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi dasturlarni joriy qilishda O‘zbekistonning mintaqadagi namunaviy model sifatida e‘tirof etilgani ham isbotlaydi. SHuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, istiqlol yillarida yurtimizda 1 ming 200 dan ziyod yangi sport inshooti barpo etilib, ularning mingdan ortig‘i qishloq joylarda qurildi. Bu esa 260 ming nafardan ziyod bolaning sportning ko‘plab turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratdi.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! Download 402.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling