Христианство


Download 6.76 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi6.76 Kb.
#1769176
Bog'liq
Xristianlikning paydo boʻliwi, aqidalari asosiy yoʻnalishlari oqimlari (2)111111111111

Xristianlikning paydo boʻliwi, aqidalari asosiy yoʻnalishlari oqimlari va manbalari

Reja:

  • 1. Xristianlikning vujudga kelishi;
  • 2. Pravoslav oqimi;
  • 3. Katolik oqimi;
  • 4. Protestant oqimi;
  • 5. Xristianlikdning boshqa oqimlari;
  • 6. O‘rta Osiyo xalqlari tarixida xristian dini;

Xristianlikning vujudga kelishi.

  • Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi.
  • Xristianlik asosan Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy qismida tarqalgan.

Xristianlikning ta’limoti.

  • Manbalar xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko‘p jihatdan ta’sirlanishiga sabab bo‘ldi. Xristianlikning asosiy g‘oyasi - Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bo‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.

Xristianlik

  • Xristianlik asosan Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy qismida tarqalgan.
  • Xristianlikning uch asosiy yo‘nalari
  • Pravoslav
  • Katolik
  • Protestantizm

Protestantizm dini.

  • Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi.
  • Asrorlardan faqat (cherkovga) e’tirof etiladi.
  • Cho‘qinish
  • Mansublik

Xristianlikning SHarqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviyaning rivojlanishi jarayonida 15 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari:

  • Konstantinopol,
  • Aleksandriya,
  • Antioxiya,
  • Quddus,
  • Rus,
  • Gruziya,
  • Serb,
  • Rumin,
  • Bolgar,
  • Kipr,
  • Ellada,
  • Albaniya,
  • Polsha,
  • Chexoslovakiya,
  • Amerika cherkovlari shakllangan.

Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo‘ladi.

  • Cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir.
  • Protestant cherkovining kalvinistik yo‘nalishdagi davomchilari (kalvinistlar yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Fransiya, Angliyada keng obro‘ga va ta’sirga ega edilar.

Kalvinizm.

  • Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko‘rsatmalar» degan bosh asari, protestantizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo‘nalish - kalvinizmning asosi bo‘lib qoldi.

Katolik oqimi.

  • Xristianlikning yirik yo‘nalishlaridan biri katoliklardir. U Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo‘lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. Katolisizm umumiy, dunyoviy degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo‘lmagan Rim Xristian jamoasi bo‘lib, rivoyatilarga ko‘ra uning birinchi Episkopi apostol Petr bo‘lgan.

Protestantizm

  • Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo‘lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko‘ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o‘rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi.

O‘rta Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini. XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va O‘rta Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik, kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658 yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo‘lgan. Xurosonliklar va sug‘diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddaviylar, bilan bir qatorda xristianlar ham bo‘lgan.

  • Adabiyotlar:Injil. Stokgolьm: Bibliyani tarjima qilish instituti, 1992. Apokrifы drevnix xristian: issledovanie, tekstы, kommentarii. M., 1989. Artemьev A.I. Svideteli Iegovы Kazaxstana i Sredney Azii: istoriko-religiovedcheskiy analiz. Almatы, 2002. Bibleyskaya entsiklopediya. M., 1991. Bulgakov S.N. Pravoslavie. M., 1991. Gergey Ye. Istoriya papstva. M., 1996.

Download 6.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling