Abduraxmon jomiyning tasavvufiy qarashlari


II- BOB. “SHARHI RUBOIYOT” DA RUBOIYLAR SHARHI: MAVZU, TALQINI


Download 106.89 Kb.
bet8/11
Sana16.08.2023
Hajmi106.89 Kb.
#1667462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI

II- BOB. “SHARHI RUBOIYOT” DA RUBOIYLAR SHARHI: MAVZU, TALQINI


2.1. Ruboiylar sharhi mavzusi
Zot ma’rifati masalasi asosan kalom (theologie) va falsafa ilmlarining bahs mavzui bo‘lib, irfon falsafasiga Ibn al-Arabiyning vahdat ul-vujudiy ta’limoti orqali kirib kelgan. Irfon, falsafa va kalom ilmlarining qorishmasidan vujudga kelgan bu ta’limotda Zot ma’rifati masalasi alohida o‘rin tutadi. Zot ma’rifati deganda Alloh Zotini ma’rifat etish (bilish, idrok etish) tushuniladi.
Alloh Zotini bilish masalasi Ibn al-Arabiydan Jomiygacha asosan bitta savol atrofida aylanadi: Alloh Zoti xususida fikr yuritish mumkinmi yo mumkinmasmi? Alloh Zotini idrok etib bo‘ladimi yo bo‘lmaydimi?
Jomiy Zot ma’rifati masalasi atrofida maxsus to‘xtalib o‘tadi va uni Ibn al-Arabiy qarashlari asosida sharhlab beradi.
Ibn al-Arabiy faylasuflarning Alloh ta’olo Zoti haqidagi qarashlarini «hech qanday asosga ega bo‘lmagan dalillar», deb baholab, «kimki bunday dalillar orqali biror narsani anglamoqchi bo‘lsa, xusron – ziyon va baxtsizlikdan o‘zga hech narsaga erisholmaydi», deydi.1
Yana bir joyda Ibn al-Arabiy «nazar ahli», Ya’ni faylasuflarning bu boradagi urinishlarini qattiq tanqid ostiga oladi: «Nazar ahli Xudo Zoti to‘g‘risidagi bahs eshigini ochibdilar, ammo so‘zlari safsatadan boshqa narsa emas. Ularning har biri o‘z bilimi va aqidasiga yarasha bu haqda nimadir aytibdi, boshqasi esa aynan shuni inkor etibdi. Xudoni ma’rifat etish borasida ularning yagona nuqtai nazarlari yo‘qdir... Va zalla sayuham fil-hayotid-dunyo va hum yahsabuna annahum yuhsinuna sun’an (Ular qilgan say-harakatlari dunyo hayotidayoq yo‘q bo‘lib ketgan-u, ammo o‘zlarini ishni chiroyli qilayotgan hisoblaydilar. (Kahf surasi, 104-oyat). Ularning bir guruhi Tangri Borliqning sababidir, deydi. Boshqa bir guruhi sabab ekanligini rad etadi. Boshqa bir toifasi aytadiki, Tangri javhar (substansiya), araz (atribut) yoki jism (materiya) bo‘lolmaydi, balki Uning O‘zi o‘z mohiyati hisoblanadi... Shu tariqa so‘zni rosa cho‘zib, mashhur zarbulmasalning tasdig‘iga aylanmishlar: Tegirmonning ovozini eshitaman, ammo undan darak yo‘q».1
Shunday qilib, «Alloh Zotini ma’rifat etish (bilish) mumkin emas», degan Ibn al-Arabiy, uzoq falsafiy mushohadalardan so‘ng oxir-oqibat «Zotni ma’rifat etish joiz» degan xulosaga keladi. Ammo Jomiy bu masalada o‘z fikrida qat’iy turib, «Hazrati Haq subhona va ta’oloning haqiqati va Zoti hamma narsadan yashirinroqdir. Haq ta’olo va taqaddusning Zoti va uning g‘oyib O‘zligini dark etish, anglash, ko‘rish va bilish hech kimga nasib etmagan», degan xulosa chiqaradi. Zotan, Uning maqomi Jomiydek naqshbandiy bir orif nazarida, hissu idrok va qiyosdan oliyroqdir.
Ilohiy tajalliy” nazariyasi Qayd etib o‘tilganidek, vahdat ul-vujud ta’limoti bir qancha falsafiy-irfoniy nazariyalar silsilasidan tarkib topgan. Ana shunday nazariyalardan biri «ilohiy tajalliy» nazariyasidir. Shayx ul-akbarning irfoniy dunyoqarashida yetakchi o‘rin tutgan bu tushuncha dastlab basralik zohid Raboh ibn amr al-Qaysiy (vafoti 796 y) tomonidan muomalaga kiritilgan. So‘ng mashhur so‘fiy Sahl at-Tustariy (vafoti 896 y) bu tushuncha haqidagi tasavvurlarni kengaytirib, uning uch turini aniqlab bergan: a) Ilohiy mohiyatning namoyon bo‘lishi (tajalliy uz-Zot) yoki «Ilohiy vahiy» (mukoshofa); b) ilohiy mohiyatning o‘z sifatlarida namoyon bo‘lishi (tajalliy sifot uz-Zot); v) Ilohiy Hukmning namoyon bo‘lishi (tajalliy hukm uz-Zot).2 Ibn al-Arabiy esa «tajalliy» haqidagi tasavvurlarni yanada rivojlantirdi va uni o‘z ta’limotida mustaqil falsafiy-irfoniy nazariya darajasiga ko‘tardi. Aslida, «uning irfoni ham tajalliy irfoni, dunyoqarashi ham ilohiy tajalliy dunyoqarashidir».3 Zero, Ibn al-Arabiy ta’limotidan qaysi bir nazariyani olmaylik, qaysi bir mavzu yo istiloh haqida fikr yuritmaylik, barcha-barchasining zamirida tajalliy nazariyasi yotadi. Haq, Haq ma’rifati, Zot, sifot va asmo, vahdat va kasrat, ayoni sobita, Haq va Xalq, hazaroti xams, ilm, g‘ayb va shuhud... kabi yana o‘nlab nazariyalar, qarashlar, mavzular, istilohlar silsilasi bir-biri bilan ilohiy tajalliy nazariyasi orqali chambarchas bog‘lanib, vahdat ul-vujud kabi yagona bir ta’limotni vujudga keltiradi.
Ibn al-Arabiyga ko‘ra, Haq ta’olo o‘zining g‘ayb olamida pinhon va ixtifo (yashirin, maxfiy) holida qolganida va tajalliy etmaganida ayoni sobita zuhur etmas, olam ham vujudga kelmas edi. Haq ta’olo tajalliy etishi bilan ayoni sobita g‘oya va ilm shaklida yuzaga keldi, ularning belgilari va ko‘rinishlari tashqi olamda namoyon bo‘ldi. Shunday ekan, Haq ta’olo tajalliysi bo‘lmaganida, ayon va ashyoga nur taratmaganida, Ya’ni g‘ayb olamida pinhon qolib, zuhur etmaganida, borliq o‘z ma’no va mohiyatini yo‘qotar edi.
Jomiy ham Shayx ul-akbar maktabining yirik namoyandasi sifatida ilohiy tajalliy nazariyasiga alohida e’tibor qaratadi.
Jumladan, «Naqd un-nusus fi sharhi Naqsh al-fusus», «Sharhi Fusus ul-hikam», «Ashi’’at ul-Lama’ot», «Sharhi ruboiyot», «Lavoyeh» kabi asarlarida mazkur nazariyaning ta’riflari va sharhlarini keltiradi. Xususan, «Sharhi ruboiyot»ning Ibn al-Arabiy qarashlari ta’siri ostida yozilgan qismlari tajalliy nazariyasi orqali o‘zaro uzviy bog‘liqlik, yaxlit mantiqiy-ma’naviy doira hosil etganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.1
Tajalliy nazariyasi «Sharhi ruboiyot»ning deyarli barcha ruboiylari va sharhlarida turli nazariyalar va mavzular bilan uyg‘unlashib ketgan. Ammo shu bilan birga, tajalliy nazariyasining bayoni va sharhiga maxsus bag‘ishlangan ruboiylar va sharhlar ham mavjud. Demak, mazkur nazariyaning «Sharhi ruboiyot»dagi talqin va tafsiri asosan ikki yo‘nalishda berilgan, degan xulosaga kelish mumkin:
1. Tajalliy nazariyasining turli nazariyalar va mavzular doirasida singdirilgan talqinlar va sharhlari.
2. Tajalliy nazariyasining talqin va sharhiga bag‘ishlangan ruboiylar va sharhlar.
Birinchi yo‘nalishdagi talqin va sharhlar oltinchi va yettinchi ruboiylar hamda ularga bitilgan sharhlardan boshlanadi. Bu ruboiylarda borliqning Nur shaklida bosqichma-bosqich zuhur etishi haqida fikr yuritiladi:

Download 106.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling