- Termiz davlat universtiteti
- Filologiya va tillarini o`qitish fakulteti
- O`zbek tili ta`lim yo`nalishi
- 2-kurs 321-guruh talabasi
Xudoyberdiyeva Charosning - Tasavvuf va mumtoz
- poetikaga kirish fanidan
- Tayyorlagan taqdimoti
Ibn sino va irfoniy ishq falsafasi . - Reja;
- 1.Abu Ali Ibn Sino. Ishq haqida risola
- 2. tasavvuf timsollari va istilohlari
. - Oʻrta asrlar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida cherkov hukmronlik qilib, turgʻunlik uzoq davom etgan boʻlsa, Sharqda qadimgi hind falsafasi, zardushtiylik, moniylik, yangi aflotunchilik, ellinizm madaniy merosini oʻrganish va eng muhimi, islomiyat madaniyatida ilm-fanlarni izlash oqibatida kalom, hadis, adab fanlari gullab yashnadi. Uygʻonish – maʼnaviy tiklanish va yuksalish davri boʻldi. Yoqub ibn Isʼhoq al-Kindiy, Muhammad Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Abu Bakr Roziy, Ibn Sino, Zayniddin Gʻazzoliy, Mahmud Zamahshariy, Ibn Bojja, Ibn Tufayl, Ibn Arabiy, Ibn Rushd va boshqa allomalarning ilmiy-ijodiy merosi keyinchalik Gʻarb Uygʻonish davrining boshlanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.
- Abu Ali ibn Sino tibbiyot ilmi daholaridan biri, Arastu va Forobiyning izdoshi, ruhshunoslik, tibbiyot, falsafaning turli sohalari – mantiq, axloqshunoslik, estetika, ontologiya (borliqni oʻrganish), gnoseologiya (bilish nazariyasi), kalom-ilohiyot sohalarida qoldirgan nodir asarlarini jahon olimlari ming yildan buyon oʻrganib kelmoqdalar. Ibn Sino hajman kichik, lekin mazmunan juda keng koʻlamli boʻlgan “Ishq haqida risola” asarida Forobiy falsafasini yanada rivojlantirib, tabiatdagi barcha mavjudotlarning oziqlanish, oʻsish, harakatlanish, intilish va xavf-xatardan saqlanish, jon, nafs, ruh quvvatlari asosida hayotga muhabbat, nurga – yorugʻlikka, goʻzalikka, zaminga mehr, oʻz umrini avlodlari orqali abadiy davom ettirishga, vayronlikka emas, balki oʻsishga, gullab-yashnashga intilish qonuniyati amal qilishini teran falsafiy mushohadalar bilan dalillab beradi.
- Ibn Sinoning Sharq va Gʻarbda mashhur bu asarini zakovatli zamondoshimiz, serqirra ilmlar sohibi Najmiddin Komilov oʻzbekchaga tarjima qilmoqchi ekanligini suhbatlarda aytgan edi, ammo afsuski, nasib boʻlmadi. Biz yaqin doʻstimiz ishini davom ettirish maʼnosida bu asarni Gruziya olimi K. Serebryakov tadqiq etgan arabcha va ruscha matni boʻlgan Tiflis nashridan har ikki til asosida tarjima qildik.
- Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan!
- Sen, Abdulloh al-faqih al-Maʼsumiy,[1] mendan ishq haqida qisqacha bir risola yozib berishni soʻragan eding. Quyida sening istagingni bajo keltirish va senga manzur boʻladigan bir risola bitishga harakat qildim va barcha imkoniyatlarimni ishga soldim.
- Risola yetti fasldan iborat: Har bir jonzotning javharidan kelib chiqadigan ishq toʻgʻrisida; Oddiy jonsiz mavjudotlar (maʼdanlar)ga xos sevgi haqida; Oʻzlariga xos miqdordagi oziqlanish quvvatiga ega boʻlgan mavjudotlar (oʻsimliklar) sevgisi haqida; Oʻziga xos tiriklik meʼyoriga ega boʻlgan hayvoniy ruh, javhar egalari sevgisi haqida; Yosh, yorqin, goʻzal xilqatlarning ishqi haqida; Ahli dillar ishqi haqida; Xulosalar.
- Avvalgi fasl
- Har bir jonzotning javharidan kelib chiqadigan ishq toʻgʻrisida
- Olloh tomonidan boshqariladigan har bir mavjudot (javhar egasi) oʻzi uchun xayrga va kamolotga intiladi va oʻz tabiatidagi shaʼr – yomonlik deb ataluvchi nuqsonlardan qutilishga harakat qiladi. Oʻsha yomonlik, aslida, moddaning ilk holatida mavjud edi. Zero, har qanday yomonlik va nuqson moddaning ilk va nomavjudlik holatidan kelib chiqadi. Yuqoridan boshqariladigan barcha mavjudotlar tugʻma ishq va tabiiy hirs (istak)ga ega boʻladi. Bundan: sevgi intilishi narsa (ashyo)ning mavjudligi sababchisidir, degan fikr kelib chiqadi.
- Barcha mavjudotlarni uchta belgisiga qarab toifalarga boʻlish mumkin: Oʻziga xos kamolotga yetishganlar; Oxirigacha nuqsonga botganlar; Ikkala holat oʻrtasida ikkilanuvchi, tabiatan oraliq holatda turuvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |