Abduraxmon jomiyning tasavvufiy qarashlari


Download 106.89 Kb.
bet3/11
Sana16.08.2023
Hajmi106.89 Kb.
#1667462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ABDURAXMON JOMIYNING TASAVVUFIY QARASHLARI

Mohi nave, ki asli vay az sol rost
Gasht yake moh ba dah sol rost
matla’ bayti sharh etilgan. Ammo Movlono Jomiyning hijriy 908 (milodiy 1503) yili Muhammad ibn Hasan al-Kotib al-Hiraviy tomonidan ko‘chirilgan «Kulliyot»i asosida, tojik olimlari M.Baqoyev va A.Afsahzod, bu sharhnoma «Qiron us-sa’dayn»ga emas, balki Xusrav Dehlaviyning boshqa asari – «Mir’ot us-safo» nomli qasidasiga bitilgan, degan xulosaga kelishdi.2
Risola hajman kichik bo‘lib, (bu asar «Kulliyot»ning 580 b varag‘idan 582 a varag‘igacha joy olgan) fors tilida, falsafiy-irfoniy nasrda nazm aralash yozilgan. Ammo qachon va nima sababdan yozilgani ma’lum emas. Jomiy bu asarda ham boshqa sharhnomalari kabi naqshbandiyona zikr odobi, ahamiyati, avom va xos zikrlari o‘rtasidagi farqlar kabi masalalarni hal etishga ko‘proq ahamiyat bergan.
Lavome’ fi sharhi qasidai Mimiyai xamriyai Foriziya” Movlono Jomiyning bu asari «Sulton ul-oshiqin» laqabi bilan mashhur bo‘lgan arab shoiri Ibn Forizning mashhur qasidalaridan biri «Qasidai xamriya»ga yozilgan sharh bo‘lib, «Kulliyot»da 16 varaqni, bosma holda esa 89 betni tashkil etadi.3 Ushbu asar «Lavome’» va «Sharhi qasidai Mimiyai Ibni Foriz» nomlari bilan ham tilga olinadi.
Asarning 30 betlik muqaddimasida ilmiy-nasriy arab va fors tillarida vujud bosqichlari va muhabbatning asl mohiyati, haqiqati xususida bahs yuritiladi. So‘ngra boshqa sharhnomlarga qaraganda, ancha sodda va ravon uslubda Ibn Foriz qasidasining sharhiga o‘tiladi.
Fransiyalik jomiyshunos olim Yan Richardning «Lavoyeh»ga yozgan «Muqaddima»sida Jomiy mazkur qasidani sharhlash jarayonida, odatdagidek Shayx ul-akbar qarashlariga tayanganini ta’kidlab o‘tadi.1 Buning sababi shundaki, Ibn Forizning o‘zi ham Ibn al-Arabiyning vahdat al-vujudiy ta’limoti ta’siri ostida bir necha irfoniy qasidalar yozgan ekan.
Sharhi ba’zi az abyoti qasidai Toyiyai Foriziya” Bu sharhnoma «Kulliyot»da «Sharhi qasidai Toyiya» deb nomlangan. YE.E.Bertels uni «Sharhi qasidai «Nazm us-suluk» yo «At-toyiyat al-kubro»i Ibn Foriz mavsuma ba «Nazm ud-durar» sharhida yozilgan», deydi.
Asarning yozilish tarixi ma’lum emas. Faqat «Kulliyot»da «Lavome’»dan so‘ng keltirilganligini hisobga olib, «Lavome’»dan keyin yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.
Asar muqaddima bilan boshlanib, undan so‘ng Ibn Foriz qasidasining 75 bayti tarjima va sharh etiladi. «Qasidai Toyiya» aslida 750 baytdan iborat. Ammo Jomiy uning bir qisminigina 75 baytini sharhlab beradi.
Har bir bayt qisqacha 5-6 satr hajmida fors tilida, boshqa sharhnomalardan farqli o‘laroq, sodda, ravon va go‘zal ilmiy-nasriy uslubda sharhlangan.
Risolai suxanoni Xoja Porso” Bu asar «Kulliyoti Jomiy»da «Risolai suxanoni Xoja Porso», ba’zi manbalarda «Al-hoshiyat ul-qudsiyat», tadqiqotchilar tomonidan esa «Suxanoni Xoja Porso» deb ataladi. Hajm nuqtai nazaridan Jomiyning eng kichik sharhnomasi bo‘lmish1 bu asarning yozilish tarixi ma’lum emas. Asar yarim fors, yarim arab tilida yozilgan bo‘lib, she’riy parchalar bilan bezatilgan.
«Suxanoni Xoja Porso» naqshbandiya tariqatining buyuk shayxlaridan biri – Xoja Muhammad Porso Buxoriy (vafoti 1419) aytib qoldirgan so‘zlarning sharhiga bag‘ishlangan. Xoja Porsoning so‘zlari, shoreh(Jomiy)ning sharhi va vahdat ul-vujud isbotiga oid mulohazalari bilan qorishib ketgan bu asar ba’zi bir tadqiqotchilarda shubha ham uyg‘otgan. Eronlik olim Ahmad Tohiriy Iroqiy Xoja Porsoning «Qudsiya»siga yozgan muqaddimasida «Suxanoni Xoja Porso» kim tomonidan to‘planganligi ma’lum emas, deb yozadi. Uning fikriga qaraganda, bu asarning tili va uslubi Jomiyning boshqa asarlariga o‘xshamaydi. Zero, fasohat va balog‘at nuqtai nazaridan ancha zaif. Bundan tashqari, bu asarda Ibn al-Arabiy maktabiga xos bo‘lgan istilohotlar ham juda kam ishlatilgan.2 Yan Richard ham bu fikrga qo‘shiladi, ammo «Suxanoni Xoja Porso»ni Jomiyning tasavvufiy-irfoniy asarlari fehristida keltiradi3. Bizningcha, bu asar Jomiyning ilk tasavvufiy-irfoniy asarlaridan bo‘lishi mumkin. Birinchidan, u «Kulliyot»ga kiritilgan. «Kulliyot»ga kiritilgan asarlarning barchasi, shubhasiz, Jomiynikidir.

Download 106.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling