Tayanch tushunchalar: Adabiy turlar va ularning predmetlari. Epos, lirika va dramaning 1) muallifning hayotga munosabati;
2) “Vaqt hissi”, 3) Hajmi va tashqi ko’rinishi; 4) Xarakter; 5) Syujet; 6) Badiiy til jihatidan farqli qonun-qoidalari. Janrlar. Epik
tur janrlari. Epos, roman, doston; qissa, povest, poema; ballada, masal, latifa, xanda, hikoya; ocherk, felyeton, xotira.
Badiiy
asarlar shunchalik rang-barang, ular ―nima bilan nimani va qanday aks ettirishi‖ (Aristotel)ga qarab,
asosan uch
turga bo’linadilar. Bular:
epos, lirika, drama hisoblanadi.
Davrning muhim ko’rinishlarini (nima to’g’risida), chuqur tahlil qilib, uning ko’pchilik e’tiborini jalb etadigan g’oya va
muammolarini o’rtaga qo’yish(nimani gapirish) va shu asosda tug’ilgan ko’ngildagi fikrlarni aniq va
yangi obrazlar vositasida
ifodalash (qanday tasvirlash) – yaxlit, birbutun jarayon (―Bo’lishi mumkin bo’lgan‖ olamni yaratish)dir.
Ularni bir-biridan
ajratish mumkin bo’lmaganidek, epos, lirika, drama ham yagona adabiyot (daraxt)dir.
Ularning ildizi, tanasi bitta –
faqat bu
―vujud‖ - taraqqiy etgan uchta ―shox‖dan-adabiy turdan iborat.
Uchchala tur ham bitta asos-hayotdan oziqlansalar-da, uchchalasi ham bo’lishi mumkin bo’lgan olamni kashf etsa-da, ayni
paytda, ularning har birining o’ziga xosligini ta’minlovchi
predmeti ham bor.
Eposniki – voqea,lirikaniki – ruhiy kechinma,
dramaniki – harakatdir. Eposdagi qahramon – voqea, dramaning qahramoni – inson shaxsi (V.Belinskiy) lirikaning