Adabiy janrlar reja: Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha Eposning xususiyatlari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana10.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1188225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR

B. Eposning o’rtacha janrlari 
 
 
Qissa (arabcha, ma’nolari ―voqeiy hodisa yoki afsonalar bayon qilingan epik asar; syujetning murakkabligi jihatidan 
romandan ko’ra soddaroq badiiy asar‖) – eng qadimgi janrlardan biri bo’lib, unda, asosan ishqiy mazmun yetakchilik qiladi. 


Ayniqsa, ―muayyan payg’ambar yoki avliyo, dono shaxs yoki tengsiz pahlavonlar obrazlarining ibratomuz xatti-harakatlari 
misolida butun xalqning tarixini ideallashtirib ko’rsatish‖ (B.Sarimsoqov) qissalarning mohiyatini tashkil qiladi. Ularning 
barchasini umuminsoniy yagona ruh birlashtirib turadi. Bahodir Sarimsoqovning ta’kidlashicha, bu - hayotda pokdomon
bo’lish, adolat uchun jon fido qilish, el-yurt qayg’usi bilan yashash, sadoqatli muhabbat nuridan bahramand bo’lishdir. 
―Ibrohim Adham qissasi‖, ―Amiri Axtam qissasi‖, ―Bobo Ravshan qissasi‖, ―Qissasi Rabg’uziy‖ (Nosiruddin Burhonuddin 
Rabg’uziy), ―Hazrati Ali haqida o’n to’rt qissa‖ kabi xalq kitoblari nomi bilan chop qilingan asarlar (Ular ko’pincha to’y-
hashamlarda, choyxonalarda, maxsus yig’inlarda – qissaxonlik kechalarida qissaxonlar tomonidan o’qilgan) qissa janrining 
namunalaridir. 
Jumladan, ―Hazrati Ali haqidagi o’n to’rt qissa‖ da ham Hazrati Alining Allohga qo’ygan ishqi va shu ishq yo’lida 
ko’rsatgan qahramonliklari (masalan, Ajdarning halok etilishi, Maqsura otlig’ kofirning yuz yigirma ming qo’shinini 
o’ldirilishi va hokazo) mo’jizalari keng hikoya qilinadi. Epik tasvir g’oyatda mubolag’ador tarzda, folklorga xos ohang va 
sodda til bilan bayon qilinadi, romantik tasvir yetakchilik qiladi. 
Povest (ruscha so’z, ma’nosi hikoya, rivoyat qilish)ning asosiy belgisi, unda ―Hayotiy qamrovning romanga nisbatan 
torligi, hikoyaga nisbatan kengligi; shunga muvofiq syujet va kompozitsiyaning ham romanga nisbatan soddaligi, hikoyaga 
nisbatan murakkabligi hisoblanadi‖ (N.Hotamov, B.Sarimsoqov, 235-bet). ―Romanda olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi‖ 
bo’lishi shart bo’lsa, bu hodisaning bir qismi(parchasi)ni bir-ikki qahramon taqdiri misolida yechilishi povest uchun yetarlidir. 
Faqatgina hayotiy voqealar tasviridan katta umumlashmalar chiqarish, muayyan davr hayot tarzidan gumanizm falsafasini 
yorqin e’zozlash pafos darajasiga ko’tarilishi kerak. Shu sabab V.Belinskiy: ―Povest ham ayni romanning o’zginasidir, faqat 


kichik hajmdadir, asarning hajmi mazmunning hajmi va mohiyatiga qarab belgilanadi‖, - degan edi ―Poeziyaning xil va 
turlarga bo’linishi‖ maqolasida. 
Povestda syujet ham, konflikt ham, kompozitsiya va boshqa unsurlar ham qissaga nisbatan ixchamroq bo’ladi, tezroq 
suratda rivojlanadi, realizm yetakchilik qiladi va chuqurroq ifodasini topadi. Asardagi asosiy personajlarning hayotlarida yuz 
bergan bir qator tipik voqealar siqiq tarzda, ko’pincha, bitta yetakchi syujet yo’nalishiga asoslangan holda yoritiladi. Jumladan, 
G’.G’ulomning ―Yodgor‖ povestida Jo’ra xarakterining shakllanishi bilan bog’liq voqealar tasvirlanadi, barcha voqealar, 
Yodgor, Saodat, Mehrixon, Abdug’ani, Obid, Umar aka kabi obrazlar – qahramon Jo’ra xarakterining tipik xususiyatlarini 
ochishga, asardagi insoniylik g’oyasini bo’rttirib ko’rsatishga bo’ysinadi. G’afur G’ulomning ―Shum bola‖, S.Ayniyning 
―Sudxo’rning o’limi‖, A.Qahhorning ―Sinchalak‖, O’.Hoshimovning ―Dunyoning ishlari‖, Ne’mat Aminovning ―Bir asr 
hikoyati‖ povest janrining yetuk namunalari sanaladi. 
Poema (yunoncha poiema – ijod)da hayot va odamlar qalbi epik (voqea) va lirik (kechinma - tuyg’ular) tarzida kashf 
etiladi. To’g’rirog’i, poemada epika va lirika birlashib, yaxlit liro-epik oqimni vujudga keltirib hayotiy voqea-hodisalarning va 
qahramon xarakteridagi kuchning ruhi (qalbi)ni ochadi, tahlil qiladi, hayajonli ifodalaydi. ―Qisqasi, poema qalb qo’shig’i, 
undagi lirik element ham, epik element ham poeziya, qo’shiq darajasiga ko’tarilgan bo’lmog’i lozim... poemada voqea
dramatizm asosan qahramon qalbi orqali o’tadi. Poemada kitobxonni voqealarning izchil tasviri emas, balki voqealar tufayli 
qahramon qalbida tug’ilgan psixik kechinmalar – dramalar, o’ylar, tuyg’ular tasviri qiziqtiradi.‖
1
Lekin, bu poemada epik 
tasvir ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi, degani emas. Balki qahramon qalbidagi cheksiz o’ylar, behisob tuyg’ular 
1
У.Норматов. Жанр имкониятлари, Т., Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1970, 14-17 –бетлар. 


dramatizmining haqqoniyligini, samimiyligini, boshqacha bo’lishi mumkin emasligini asoslovchi, keltirib chiqaruvchi, 
rivojlantiruvchi omildir. Ana shu xislati bilan u epik turning ―qo’shig’i‖dir. 
Poema – lirik, epik, liro-epik, dramatik bo’lishidan qat’i nazar, ularning barchasida hayot (davr)ning epik qiyofasi shoir 
shaxsiyati (to’g’rirog’i, lirik qahramon) qalbi orqali ochiladi; voqea-hukmronlik qiladi, uning hukmiga asosan qalb qo’shig’ini 
kuylaydi. Lekin bu qo’shiq doston janriga nisbatan ixcham, anchayin kichik, ayni paytda, o’ta real, o’ta lirikdir. 
―Zaynab va Omon‖ (Hamid Olimjon), ―Toshkentnoma‖ (Maqsud Shayxzoda), ―Surat‖ (Mirtemir), ―Ruhlar isyoni‖ (Erkin 
Vohidov), ―Jannatga yo’l‖ (Abdulla Oripov), ―Xalil Sulton‖ (Usmon Azim)kabi barkamol asarlar poema janrining barcha 
hislatu fazilatlarini, mumtoz xususiyatlarini o’zida jam etganlar.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling