Adabiy janrlar reja: Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha Eposning xususiyatlari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana10.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1188225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR

Felyeton (it.feuilleton - varaqa) ko’pincha hayotda haqiqatdan mavjud bo’lgan illatlarni, shu illatlarni o’zida tashuvchi aniq 
kishilarning qusurlarini tadqiq etuvchi, uning ijtimoiy mohiyatini yorqin fosh etuvchi satirik janrdir.
Darvoqye, D.Zaslavskiy aytgan gap (Sovetskiy pechat, 1959, №10, str.24) judayam asoslidir: ―Felyetonning faktik jihati 
g’oyat aniq bo’lishi lozim. Faktni to’qishingiz ham, unga har narsa to’qib qo’shishishngiz ham mumkin emas. Felyetonning 
adabiy jihati esa, felyetonchining ishidir, uning mahorati, badiiy didi, g’oyaviy saviyasiga bog’liqdir‖. 
Ushbu mulohazadan ko’rinadiki, hayotdagi har qanday ikir-chikirlar, yengil-yelpi voqealar emas, balki ijtimoiy qimmatga ega 
bo’lgan, rivojlanishga to’siq bo’layotgan konkret (manzilli) kamchilik va illatlarning ildizi, sabablari, mohiyati chuqur tadqiq 
va tahlil qilinadi; shundan so’ng ―pishgan‖ material adabiy jihatdan ishlanadi: mazmunga mos shakl ixtiro etiladi; qiyoslash 
yoki tadrijiy ketma-ket bayon qilish, tipiklashtirish, badiiy to’qima bilan boyitish va hokazo usullar ishga tushadi. Alal 
oqibatda hujjatli yoki adabiy felyetonning yuragi bo’lgan satirik obraz butun bo’yi - basti, to’laqonli xarakteri bilan namoyon 
bo’ladi. A.Qahhorning ―Ig’vogar‖, ―Quyushqon‖, ―Pora‖, Said Ahmadning ―Kolbasa qori‖ , X.To’xtaboyevning ―Muzeydagi 
besh surat‖, ―Gipnoz‖ asarlari shu qabildadirlar.
Xotira (arabcha so’z, ma’nosi: ―1) xotir, 2) Biror kimsa yoki narsa haqida yodda, esda saqlangan taassurot, 3) ism‖) ham 
hujjatli janr. U ko’rgan kechirganlarni shunchaki aytib (yozib) berishdan iborat emas, balki u muhim bir voqeaning yaxlit va 
ta’sirchan tasviridan iborat bo’lishi lozim. Ko’pincha, xotirada muayyan san’atkorning hayoti va ijodiga oid yodnomalar naql 
qilinadi, bu naql fakt-dalillarga suyanadi, chuqur tahlil va tadqiqni talab etadi. Jumladan, Habibulla Qodiriyning ―Otam 
haqida‖, Olmosning ―Ta’zim‖, Said Ahmadning ―Yo’qotganlarim va topganlarim‖, Zarifa Saidnosirovaning ―Oybegim 


mening‖, Kibriyo Qahhorovaning ―Chorak asr hamnafas‖, Shukrulloning ―Javohirlar sandig’i‖ kabi yodnomalari Abdulla 
Qodiriy, G’afur G’ulom, Oybek, Abdulla Qahhor kabi san’atkorlarning ijodiy va insoniy qiyofalarini to’liqroq, teranroq 
anglashimizga yetaklaydi, ularni hayajonlantirgan qahramonlarni asosliroq tushunishga, ijodiy laboratoriyalariga, mashhur 
asarlarining yaratilish jarayoniga ko’proq kirib borishga, ijodiy tajribalaridan saboqlar va ibratli xulosalar chiqarishga 
imkoniyat tug’diradi. 
―Sen elimning yuragida yashaysan‖, ―Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida‖, ―Oybek zamondoshlari xotirasida‖, 
―Mirtemir zamondoshlari xotirasida‖, ―Ustozlar davrasida‖ (Nosir Fozilov) kabi o’nlab to’plamlarning vujudga kelishi – 
san’atkorlar haqidagi qimmatbaho tarixiy hujjatlardir, qalb so’zlaridir, baholaridir. Ularning barchasi muayyan san’atkor 
qiyofasini tasavvurda jonlantirishda mutaxassislar va ixlosmandlar uchun bebahodir. 


Adabiyotlar: 
 
1. T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari, T., «O’zbekiston», 2002, 459 -477- betlar. 
2. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2004, 166-181-betlar. 
3. H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi, T., A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2004, 208-224-betlar. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling