Adabiy janrlar reja: Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha Eposning xususiyatlari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana10.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1188225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR

V. Eposning kichik janrlari 
Ballada (gr.balare co’zidan fr. baler co’zi kelib chiqqan, ma’nosi 1) ―tovushga taqlid qilish, masalan, ma’rash‖, 2) ―raqs 
tushish‖) janridagi bosh xislat – kutilmagan syujet (voqea)ning kutilmagan final (xotima) bilan tugashiga, qahramon qalb 
kechinmalari va ruhiyatining dramatik izhoriga bag’ishlangan asardir; to’g’rirog’i, undagi bu ikki (epik va lirik) holat-davr va 
qalb dramasi kashfi birlashib, qalb faryodi izhoriga aylanganda ballada tug’iladi. Unda epik tasvir (yetakchi) va lirik tasvir 
(ichki tug’yon; ikkilamchi) nisbati buzilmasligi, lirizm voqeaning ichida yashashi lozimligi shart. Bu epik turning bosh 
qonuniyatdir. 
Jumladan, ―Jangchi Tursun‖ (H.Olimjon) balladasida Tursun ―jon shirin‖ ko’ringanidan ―qochmoqni xayol‖ qilib 
turganida, kutilmaganda onasidan xat oladi. Shu voqea tufayli asar boshida kutilgan voqea (―qochish‖) boshqa (fashistlardan 
Vatanni ozod etish yo’lida jon berish bilan) tugaydi, ya’ni asar xotimasi kutilmagan final bilan yakunlanadi. Ana shu jarayonda 
qattiq qo’rquv ichida turgan Tursunning qalbida onaning faryodi tufayli o’zgarish yuz beradi, hayot mohiyatini, umr 


mazmunini chuqur anglaydi va ona, ona-Vatan ozodligi uchun ayovsiz jangga kiradi: ―qochoq‖lik ―qahramon‖lik bilan 
almashinadi. Balladada ―muhim narsa voqea emas, u uyg’otgan sezgidir, o’quvchiga u bergan o’ydir‖ (V.Belinskiy, 191 – bet), 
saboqdir. ―Jangchi Tursun‖da bu quyidagicha ifodasini topgandir: 
...Erkalanib yotadi 
 
 
U Vatan tuprog’ida. 
 
 
Yosh bola yotganiday 
 
 
Onaning quchog’ida. 
―Ballada syujetini harakatga keltiruvchi kuch lirizm va dramatizmdir... Keskin dramatizmsiz va kuchli lirizmsiz 
balladaning bo’lishi aslo mumkin emas. Keskin dramatik tuyg’ular, tug’yonlar mahsuli bo’lgan balladada to’liq bir voqeaning 
boshidan to oxirigacha tasvirlab berish shart emas. Unda ko’pincha inson hayotida kutilmaganda, tasodifan ro’y bergan, uning 
taqdirini hal etadigan, hayotida burilish yasay oladigan dramatik mazmundagi epizodlar tanlanib, ular nihoyatda tarang 
holatda, avj nuqtada, eng keskin va shiddatli, baland ruh va yorqin bo’yoqlarda, dialogik formada bayon etiladi. Balladada 
ko’pincha bir yoki ikki asosiy qahramon bayon markaziga qo’yiladi. Bu qahramonlarning irodasi o’zining eng yorqin namoyon 
bo’lgan paytida, faoliyati eng keskin joyida, xarakter xususiyatlari charaqlab ko’ringan momentlarda ko’rsatiladi‖ (Murod 
Ibrohimov. O’zbek balladasi, T., ―Fan‖, 1974, 125-126 betlar). 
Masal (arabcha so’z, ma’nosi ―namuna‖) voqyelikni allegorik (kinoyaviy) va simvolik (ramziy) obrazlar yordamida 
ifodalovchi, real turmush va odamlarning ko’rinishlari, xarakter qirralarini kinoya, kesatish, kulgu, g’azab kabi xususiyatlar 


vositasida ochuvchi, ―qissadan hissa‖ (bevosita yoki bilvosita) chiqaruvchi epik janrdir. U masal – hikoya, masal –ertak, masal 
– felyeton, masal – pamflet, masal – epigramma kabi ko’rinishlarga ega bo’lishidan qat’i nazar, voqyelikdagi barcha 
hodisalarning mohiyatini chuqur ochishga, ochganda ham axloqiy – didaktik saboq va xulosalari, o’git va nasihatlari bilan 
insonni poklikka, ezgulikka yetaklashga qodirdir. 
Masal janrining asoschisi Ezop bo’lgani sabab, u ―Ezop‖ nomi bilan ham yuritiladi: masal tili - Ezop tili kabi. Ezopdan 
so’ng bu janrni Lafonten (fransuz), Krilov (rus), Gulxaniy (o’zbek)lar yangi bosqichga ko’tardilar. Masal, ko’pincha, voqyelik 
va odamlar to’g’risidagi haqiqatni ochiqchasiga aytishning imkoniyati yo’q paytlar ko’plab yaratiladi va ramzli tarzda (pardali 
qilib) bu haqiqatlarga ishora etiladi. Obrazlilikni bu ko’rinishi inson qalbini ―jarohatlamaydi‖, balki hissaning oson ―hazm 
qilinishi‖ni ta’minlaydi, ya’ni ko’ngil xira tortmaydi, balki u haqiqat (syujet)ni qiziqarliligidan oson qabul qilganini ―sezmay‖ 
qoladi. Jumladan, I.A.Krilovning ―Xo’roz va inju donasi‖ masali ana shunday asardir: 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling