Adabiy janrlar reja: Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha Eposning xususiyatlari
Davrlarning o’zgarishi – eposni ham yangilaydi, qadimgi eposda olam – keng ko’lamda , katta hajmda aks
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR
Davrlarning o’zgarishi – eposni ham yangilaydi, qadimgi eposda olam – keng ko’lamda , katta hajmda aks ettirilgan bo’lsa, hozirgi zamon eposida olam – miniatyura shaklida (tomchida quyosh aks etganidek) tasvirini topa boshladi. Shuning uchun V. Belinskiy “roman – bu miniatyuradagi olam” degandi. Bu I. Sulton yozganidek, realistik ijodiy metodning tug’ilishi hamda tantanasi bilan bog’liqdir. Yangi eposda ob’ektivlik va ko’lamdorlik xislati ortadi. Haqqoniylik oliy darajaga ko’tariladi. Voqeabandlik saqlangani holda, insonning hatti- harakati “taqdir irodasi” ga emas, balki real (tipik) sharoitning ta’siri bilan o’lchanadi. Shu hisobga afsonalar, mifologiyalar, tasavvur etib bo’lmaydigan mubolag’adorlik o’rnini hayotning mohiyatini ochib beruvchi realliklar, asoslar, rostgo’ylik, haqqoniylik egallaydi. Qadimgi va yangi eposning xususiyatlarini birdam tasavvur etish uchun ikkita misol. Alisher Navoiyning ―Farhod va Shirin‖ dostonining XXXI bobi sarlavhasi shunday: ―Farhodning teshasi toshni pora-pora qilmoq bilan tog’ bag’riga kovkov solg’on sadoni Shirin eshitgoni va quyosh tog’din tulu’ qilg’ondek, ul kuhi balo sarvaqtig’a yetgoni va aning metini lam’asining barqi muning xorodek ko’nglig’a asar etgoni va quyosh tuproqqa nur sochg’ondek, ul hokiyga mehr zohir qilg’och, aning tuprog’dog’ilaridek o’zidin ketgoni va umri quyoshi boshiga kelgach, aning hayoti sham’i uchg’oniga Shopurning sham’dek kuyub, yig’lab boshiga o’t chiqarg’oni va o’lukni mahdg’a solgandek, ul quyosh oni tuproqdin ko’tarib, bihisht oso manzilg’a olib borg’oni‖. A. Qodiriy ―O’tkan kunlar‖ romanining II bobi sarlavhasi shunday: ―Xon qiziga loyiq bir yigit‖. Bundan shunday xulosa qilish mumkin: Qadimgi eposni – okean (ummon) ga qiyoslasak (uning to’lqinlari shiddatini bir tasavvur qiling-a), hozirgi epos – daryoga tengdir. Hozirgi eposning eng katta janri ―roman kichraytirilgan olam‖(N.Ye. Saltikov - Shchedrin) deya ta’riflandi. Ummon ham, daryo ham bo’lishi mumkin bo’lgan olamni kashf etadi. Faqat ikkalasinining tasvir doirasi, ko’lami, qahramonlari ikki xil. Birida romantizm barq ursa, ikkinchisida realizm kudrati namoyon bo’ladi. ―Zamonamizning epopeyasi romandir. Eposning hamma asosi, muhim xususiyatlari romanda bordir, faqat ayirmasi shundaki, romanda boshqa elementlar, boshqa manzara hukm suradi. Bunda qahramonlik hayotining afsonaviy Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling