Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir. Qadriyat


Download 23.71 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi23.71 Kb.
#1482180
  1   2   3   4
Bog'liq
atamalar izohi va test


Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir.
Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, ma’daniy –ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha.
Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqyelikning shakllarini, narsalar, voqyea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi.
Qadriyatlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o’rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar ijtimoiy guruhlar harakatini tartibga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi.
Muayyan bir elat, milat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, an’analari o’tmishi va kelajagi bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar hisoblanadi.
Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiyki moddiy va ma’naviy, boyliklarni, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir.
Milliy qadriyatlar – muayyan biror bir xalqqa taalluqli bo’lgan urf-odatlar va an’analar, barcha xalqqa tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklar majmuidir. [18,19,20]
Milliy – ma’naviy qadriyatlar –muayyan xalq, millat, e’latlar tomonidan yaratilgan ulkan boy ma’naviy me’roslar tizimi .
Inson qadri, uning sha’ni, or-nomusi, milliy g‘ururi, albatta, milliy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq.
Axloq – kishilarning bir-biriga, oilaga, Vatanga, jamiyatga munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti-harakatlar yig`indisidir. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini ko’rsatadi. Axloqqa milliy urf-odatlar, an’analar ta’sir qiladi. Ba’zi millat kishilari o’rtasidagi munosabatlarda oddiy hol deb qaraladigan xatti-harakatlar boshqa millatlar axloq qoidalarida rad etilishi mumkin. Axloqning yuksak darajada bo’lishi jamiyatning rivojiga bevosita ta’sir qiladi yoki aksincha. Axloq- axloq normalari bilan tartibga solinadi, ular huquqiy normalardan farq qilib, majburiy harakterga ega emas.
Avlod va ajdod - bir butunning ikki bo’lagi. Avlod – bugungi, ertangi nasl. Masalan kelajak avlod. Ajdod esa - o’tib ketganlar, Kengroq ma’noda, ajdod deganda rahmatli bo’lib ketgan ota-bobolarimizni, o’tganlarni tushunamiz.
An’ana – uzoq vaqtlardan beri avloddan-avlodga o’tib kelayotgan va bizgacha yetib kelgan, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan rasmiy va norasmiy tartib va qoidalar yig`indisidir. Masalan, yigitning uylanishi, qizning turmushga chiqishi va unga bog`liq bo’lgan xalqimizning urf odatlari, ya’ni nikoh to’yi, bayramlar, xalq sayllari, oltin va kumush to’y kabilar.

Download 23.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling