I-bob. Talabalarda intellektual hissiyotlarning ilmiy-nazariy asoslari


Download 34.32 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi34.32 Kb.
#1251756
  1   2   3   4
Bog'liq
I BOB (1)


I-BOB. TALABALARDA INTELLEKTUAL HISSIYOTLARNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.

    1. Komil inson muammosi sharq mutafakkirlari qarashlarida ifodalanishi.

Darhaqiqat, inson kamoloti mavzusi sharq adabiyoti yetakchi mavzusi-dir. Biz, avvalo, komil inson konsepsiyasini tasavvuf doirasi yuzasida o‘rganish-ni odatlanganmiz. Aslida, komil inson mavzusi islomgacha bo‘lgan turli diniy-falsafiy ta’limotlarda keng yoritilgan desak bo‘ladi. Xususan, hinduviylikda ba-rahmanlar ilmli, pokdomon, yuksak ma’naviyatli, komil insonlar, avliyo hisob-langanlar. Nasroniylik diniy manbalarida Ezgu inson Xudoga va insonlarga na-faqat do‘stona munosabat bilan, balki jo‘shqin hamda samimiy ishq bilan bog‘-langanligi ta’kidlanadi [19].
Komil inson mavzusiga eng ko‘p murojat qilgan mutafakkir hazrati Alisher Navoiydir. U o‘zining Xamsa dostonining birinchisi “Hayrat ul-abror” dostonida kun tartibiga komillikni qo‘ygan. “Hayrat ul-abror” dostonida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bevosita “Xamsa”ning keyingi dostonlarida ham davom etadi, xususan, komil insonga xos adab, qanoat, karam va saxovat, futuvvat, rostlik, vafo kabi xislatlar bilan bog‘liq masalalar “Farhod va Shirin” dostoni, “Sab’ai sayyor” tarkibidagi hikoyatlar, “Saddi Iskandariy” dostonlarida yangicha talqin topganligini ko‘ramiz[20].
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy oʻrinni egallaydi va oʻz orzusidagi yetuk shaxsni asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirish-ga urinadi. U komil inson aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sogʻlom, jismonan baquvvat, mard va jasur boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi.
Shuningdek, ilm oʻrganish mashaqqatli yumush boʻlib, uni oʻrganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtishga toʻgʻri kelishi, bu yoʻlda chidamli, qanoatli, bardoshli boʻlish orqaligina mukammal bilimga ega boʻlish mumkinligini uqtiradi.
Navoiyning fikricha, ishq - nur, aql esa zulmat, ular o‘zaro birlashishi mumkin emas, chunki aql Allohni va uning g‘ayb olamini bilishga ojiz. Ishq va undan tug‘ilgan jazba esa so‘fiyni oliy maqomlarga olib chiqadi, maqsad sari yetaklaydi. Shundan so‘ng Navoiy so‘fiylar tasavvuridagi jannat ta’rifiga o‘tadi. Unga ko‘ra ushbu jannat bog‘ining sarv daraxti iymon bog‘ining aliflaridir (“iymon” so‘zidagi aliflarga ishora), unda Allohning kalomi tinmaydi, anhorlarida muqaddas suvlar oqadi. Shoirning talqinicha, bu gulshan - ma’rifat bog‘i bo‘lib, u komil inson makonidir. Navoiy komil inson ta’rifini keltiradi. Unga ko‘ra, komil inson quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak: botiniy olami sarishta, zohiriy ko‘rinishi parishon, jismi vayron, qalbi esa obod va nurafshon. U doimo xafiy zikr bilan band, kiygani janda xirqa, nafsoniy lazzatni tark etgan, himmati osmon qadar oliy. Ushbu tavsiflarda naqshbandiya tariqati talablari ifodalanganligini ko‘rish mumkin. Keyingi baytlarda Navoiy ana shu martabaga talabgor solik uchun zarur bo‘lgan ishlar bayonini keltiradi. Navoiyning fikricha, bu yo‘lga kirish hech qachon kech emas, chunki bu Yaratganning tavfiqidir. Buning uchun, eng avvalo, nafsni yengish kerak, uni yengish piri murshid rahnamoligida amalga oshiriladi. Shundan so‘ng qasidada naqshbandiya sulukiga xos zikr tushish qoidasi, faqrning mohiyati, belgi va fazilatlari haqida so‘z boradi. [19].
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bolib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-o‘ylari o‘z ifodasini topgan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o‘xshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g‘oyasi muhim o‘rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go‘zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qimmatli fikrlari, nasihatomuz so‘zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.[15]
Quyidagi bayt bilan boshlanadi: Ne vo‘sma-vu ne kesmadur ul zulfi sumansoy, ne g‘amzai jodu, Mashshota sanga zoli falakdur magar, ey oy, xurshid anga ko‘zgu. So‘nggi devondan o‘rin olgan mustazod irfoniy yo‘nalishda bo‘lib, kulliyotga yakun yasaydi. Unda keltirilgan xulosaga ko‘ra, ishq yo‘liga kirgan oshiq uchun eng maqbul joy Iloh muhabbati, irfoniy suhbatlardan dil orom topadigan komil inson huzuri[19].
“Navodir ush-shabob”dan o‘rin olgan mustazodda esa oshiq rindning his-hayajonga to‘la, ko‘tarinki kayfiyati ifodalangan. Unda ta’rifi keltirilgan “mug‘bacha” oshiqni komil pir bilan bog‘laydigan, Allohdan mujda keltiradigan farishta timsolidir:

Download 34.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling