Arab ergashish, izidan borish sheʼriy misralarning muayyan oʻrnida
Download 72.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqQofiya - Vikipediya
Qofiya She‘r Qofiya (arab. — ergashish, izidan borish) — sheʼriy misralarning muayyan oʻrnida ohangdosh soʻz yoki soʻz birikmalarining izchil takrorlanib kelishi. Q. sheʼrning mazmuni, janri, shakli va kompozitsiyasida muhim oʻrin egallaydi. Q. hosil qiluvchi soʻzlarning ohangdoshligi oʻzak bilan oʻzak yoki qoʻshimcha bilan qoʻshimcha oʻrtasidagi uygʻunlik tufayli yuzaga keladi. Q. sheʼr ritmi va musiqiyligini taʼminlaydi. U ritmiklik va ohangdoshlikdan tashqari, yana bir nechta vazifani bajaradi. Ana shu vazifalardan biri Q.ning sheʼr gʻoyaviy mazmuni bilan bogʻliqligidir. Shu bois u sheʼr mazmunini goʻzal va taʼsirchan ifodalashga xizmat qiladi. Q.da odatda sheʼr gʻoyasini tashuvchi soʻzlarni misraning sheʼrxon diqqatini oʻziga tortadigan oʻrniga (koʻpincha oxiriga) joylashtirish taqozo etiladi. Shu bilan birga Q. badiiy takt vazifasini ham bajaradi. Badiiy takt esa sheʼr gʻoyasining taʼsirchan va jozibali ifodalanishiga koʻmak beradi. Q.ning yana bir vazifasi sheʼr qurilishida kompo-zitsion uyushtiruvchilikdan iborat, chunki u misralarni uygʻunlik, ohang-dorlik bilan birbiriga ulaydi, bogʻlaydi, bayt yoki band kabi sheʼriy birliklarni tashkil etadi. Q.ning vazifalaridan yana biri shundaki, u sheʼr intonatsiyasini (ohangdorligini) yuzaga keltiradi. Sheʼrning poetik mazmuni, undagi soʻzlar ohang-dorligi, ritmi, vazni, band tuzilishi bilan uzviy bogʻliqlikda oʻzining intonatsion vazifasini bajaradi. Q. ritmik vazifa ham bajaradi. Bunday Q.lar sheʼrda radif boʻlmagan hollarda misralar soʻngi (chegarasi)ni taʼkidlab, izchil ritmik qatorlarni tashkil etishda yetakchi vazifani ado etadi. Turkiy xalqlar ogʻzaki ijodida Q.ning oddiy soʻz takroridan tortib mukammal mustaqil turlarigacha boʻlgan shakllari uchraydi. Umuman, oʻzbek ogʻzaki va yozma adabiyotida Q.ning vujudga kelishida sajʼ muhim oʻrin tutadi. Bunga turkiy xalqlarning koʻplab ogʻzaki ijod turlarida, urxun-yenisey yodnomalarida, 11-asrda Mahmud Koshgʻariy tomonidan yaratilgan „Devonu lugʻotit turk“ asarida uchrovchi sheʼriy parchalardagi Q.lar misol boʻla oladi. Arablar istilosidan keyin turkiy xalqlar sheʼriyatiga ham aruz sheʼriy tizimi kirib keladi. 9—10-asrlarda esa arab, fors va boshqa xalqlar sheʼriyatida mumtoz Q. nazariyasi yaratiladi. Bu nazariya monorim (fransuzcha topopte — yagona qofiya) q. yoki tovushlar uygʻunligiga asoslanadi. Ushbu nazariyaga koʻra, Q. yagona tovush (harf) takroriga asoslanadi va bu harf raviy (arab. — qofiyadagi undosh tovush) deb ataladi. Raviy soʻz oʻzagi, yasama soʻzlarda negiz oxiridagi undosh, choʻziq unli, baʼzan esa qisqa unlilarning aynan takrorlanishi tufayli yuzaga keladi. Mas, „gul-bul-bul“ soʻzlaridagi „l“, „tortar-ortar“ soʻzlaridagi oxirgi „r“, „vafo-jafo“ soʻzlaridagi „o“, „bahona-zamona“ soʻzlaridagi oxirgi „a“ tovush-harflari raviy hisoblanadi. Mazkur nazariya talablariga koʻra, raviysiz Q. vujudga kelmaydi. Mumtoz q. nazariyasida Q.lanuvchi soʻzlar tarkibiga qarab raviydan oldin va raviydan keyin 4 tadan Q. unsuri ishtirok etishi mumkin. Raviydan oddin keluvchi unsurlar: qayd — raviydan oldin kelgan harakatsiz undosh tovush („balandqand“ soʻzlaridagi „n“ tovushi); ridf — undosh raviydan oldin kelgan choʻziq unli („sha- har-sahar“ soʻzlarida „r“ raviydan oldingi „a“ unlisi); taʼsis — raviydan oldin kelgan bir harakatli undoshdan ilgari keluvchi choʻziq unli („homil-qotil“ soʻzlaridagi „o“ tovushi); daxil — raviy bilan taʼsis orasida keluvchi harakatli undosh („zoyil-qoyil“ soʻzlaridagi „y“ undoshi). Raviydan keyin keluvchi Q. unsurlari ham 4 ta: vasl — raviyga vositali yoki vositasiz tirkalgan tovushlar („ulfatim-suhbatim“ soʻzlaridagi „m“ undoshi va „bulogʻi-qulogʻi“ soʻzlaridagi „i“ unlisi); xuruj — vasldan soʻng takrorlanuvchi harakatsiz undosh yoki choʻziq unli; mazid — xurujdan keyin keluvchi undosh yoki choʻziq unli; noira — maziddan soʻng kelgan undosh va choʻziq unlilar. 20-asr boshlaridan oʻzbek sheʼriyatida barmoq tizimi yetakchilik qila boshladi. Natijada Q. tarkibini nozik hamda asosli tahlil qilishga imkon beruvchi mumtoz Q. nazariyasiga muro-jaat etish asta-sekin kamaydi. Bu holat Q. haqida yangi — polirifma nazariyasini keltirib chiqardi. Ushbu nazariyaga koʻra, q. tirgak tovushga asoslanadi. Tirgak tovush esa raviy singari injiq emas. Q.lanuvchi soʻzlar tarkibidagi talaffuz usuli va oʻrni jihatdan bir-biriga yaqin barcha tovushlar tirgak tovush boʻla oladi. polirifma nazariyasiga koʻra, Q.ning toʻliq (toʻq), notoʻliq (och), sodda, murakkab, ochiq, yopiq, taxminiy kabi shakllari mavjud. Q.lanuvchi soʻzlarning uygʻunligi, miqdori, mazmuni, oʻrni va fonetik tarkibiga qarab, Q.ning zulqofiyatayn (qoʻsh Q.lilik), tarseʼli (baytning har 2 misrasidagi barcha soʻzlarning oʻzaro ohangdosh, vazndosh boʻlib kelishi), tasviriy, kinoyaviy, kontrast, meta-forik, tajnisln kabi turlari farqlanadi va ularning har biri oʻzbek sheʼriyatida ham muhim evfonik, semantik vazifa bajaradi. Sheʼriy misraning boshlanishi yoki oʻrtasida, oxi- rida kelishiga qarab esa Q.ning anaforik, ichki va epiforik turlari farqlanadi. Umuman, Q. odatda sheʼriy mis-ralar oxirida kelib, ularni ohangdoshlik, uygʻunlik va mazmuniy yax-litlik asosida birlashtiradi. bugungi kunda oʻzbek sheʼriyatida sar-bast tizimining ham koʻproq mavqe egallab borayotganligi bu xildagi poetik asarlarda Q.ning tutgan oʻrni, tabiati va gʻoyaviy-badiiy vazifalarini alohida oʻrganishni taqozo etmoqda. As..Izzat Sulton, Adabiyot nazariyasi, T., 1939 (soʻnggi nashri — 2005); samoylov D.S., Kniga o russkoy rifme, M., 1973; Adabiyot nazariyasi [2 j.li], 2-j., T., 1979. Bahodir Sarimsoqov. Download 72.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling