Chiziqli (ergashish), tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi
Download 64.93 Kb.
|
algoritm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqlanuvchi algoritmlar.
- 1–misol
Reja Algoritmlar haqida umumiy tushunchalar Algoritmlar turlari Takrorlanuvchi,tarmoqlanuvchi algoritmlarga oid ba’zi misollar Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishiga, ya’ni bajarilish tartibiga qarab uch asosiy turga bo‘linadi: chiziqli (ergashish), tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi. Chiziqli algoritmlar. Barcha ko‘rsatmalari ketma-ket joylashish tartibida bajarib boriladigan algoritmlar chiziqli algoritmlar deyiladi. “Choy damlash”, doira yuzini hisoblash algoritmlari chiziqli algoritmlarga misol bo‘ladi. Lekin hayotimizdagi juda ko‘p jarayonlar shartlar asosida boshqariladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shartga muvofiq bajariladigan ko‘rsatmalar ishtirok etgan algoritmlar tarmoqlanuvchi algoritmlar deb ataladi. Algoritmlarning bu turi hayotimizda har kuni va har qadamda uchraydi. Eshikdan chiqishimiz eshik ochiq yoki yopiqligiga, ovqatlanishimiz qornimiz och yoki to‘qligiga yoki taomning turiga, ko‘chaga kiyinib chiqishimiz ob-havoga, biror joyga borish uchun transport vositasini tanlashimiz to‘lash imkonimiz bo‘lgan pulga bog‘liqdir. Demak, tarmoqlanuvchi algoritmlar chiziqli algoritmlardan tanlanish imkoniyati bilan farqlanar ekan. Avvalgi darslardagi kvadrat tenglamani yechish, ikki sonning EKUBini topish algoritmlari tarmoqlanuvchi algoritmlarga misol bo‘ladi. 1–misol. Algoritmi formula yordamida berilgan funksiyani qiymatini hisoblashga doir tarmoqlanuvchi algoritmni blok-sxema yordamida tasvirlaymiz: 2 –misol. Berilgan ikkita A va B sonlardan kattasini topish uchun (IKT nomi bilan ataluvchi) algoritm tuzing. Bu misoldan quyidagicha xulosa qilish mumkin: agar A B shart bajarilsa 4-banddagi ko‘rsatma qaralmaydi, aks holda, ya’ni A B bo‘lganda 3-banddagi ko‘rsatma qaralmaydi. IKT algoritmi tarmoqlanishni yaqqol tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Download 64.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling