Arab siyosiy rahbari va Islom asoschisi


Download 93.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi93.77 Kb.
#255271
  1   2
Bog'liq
Muhammad - Vikipediya



Muhammad

Arab siyosiy rahbari va Islom asoschisi



Muhammad, Muhammad ibn Abdulloh

(570/571, Makka — 632, Madina) —

islom dini va birinchi musulmonlar

jamoasi asoschisi. Musulmonlar

eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi

paygʻambari va uning elchisi. Shu

maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram

deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy

manbalarda Muhammadning 99 nomi

keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra,

Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan



kishi „sallalohu alayhi vasallam“ (s.a.v.)

yoki „alayhissalom“ (a.s.) deb salovat

aytib qoʻyish vojib hisoblanadi.

Muhammad orqali odamlarga Qurʼon

nozil qilingan.

Quraysh qabilasining hoshimiylar

urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan,

lekin Makka zodagonlariga yaqin oilada

tugʻilgan. Muhammadning bolalik va

oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda

kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim

qolgan; tugʻilmasidan avval otasi

Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi

Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz

tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib

ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim




bolani tarbiya qilishni amakisi Abu Tolib

oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida

Muhammad bir muddat Abu Tolibning

podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga

jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21

yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi,

badavlat beva ayol Xadicha xonadoniga

dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo

ishlari bilan shugʻullangan Muhammad

Suriyaga safar qiladi, xususan, Halab va

Damashq shaharlariga boradi.

Muhammad 25 yoshida (595 yil) 40

yoshlarga borib qolgan Xadichaga

uylanadi. Muhammaddan Xadicha 3 oʻgʻil

(Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya,

Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) koʻrgan.

Ogʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan.



Qizlaridan Fotimagina Muhammad

naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan

soʻng Muhammad bir necha bor

uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira

xotin olmagan), ulardan farzand

koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan

Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda

yoshligida olamdan oʻtgan.

Muhammad 40 yoshga toʻlganida oʻzini

boshqacha seza boshlaydi. Yolgʻizlikni

qoʻmsab, Makka yonidagi Hiro togʻida

joylashgan gʻorga borib ibodat bilan

mashgʻul boʻlar, oʻyga tolardi. Taxminan

610-yilda Muhammad Makkada oʻzining

Allohdan vahiy olayotganligini eʼlon

qiladi. Buni birinchilardan boʻlib Xadicha,




Muhammadning amakivachchasi Ali ibn

Abu Tolib, hamda asrandi oʻgʻli 

Zayd ibn

Horisa


 eʼtirof etib imon keltirishgan. Koʻp

oʻtmay, Makkaning eng nufuzli

savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha,

Saʼd ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn

Avf va 

Usmon ibn Affon

 Muhammadni

chin paygʻambar deb tan olishgan.

Muhammad izdoshlari jamoasi dastlabki

paytlarda 50 kishidan oshmagan.

Makkaning asosiy aholisi, ayniqsa,

nufuzli qurayshliylar esa Muhammad

taʼlimotini ochiqdan-ochiq dushmanlik

bilan qarshi olgan. Buning natijasida

Muhammad tarafdorlaridan 11 xonadon

Habashiston (hozirgi Efiopiya) ga 

koʻchib

ketgan. Muhammad jamoasiga jasur




jangchilar sifatida tanilgan Hamza va

Umar ibn Xattobning qoʻshilishi

jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni vaqtda

quraysh zodagonlarining Muhammad va

uning tarafdorlariga dushmanligi yanada

kuchaydi. 620 yilda Xadichaning, soʻngra

Abu Tolibning vafotidan soʻng Makkada

vaziyat yomonlashadi, Muhammad

muayyan xatar ostida qoladi. Har yilgi

anʼanaviy Makka ziyoratiga kelgan

yasriblik Avs va Hazraj qabilalarining

vakillari Muhammad bilan uchrashib,

sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga

vaʼda berishadi, Muhammadni Yasribga

koʻchib borishga daʼvat qilishadi. Avval

Muhammadning izdoshlari (asʼhoblar)

oʻz oilalari bilan quraysh zodagonlaridan



maxfiy ravishda guruh-guruh boʻlib

koʻchadi. Oxirida Muhamadning oʻzi Abu

Bakr bilan joʻnab ketadi. 622 yildada yuz

bergan bu koʻchish payti (arab, 

hijrat

)dan


musulmonlar erasi — 

hijriy yil

 hisobi

boshlanadi. Yasrib esa Madina an-Nabiy

(„Paygʻambar shahri“) yoki qisqacha,

Madina deb ataladigan boʻldi.

Madinada birinchi masjid qurildi, islom

arkonlari ishlab chiqila boshlandi, Kaʼba

qibla qilib belgilandi. Jamoani

jipslashtirish va uni kengaytirish uchun

makkalik mushriklarga qarshi kurashish

zarur edi. Makkaliklarga qarshi

uyushtirilgan iqtisodiy urush ular

farovonligining asosiy manbai boʻlgan




savdo karvonlari ishini chippakka

chiqardi. 624 yilda Badr quduqlari oldida

Badr jangi, 625 yilda Uhud togʻi etagida

Uhud janglari boʻldi. 626 yilda makkaliklar

madinaliklarga uzil-kesil zarba berish

maqsadida yirik harbiy safarga

otlanishdi. Muhammad Madinani uzoq

qamal sharoitiga tayyorladi, shahar

atrofiga chuqur xandaqlar qazildi va u

yerlarga kamonchi oʻqchilar joylashtirildi.

Kutilmagandagi izgʻirin, kuchli shamollar

qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida

nizolar boshlandi. Natijada Madina

qamali bekor qilindi, bu gʻalaba Madina

jamoasini yanada jipslashtirish bilan

birga, unga yangi-yangi badaviy

qabilalarning qoʻshilishiga olib keldi.



Hijratning 6-yilida makkalik quraysh

zodagonlari mavjud muammolarni

kelishuvchilik yoʻli bilan bartaraf etish

uchun Muhammad bilan tengma-teng

muzokara olib borishga majbur boʻlishdi

(q. 


Xudaybiya bitimi

). Madinaga qarshi

kurashning yetakchilaridan biri boʻlgan

Abu Sufyon Muhammad tarafiga oʻtdi.

630 yilda Makka Muhammadga jangsiz

taslim boʻldi, makkaliklar Muhammad

jamoalariga qoʻshildi. 631 yildda koʻp

qabilalar Muhammadga boʻysundi va

islomni qabul qildi. Hijratning 10-yili (632

yil martida) Muhammad oʻz oila aʼzolarini

olib, Madina atroflaridagi 100 mingdan

ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va

oxirgi marta ziyorat (haj)ga bordi. Bu



vidolashuv haji

 boʻlgan. Mana shu ziyorat

Makkaning islom dini markazi sifatidagi

mavqeini uzil-kesil hal etdi. Oʻshandan

buyon oʻtgan barcha asrlar davomida

musulmonlar bu shaharni ziyorat qiladi.

Haj safaridan 81 kun keyin uzoq davom

etmagan kasallikdan soʻng Muhammad

Madinada vafot etdi. Muhammadni oʻz

hujrasiga dafn qilishgan, maqbarasi

keyinchalik u yerda qurilgan katta masjid

ichida qolgan, musulmonlarning

ziyoratgohiga aylantirilgan.


Download 93.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling