Arab siyosiy rahbari va Islom asoschisi


Download 93.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana09.01.2022
Hajmi93.77 Kb.
#255271
1   2
Bog'liq
Muhammad - Vikipediya

Allohning paygʻambari Muhammad


Muhammadning hayoti va tarjimai holi

siyratda, uning soʻzlari va qilgan ishlari

haqidagi rivoyatlar hadislarda bayon

etilgan. Islom taʼlimotida Muhammad

komil inson sifatida taʼriflanadi. Sunnat

paygʻambarning hayoti barcha

musulmonlar uchun namuna boʻlishi

kerakligi taʼkidlanadi. Islom anʼanasida

Muhammad hech qanday gʻayritabiiy,

ilohiy xususiyatga ega emasligi, balki

hamma kabi oddiy odam, lekin Allohning

chin va oxirgi paygʻambari ekanligi qayd

etiladi.

Muhammadning shaklu-shamoyillari,

siyratu-sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa



paygʻambarlardan farq etadigan

xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga

yurgan, suhbatlaridan bahramand boʻlgan

sahobalar hamda nikohida boʻlgan

ayollari tomonidan naql qilingan

rivoyatlar asosida koʻplab asarlar

bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning

„Shamoili nabaviya“, Muhammad

Busiriyning „Qasidai burda“, Abu Jaʼfar

Barzanjiyning „Mavlidin-Nabiy“,

Muhammad ibn Solihning

„Muhammadiya“, Mavlono Muʼinning

„Siyari sharif“, Akbarobodiyning „Nodirul-

meʼroj“, Sayyid Mahmud Taroziyning

„Shirin kalom“, „Nurul kalom“,

„Nurulbasar“ va boshqa koʻplab mu-

alliflarning asarlarini misol qilib keltirish



mumkin. Imom Termiziyning „Shamoili

Muhammadiyya“ kitobi ular ichida

qadimiyligi va rivoyatlarining sahihligi

bilan ajralib turadi. Unda Muhammadning

jismoniy va axloqiy xususiyatlariga

batafsil taʼrif berilgan. Maslan, ikki kiftlari

oʻrtasida „Muhammadun rasululloh“ deya

bitilgan muhri nubuvvatlari boʻlgani,

soch-soqollarining oqu-qorasi nechta

boʻlganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq

kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-

qalqonlari, salla-choponlari, yegan va

yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va

keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari,

xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari,

soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish

va hazil-mutoyibalari, musiqa va



sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va

riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-

turishlari, tibbiyotga munosabatlari,

kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari,

umrlarining miqdori, xastalik va vafotlari,

qoldirgan meroslari va boshqa sifatlari

toʻgʻrisida alohida-alohida bob va fasllar

orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari

toʻgʻrisida jumladan shunday naql

qilinadi: „Ul zotning boʻylari unchalik

novcha ham, past ham emas, bosh, qoʻl,

oyoq va kiftlari yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish,

koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta

qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining

yumshoqlarigacha yopib, yelkalariga

tegib-tegmay turar, boʻyinlari sochlari

orasidan tovlanib, goʻyo kumush koʻzdek



koʻrinib turar, terlasalar, marjondek

terlaridan muattar hid taralar, biror

kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar

boshlarinigina burib qaramay, balki butun

gavdalari bilan oʻgirilib qarar edilar. Old

tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa

tomonlarini ham shunday koʻrar edilar“.

Hadis (Al-Jomiʼ assahih), 1—4-j.lar (2-

nashri), T., 1997; Imom atTermiziy,

Shamoili Muhammadiyya, T., 1991;

Sogʻuniy A., Tarixi Muhammadiy (1—2-

kitob), T., 1997; Hazrati paygʻambar

hayoti (2nashri), T., 1997; Hasanov A.,

Qadimgi Arabiston va ilk islom (1kitob:

Adabiyot



Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad,

Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor

kutilgan tong], T., 2003.

Abdulaziz Mansur.

[1]

Wikimedia Commonsda Muhammad



mavzusiga oid fayllar bor.

Muhammad , Encyclopædia Britannica

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Havolalar

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 5 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Muhammad&oldid=2115204



dan olindi 



Download 93.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling