Arab tarjimashunosligi tamoili principle of arabic translation


Download 79.34 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi79.34 Kb.
#1527615
  1   2
Bog'liq
Maqola. Arab tarjimashunosligi tamoili


ARAB TARJIMASHUNOSLIGI TAMOILI
PRINCIPLE OF ARABIC TRANSLATION
ПРИНЦИП АРАБСКОГО ПЕРЕВОДА
Fayziyev Jaloliddin, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik mutaxasisligi 2-kurs magistranti, Toshkent. O‘zbekiston.
Ilmiy rahbar: f.f.n., dots. Aripov Sh.I
Tel: + 998995636361;
E-mail:jaloliddinfayziyev@gmail.com


Annotatsiya: Mazkur maqolada arab tili, arab tarjimashunosligi tamoili, arabshunoslik, arab xalqlari tarixi yashash tarzi, shu bilan birgalikda arab tilining leksik va gramatik shakillanishi, mumtoz arab tilining paydo bo‘lishi haqida dunyo olimlarining bergan fikr mulohazalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birgalikda Saudiya adabiyotining zamonaviy arab tili prozasi hamda nasrining rivoj topishi yoritib berilgan.
Аннотация: Данная статья посвящена арабскому языку, принципу арабского переводоведения, арабистике, истории арабских народов, образу жизни, лексическому и грамматическому формированию арабского языка, возникновению классического арабского языка, и мнения мировых ученых. При этом освещается развитие современной арабской прозы и прозы саудовской литературы.
Annotation: This article focuses on the Arabic language, the principle of Arabic translation studies, Arabic studies, the history of the Arab peoples, the way of life, the lexical and grammatical formation of the Arabic language, as well as the commense of the classical Arabic language and the opinions of world scientists. At the same time, the development of modern Arabic poetic writings and prose of Saudi literature are highlighted.
Tayanch so‘zlar: tarjimashunoslik, arab tili, arabshunoslik, leksika, gramatika, mumtoz arab tili, adabiyot, matn, tarjima, tarjimon, tamoil, nasr, xalq, arab, o‘zbek.
Ключевые слова: переводоведение, арабский язык, арабистика, лексика, грамматика, классический арабский язык, литература, текст, перевод, переводчик, принцип, проза, народная, арабская, узбекская.
Key words: translation studies, Arabic language, Arabic studies, lexicon, grammar, classical Arabic language, literature, text, translation, translator, principle, prose, folk, Arabic, Uzbek.
Biz arab tilshunoslariga ma’lumki , Arab tili – Somiy tillar guruhining janubiy tarmogʻiga mansub tildir. Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika shimolidagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tilida 300 mln. dan ortiq aholi gaplashadi. Bizga qadimiy Arab tili miloddan avvalgi 5 – 4-asrlarga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo boʻlishiga zamin boʻlgan. Mumtoz Arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri V - VII - asrlar, shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon boʻla boshlagan.
Qur’oni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi.VIII – IX-asrlarda mumtoz Arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan oʻlkalarda rasmiy va ilmiy til boʻlib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va boshqa ilmiy asarlarini ana shu tilda yozganlar. Mumtoz Arab tili leksik jihatdan bir oz oʻzgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili boʻlib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosini birlashtirib turuvchi Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va boshqa moʻ’tabar manbalardir. Arab dunyosidagi vaqtli matbuot, nashrlar, radio va televideniye hozirgi shu tilda.
Arab soʻzlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, fonetik va leksik jihatdan bir-biriga oʻxshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Magʻrib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga boʻlinadi. Ushbu lahjalar asosan 3 sababga koʻra yuzaga kelgan:
1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil boʻlgan Qur’oni Karim tili asos boʻlgan, zero oʻsha vaqtlardayoq Arabiston yarim orolda yashovchi qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi;
2) hozirgi arab dunyosining aksar qismi kelib chiqishi arab boʻlmagan xalqlardir. Ular islom taʼsirida arablashgan. Ularning hozirgi soʻzlashuv tilida islomgacha mavjud boʻlgan ona tillari unsurlarining boʻlishi, tabiiy;
3) arab dunyosining aksar qismi gʻarb istilochilari hukmronligi ostida boʻlganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqlanishiga olib kelgan. Turkiston, xususan hozirgi Oʻzbekiston hududi Arab xalifaligi tomonidan boʻysundirilgach va islom mahalliy aholi tomonidan qabul qilingach, Arab tili hamda arab yozuvi mazkur hududda ilm fan tili va yozuviga aylandi. Shu bilan bogʻliq holda arabshunoslik vujudga keldi.
Arab tarjimashunosligiga tamoiliga oid ko‘plab adabiyotlar Arab adabiyoti kutubxonasida VII-XIX asrlarda arab adabiyotining muhim asarlarini arabcha nashrlari va inglizcha tarjimalarini mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Mazkur kutubxonaning maqsadi mumtoz arab adabiyotini yangi avlod arablari va arab bo‘lmaganlarga qayta tiklash va uni hamma uchun tushunarli qilishdir.Hozirda ushbu buyuk adabiyot korpusidan juda oz sonli matnlar tarjima qilingan.Kitoblar butun dunyodagi taniqli arab va islomshunos olimlar tomonidan tahrir qilingan va tarjima qilingan va arabcha va ingliz tillari bilan qattiq muqovali parallel matn shaklida, faqat ingliz tilidagi qog‘ozli qog‘ozlar va yuklab olinadigan arabcha nashrlar sifatida yuz sahifalarida joylashgan. Ba‘zi bir matnlar uchun seriyada alohida ilmiy nashrlar to‘liq tanqidiy apparatlar bilan nashr etilgan.
Janrlarga she’riyat va nasr, badiiy adabiyot, din, falsafa, huquq, ilm-fan, tarix va sayohat yozuvi kiradi. Seriya tomonidan nashr etilgan NYU Press va grant tomonidan qo‘llab-quvvatlandi Nyu-York universiteti Abu-Dabi Institut.Birinchi jildi 2012 yil dekabr oyida nashr etilgan.
Boshqa noshirlarning shu kabi ikki tilli klassik qatorlariga quyidagilar kiradi Loeb klassik kutubxonasi Evropa va Gil Sanskrit kutubxonasi Hindiston uchun.
Tahririyat kengashi tarkibiga Filipp F. Kennedi kiradi.
Nyu-York universiteti bosh muharrir vazifasini bajaruvchi;
Jeyms E. Montgomeri, Ser Tomas Adamsning arab tili bo‘yicha professori da Kembrij universitetiva Shawkat M. Toorawa, Arab tili professori Yel universiteti.
Ijrochi muharrir bo‘lib xizmat qiladigan;
Va Julia Bray (Oksford universiteti), Maykl Kuperson (Kaliforniya universiteti, Los-Anjeles), Jozef E. Lowri (Pensilvaniya universiteti), Tahera Qutbuddin (Chikago universiteti), Devin J. Styuart (Emori universiteti), Shon Entoni (Ogayo shtati universiteti) va Moris Pomerantz (Nyu-York universiteti Abu-Dabi) muharrir bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Xalqaro maslahat kengashi umuman serial uchun ko‘rsatma beradi.2018 yil holatiga ko‘ra Arab adabiyoti kutubxonasi o‘ttizdan ortiq ikki tilli qattiq jildli nashr tarjimalarini va faqat o‘ndan ziyod inglizcha qog‘ozli qog‘ozlarni nashr etdi.Faqat arab tilidagi PDF-fayllarni veb-saytdan bepul yuklab olish mumkin.
Arablarning ichki ahvoliga tashqi ta’sir ko‘rsatish shakllaridan biri iudaizmning yarim orolda tarqalishi va Xristianlik. Bu ta’sir ayniqsa yarim orolning janubida kuchli bo‘lib, u yerda nasroniylashgan Efiopiya ta’siri ostida mahalliy xudolar panteonining birlashishi sodir bo‘lib, bu osmon va Yerning yagona hukmdori g‘oyasining paydo bo‘lishiga yordam berdi.
-Rahmanan (uning ismi shimoliy arab lahjalari fonetikasiga ko‘ra o‘zgartirilib, keyinchalik Rahmon Ollohning sifatlaridan biri bo‘lgan). Shu bilan birga, yahudiylik Arabistonga nasroniylikdan ko‘ra geografik jihatdan chuqurroq kirib bordi. Agar ikkinchisi yarim orolning chekka hududlarida (Laxmid va G‘asoniylar podshohliklarida) keng tarqalgan bo‘lsa, Yahudiy koloniyalari esa Hijoz (shu jumladan Madinada) va Najd vohalarida mavjud edi.Biroq shu jumladan hozirgi hudud Saudiya Arabistoni hali ham butparast edi. Mahalliy panteonga erkak va ayol xudolar kiradi. Kundalik amaliyot toshlar, daraxtlar, yulduzlar va samoviy hodisalarni, xudolar va odamlar o‘rtasida vositachi sifatida yaxshi va yovuz ruhlarni hurmat qilish edi. Mabudlar va ziyoratgohlar xudolarga bag‘ishlangan bo‘lib, ulardan biri Makka Ka’basi bo‘lib, u asta-sekin uning atrofida marosimlar rivojlanib, tan olingan diniy markazga aylanib bordi va keyinchalik islom marosimining bir qismiga aylandi. 570 efiopiyaliklarning Makkaga qilgan muvaffaqiyatsiz yurishi bu markazni “Xudo saqlagan” degan alohida maqom berdi.
Umuman olganda tarjimashunoslik haqida fikr yuritar ekanmiz, tarjima haqida so‘z yuritsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tarjima bu bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijodning bir turi, shu o‘rinda tarjimonning ijod mahsulidir. Tarjima bu millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishidir.
Tarjimaning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish, tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkindir. Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgandir. Bu tilmochlik deb ataladigan ogʻzaki turi hozirgi vaqtda ham saqlanib qolgan.
Vaqt o‘tgani sayin, zamonlar osha tarjimaga boʻlgan talablar yangilana boradi. Ammo tarjimaning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. Tarjimaning koʻlami va taraqqiyoti har bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va, oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali taʼsir etadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek “Tarjima” termini bir tildan ikkinchi tilga o‘girish jarayonini, shu asnoda, tayyor tarjima asarini anglatadi.
Badiiy tarjimaning asosiy xususiyati esa tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi. Til esa badiiy asarda estetik hodisa, sanʼat faktidan biriga aylanadi. Adabiy asar tili bu bir alohida badiiy voqelikning unsuridir. Tarjimada ana shu obrazli ifodaviy tildagi badiiy maʼnoni boshqa tilning obrazli ifodaviy zaminiga oʻtkazish, obrazni obraz bilan qayta ifodalash jarayoni yuz beradi. Shuning uchun tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etadi.
Bugungi kunda zamonaviy tarjima talablariga asosan tarjimon asliyatning sanʼat asari sifatida shakl va mazmun birligini qayta yaratishi, milliy va individual xususiyatlarini saqlashi lozim demakdir. Tarjimon ona tilining rivojlanish darajasi, shu o‘rinda tarjimachilik anʼanalari, tajribalariga suyanadi, vaholangki turli xil tafovutlarning mavjudligini hisobga oladi.
Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi.Tilshunoslik, tarjimashunoslik, arabshunoslik umuman olganda quyida nomlari aytib o‘tilgan bir biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ushbu sohalar vakillari hisoblangan tilshunoslar, tarjimashunoslar va shu o‘rinda biz arabshunoslarning ham eng asosiy quroli bu ona tili demakdir. Shunday ekan tarjima jarayonida tarjimon hammavaqt oʻz ona tilida fikrlaydi, ona tili unga tahlil quroli, sinov mezoni boʻlib xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, Nizomiyning “Xisrav va Shirin” dostonini oʻgirgan Qutb (“Nizomiy bolidan holva pishurdim”) tarjima nusxa koʻchirish kabi bir ish boʻlmay, ijodiy jarayon ekanini, tarjimon esa boldan holva pishiruvchi mohir yozuvchi boʻlishi kerakligini aytadi. Shunday ekan turli davrlarda muayyan hududdagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus tarjima maktablarining yuzaga kelganligining oʻziyoq uning shakllangan tamoyillari, anʼanalari boʻlganligini koʻrsatadi.
Hozigi davrga kelib har bir taraqqiy etgan xalq jahondagi yuzlab xalqlar tilidan oʻz ona tiliga ilm-fan va madaniyatning oʻnlab sohalari tarixiga oid materiallarni lirik sheʼrlar, xabarlar, texnologiya adabiyoti va boshqalarni tarjima qiladi.Tarjima bu nusxa koʻchirish emas; tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, tarjimada iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini ona-tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asl matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqelikning muallif darajasida puxta bilishi kerak.
Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida Tarjimachilikning taʼsiri katta boʻladi, zero tarjima tarixi adabiyot tarixi bilan tengdosh. Oʻzbek adabiyotida ham Tarjimachilik qadimdan rivojlangan. Mahmud Koshgʻariy, Rabgʻuziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va boshqa ijodida tarjima katta oʻrin egallaydi.XX-asr oʻzbek yozuvchilaridan Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Askad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali va boshqa badiiy tarjima sohasida ham samarali ijod qilganlar. Badiiy tarjima sohasida M. Osim, N. Alimuhamedov, Sh. Shomuhamedov, K. Qaxdorova, O. Sharopov, Sh. Tolipov, V. Roʻzimatov, Q. Mirmuhamedov, A. Rashidov, M. Hakimov, I. Gʻafurov, M. Mirzoidov, gʻ. Toʻrabekov, T. Alimov va boshqa professional tarjimon sifatida tanilganlar. Oʻzbek tilida ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy siyosiy adabiyotlar Tarjimachiligida ham katta yutuqlarga erishilgan. Bunda R. Abduraxdyunov, V. Rahimov, A. Shomahmudov kabi tarjimonlarning hissasi kattadir.
Tarjima amaliyotini, uning oʻziga xosliklarini, tarixini, tamoyillari, prinsip va qonuniyatlarini tarjimashunoslik fani oʻrganadi, tarjimonga oʻgirish uchun asar tanlash, tillararo tafovutlar hamda asliyatga xos boshqa xususiyatlarni, milliy adabiy anʼanalarni hisobga olgan holda ish tutishda yordam beradi. XX-asr oʻzbek adabiyotida tarjimashunoslik maxsus fan tarmogʻi sifatida yuzaga keldi va shakllandi. Choʻlpon, Sanjar Siddiq kabi mohir tarjimonlar nafaqat bu davr tarjima adabiyotini, ayni paytda tarjimashunoslik ilmini ham boshlab berganlar, tarjima haqida maqola va risolalar bitganlar.
Oʻzbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm sifatida oʻtgan asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. Asr oxiriga kelib, bu sohada 10 ga yaqin fan turi, 50 dan ortiq fan nomzodi yetishib chiqdi. Professor J.Sharipov tadqiqotlariga asosan adabiyotimiz tarixida tarjimaning oʻrnini koʻrsatishga bagʻishlangan boʻlsa, professor G‘.Salomov asosan zamonaviy tarjimashunoslik masalalari bilan shugʻullandi, tarjima jarayoniga til hamda adabiy anʼanalarning taʼsirini koʻrsatib berdi. N. Komilov esa mumtoz janrlarning oʻtmish va hozirdagi tarjimalarini tadqiq etganligini ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda oʻzbek tarjimashunosligi asosan adabiy yoʻnalishda taraqqiy etgandir. Tarjimaning linsoniy jihatlariga kelsak keyinroq oʻzbek tiliga koʻpgina xorijiy tillardan bevosita oʻgirishga yoʻl ochilganidan soʻng rivojlana boshladi.
Tilshunoslikning bir bo‘lagi hisoblangan arabshunoslik haqida fikr mulohaza yuritadigan bo‘lsak, arabshunoslik bu: Arab xalqlarining tili, tarixi, iqtisodiyoti va madaniyatini tadqiq etuvchi fanlarning o‘zaro jamlangan bir majmui demakdir. Arabshunoslik asli arab boʻlmagan, ( عجم (ajam) – arab emas)1, lekin arab tilida ijod qilgan olimlarning madaniy meroslarini ham oʻrganadi.
Arabshunoslik Gʻarbiy Yevropada XVI-asr oxirida vujudga keldi. Rim, Parij, Leyden uning asosiy markazlari boʻlgan. XIX-asr – XX-asr boshlarida arab grammatikasi, leksikografiya va adabiyotshunoslik boʻyicha Silvestr de Sasi, Fransiyalik J. Belo, Norvegiyalik K. Kaspari, Buyuk Britaniyalik U. Rayt, R. Nikolsonlar, G. Fleysher, T. Nyoldeke, Germaniyalik K.Brokkelman, G. Freytag, X.Ver, Gollandiyalik Ya. Goldus, Vengriyalik I. Goldsiyer kabi arabshunoslar ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
Arab tili XIX asr mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti muammolari bilan J. Sovaje, E. Levi-Provansal, Fransiyalik arabshunos K. Kazn , Germaniyalik K. Bekker, Angliyalik D. Dennet, B. Lyu-is, G. A. R. Gibb, Italiyalik K. A. Nallino, E. Rossi, Germaniyalik G. Kampfmeyer, AQSHlik Ch. Adame, J. Xeyvort-Denn, Sh. Issavi, Buyuk Britaniya A. Xaurani, S. Longrigg, Fransiyalik J. Berk va boshqa arabshunoslar shugʻullanganlar.
Hozirda Arabshunoslik bilan Leyden, Parij, Oksford, Kembrij, Galle, Praga, Rim, Qohira, Damashq, Bayrut, Jazoir, Tunis, Rabot, Hartum, Haydarobod universitetlarida, shuningdek Tunisdagi Arab mamlakatlari ligasi qoshidagi Arab oliy bilimlari instituti, Bag‘dodda Islomshunoslik instituti, Londonda Sharq va Afrika mamlakatlarini oʻrganish maktabi, Parijda Sharq tillari maktabi va boshqa ilmiy markazlar shugʻullanadi.
Rossiyada Sankt-Peterburg, Moskva, Ukrainada Harkov, Tataristonda Qozon universitetlarida arab tili oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Sankt-Peterburg XX-asrda Arabshunoslar markazi boʻlib qolgan. Rossiyadagi Arabshunoslikka nemis arabshunosi X. D. Fren, miyerlik Shayx Tantoviylar asos solgan. Akademik B. D. Dorn, professor V. V. Grigorev, professor V. F. Girgas, akademik V. R. Rozen kabi arabshunos olimlar arab tili, adabiyoti, dini va tarixiga oid koʻplab ilmiy asarlar yaratganlar.
XX-asr 20-yillar boshlarida Toshkent, Tbilisi va Bokuda Arabshunoslik maktablari vujudga keldi. V. V. Bartold, A. Ye. Krimskiy, I. Yu. Krachkovskiy, M. A Sale, A P. Ko-valevskiy, T. A. Shumovskiy, P. G. Bulga-kov, P. A. Gryaznevich, A. B. Xolidov va boshqa oʻrta asrlar arab yodgorliklarini tarjima qilib, nashr ettirdilar. XX-asrning 30 – 60-yillarda G. V. Sereteli va I. N. Vinnikovlar Oʻrta Osiyo arablarining tili haqida monografiyalar yozdi. XX-asrning 70 – 80-yillarida esa arab mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, tilshunosligiga qiziqish kuchayib, bu haqda koʻplab ilmiy asarlar yaratildi, eng muhim asarlar tarjima qilindi.
Oʻrta Osiyo, jumladan, hozirgi Oʻzbekiston hududida arablar istilosi2 dan keyin arab tili din va ilm-fan tiliga aylangach, mahalliy olimlar asarlarini arab tilida yoza boshlaganlar. Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Sam’oniy va boshqalarning fanning turli sohalari – fal-safa, mantiq, geologiya, tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, arab tili, adabiyoti, folklori, tarixi, etnografiyasi, tarixiy geografiyasi va boshqalarga doir risolalari Sharq va Gʻarb arabshunoslari uchun hozirgi ham eng muhim tadqiqot manbai boʻlib qolmoqda. Islom dini, fiqh va Hadis ilmi sohasida ham Turkiston olimlari koʻplab asarlar yaratganlar. Bular jahon miqyosida, xususan arab olamida ham yuqori baholanib, tan olingan.
XIX-asr 80 – 90-yillarida, ayniqsa, XX-asr boshlarida Turkistonda Rossiyaning mustamlakachilik maqsadidan kelib chiqqib Arabshunoslik ilmiga birmuncha ahamiyat berildi. Toshkentda 1895-yilda “Arxeologiya havaskorlarining Turkiston toʻgaragi”, keyinroq Peterburg sharqshunoslik jamiyatining Toshkent boʻlimi vujudga keldi. Oʻzbek arabshunoslari tomonidan yaratilgan arab tili, fiqh, tarix va boshqalarga oid asarlar, lugʻatlar, arabchadan oʻzbek tiliga qilingan tarjimalar nashr etildi.Fitrat Arabshunoslik sohasida birmuncha ilmiy ishlar qildi. Arabshunos A. E. Shmidt arab tili, adabiyoti, islom tarixiga doir tadqiqotlar olib bordi. Xattot, manbashunos I. Odilov arabcha qoʻlyozmalarga tavsif yozdi, ularni qayta koʻchirdi. Sharqshunos S. Mirzayev 1944 yilda arab tilshunosligiga oid “Arab tili grammatikasi” nomli ilmiy asar yozdi. Oʻzbek arabshunoslari U. I. Karimov, H. Hikmatullayev, Sh. Shoislomov, N. Ibrohimov, A. Irisov, A. Talabov va boshqalar arab tilida ijod etgan olimlar asarlarini tadqiq etish va ularni oʻzbek tiliga tarjima qilishda katta ishlar olib bor-dilar. Ar-Roziyning “Sirr al-asror” (“Sirlar siri”) nomli arabcha asarining yagona qoʻlyozmasi (rus tilida, 1957), Ibn Sinoning arabcha “Al-Qonun fittibb” 592 (“Tib qonunlari”) asari (rus va oʻzbek tillarida, 1-nashri 1954–61 va 2-nashri 1979–83) tarjima qilinib, nashr etildi.
Maqolamizga yakun yasar ekanmiz, uning xulosa qismida quydagilarni keltirib o‘tamiz. Beruniyning arab tilidagi ilmiy va adabiy merosini oʻrganish borasida ham muhim ishlar qilindi. Uning tanlangan asarlari 5-jilddan iborat bo‘lib oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning arab tilida yozgan asarlari toʻplami “Tanlangan asarlar” (1983), “Astronomiyaga oid risolasi” (1983) ham tarjima kilinib nashr etildi. Oʻzbek arabshunos olimlari arabcha qoʻlyozmalarni – rus tilida, 11 jildli katalog, 1952–1975 yillar oralig‘ida “Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining sharq qoʻlyozmalari toʻplami”ni nashrdan chiqardilar.
Hozirgi Arabshunoslik Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti faoliyatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, bundan tashqari za-monaviy Arabshunoslik ishiga Toshkent Islom universiteti ham salmoqli hissa qoʻshmoqda, Arabshunoslik sohasi uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti shugʻullanib kelmoqda. Yuqorida keltirib o‘tgan ustozlarimizning qilgan ishlari biz yoshlarni yanada masuliyatliroq bo‘lib, g‘ayrat va shijoat bilan ildam qadam tashlashimizga undaydi.


Download 79.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling