Arab xalifaligi davrida Movarounnaxr. Siyosiy tarix
Bo‘lar asosan quyidagilar edi
Download 30.96 Kb.
|
Arab xalifaligi davrida Movarounnaxr. Siyosiy tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misoxa
- Adabiyotlar
Bo‘lar asosan quyidagilar edi:
Qavonin yoki mukati’a - mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig‘in. Maqrsima – hosilning ma’lum ulushi miqdorida to‘langan. Uning hajmi sug‘orishga bog‘liq holda belgilangan. Misoxa yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo‘lib, o‘nda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e’tibor berilmagan. Bu soliq tizimiga yer solig‘i - xiroj (hosilning undan bir yoki undan ikki kismi miqdorida), chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan - jizya solig‘i ham qushilgan. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, arablarning O‘rta Osiyoni bosib olingan hududlarini boshqarish markazi Marv shahri bo‘lib, bu yerdan turib xalifaning noibi Movaraunnahr hamda Xurosonni idora qilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, VIII asrning o‘rtalari va oxirlariga kelib Movaraunnahr va Xuroson hududlarida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirib bo‘lingan edi. Bu davrda Movaraunnahrda Sug‘d, Shosh, Farg‘ona, Xorazm, Ustrushona, Toxariston qabilardagi mahalliy hokimlar zimmasiga aholidan belgilangan soliqlarni yig‘ish, ma’muriy boshqaruvni amalga oshirish asosida islom dini g‘oyalarini aholi o‘rtasida yoyish asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Mahalliy hokimlar faoliyati xalifa tomonidan tayinlanadigan maxsus amirlar tomonidan katta nazorat ostiga olingan bo‘lib, bundan tashqari ular xalifaning Xurosondagi noibiga itoat etishi shart bo‘lgan. Arablar istilosidan keyin Movaraunnahrda musulmon qonunchilik tizimi ham joriy etildi. Islom huquqsho‘nosligining asosini tashkil etuvchi shariat muqaddas kitob - Qur’oni karim va Hadisi sharifga hamda fikhshunos olimlarning turli savollarga javoblari va qarorlariga tayanar edi. Masalaning yana bir jihati shundaki, Islom dinining ko‘p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez orada qabul etilishiga sabab bo‘ladi. Qutayba singari uni bosqinchilik va zo‘ravonlik bilan olib kelish mumkin emas edi. Qachonki islom moxiyatiga yetilgachgina unga rag‘bat va e’tiqod kuchayib ketadi. Olik-soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur’on va Shariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Bu o‘rinda islom dinining xakparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Adabiyotlar: Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., 2000. Axmadjonov Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. T., 2003 Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. T., 2003. Istoriya Uzbekistana. – T.: Fan, 2012. Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. T., 2004. Download 30.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling