Arab xalifaligi madaniyati
Download 205.25 Kb.
|
Xojamqulov Muhriddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorun ar-Rashid davrida Arab xalifaligi
- Arab madaniyati
Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti kechki ta’lim 201- guruh talabasi Xo’jamqulov Muhriddinning jahon tarixi fanidan tayorlagan prezintatsiyasiArab xalifaligi madaniyati VII – IX ASRLARDA ARAB XALIFALIGI Arab xalifaligi shaharlari Arab xalifaligining tashkil topishi. Qadimda Arabiston yarim orolida yashab kelayotgan arablar Somoniy qavmiga mansubdirlar. Arabistonning yirik markazi Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari O`zlarini “muslim” (musulmonlar)ning xudo oldida teng ekani , rizq-ro`zni barchaga Yaratguvhining o`zi yetkazib berishi hamda jamiyatda adolatsizlik barham topishi haq ekanini targ`ib etadilar. Dastavval o`z ona shahrida muvaffaqiyat qozona olmagan Muhammad 622-yil 16-iyulda Makkadan Madina shahriga hijrat qilishga majbur bo`ladi. Xuddi shu kundan boshlab musulmon Sharqida qabul qilingan hijriy yil hisobi boshlanadi. Shunday qilib, islom bayrig`i ostida Makka shahrida boshlagan tavhidlik dini targ`iboti Madinaga ko`chadi va bu shahar kurashning markaziga aylanadi. O’rta asrlar dunyosida juda katta iz qoldirgan, Mag`rib va Mashriqning ko’plab davlatlarini o’ziga bo’ysundirib, qudratli saltanat darajasiga ko’tarilgan Arab xalifaligi o’zining ijtimoiy-tadrijiy taraqqiyoti davomida murakkab, ziddiyatli tarixiy jarayonlarni bosib o’tgan. Eng muhimi, uning vujudga kelishi, rivojlanish sari yo’l tutishi ham g`oyatda ziddiyatli, alg`ov-dalg`ovli kechgan. Buning boisi shuki, VI asrning o’rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, urug`larning hayot tarzi qoloq bo’lib, ularning mutlaq ko’pchiligida ibtidoiy- patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Islom dinining yoyilishida muqaddas kitob Qur'on Karimning o'rni muhimdir. Qur'oni karim - musulmonlarning muqaddas kitobi. Muhammad Payg’ambarimiz 40 yoshga to'lgan vaqtlarida Alloh taolo Jabroil alayhissalom orqali payg'ambarlik vahiysini yubora boshlagan. Qur'oni karimning birinchi oyati ham shu kundan nozil bo'la boshlagan. Qur'oni karimning sahifalarini jam qilish va to'liq kitob shakliga keltirish Muhammad Payg'ambar vafotidan keyin boshlangan. Bu ish xalifa Abu Bakr davrida boshlanib, xalifa Usmon davrida (644-656) yakunlanadi. Ya'ni kitoblarning barchasi jamlanib yagona kitob holiga keltiriladi. Shu boisdan u mushafi Qur'on, sahihi Qur'on (haqiqiy Qur'on) deb atalgan. Bu kitob Sohibqiron Amir Temur davrida Movarounnahrga olib kelinib, uzoq yillar Samarqandda Xoja Ahror madrasasida saqlangan. U hozirda Hazrati Imom majmuasida saqlanmoqda. Qur'oni Karimda 114 ta sura, 6236 ta oyat bor. Xorun ar-Rashid davrida Arab xalifaligiVII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib o'z chegaralarini g'arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va O'rta Sharqning boy viloyatlari qo'lga olinib, nihoyatda uyushgan va jangovar arab qo'shini shiddat bilan harakatlarini boshlab yuborgan edi. Arablar Amudaryodan (Jayxun) shimolda joylashgan yerlarga «Movarounnahr» ya'ni «daryoning narigi tomonidagi yerlar» deb nom berishadi. Hozirgi Afg'onistonning shimoli, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo'lgan hududlar esa Xuroson deb yuritilgan. Avval boshda Xurosonning markaziy shahri Marv keyinchalik Hirot shahri bo'lgan. Islom rivoji jarayonida o'lkada sunniylik ta'limoti keng yoyiladi. Sunniylik oqimi islom dinidagi ikkita asosiy yo'nalishlardan biridir. Bugungi kunda jahondagi barcha musulmonlarning qariyb 90 % sunniylikka mansub. Bu yo'nalish VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga kelgan. VIII-XII asrlarda arab xalifaligidagi diniy-siyosiy kurashlar jarayonida islomdagi eng yirik yo'nalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qur'on bilan birga sunnaga e'tiqod qiladilar. Sunniylikda 4 ta mazhab mavjud Qianafiya, molikiya, shofi'iya va hanbaliya). Arab madaniyatiIslomda san'atga nisbatan qat'iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini ko'ramiz. Bunda cherkov tizimini yo'qligi, xar bir odamni Ollox-bilan tanxo muloqotining mumkinligi axoli manzillari, maxallalarda qurilishning ommaviy shakli- masjidlarni bino etilishi bo'lib, uning dastlabki namunasi Muxammad payg'ambar tomonidan Madina shaxrida solingan masjiddir. Arab me`morchiligi Muxammadning payg'ambarlik faoliyati yagona ma'naviy-mafkuraviy va sotsial birlikka intilish yo'lida qonuniy jarayon bo'ldi. Islomiy e'tiqod 5 asosiy talabga tayanadi. Yagona Olloxni tan olish va Muxammadni uning payg'ambari deb bilish, namoz o'qish, ro'za tutish, beva-bechoralar yo'lida zakot berish, xaj ziyorati. Islomning ushbu 5 axkomidan 4 tasi axloqiy-udum tabiatiga ega. Xususan, payg'ambar shaxsi u xaqidagi ma'lumotlar nufuzi islom diniga betakror o'ziga xoslik, ma'naviy-ruxiy qudrat baxshida etdi va uni jaxon tarixidagi muxim voqea, o'zida iloxiy va dunyoviy xokimiyatni mujassamlashtirgan musulmon davlatchiligining qaror topish tomirini belgiladi. Islomda san'atga nisbatan qat'iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini ko'ramiz. Bunda cherkov tizimini yo'qligi, xar bir odamni Ollox-bilan tanxo muloqotining mumkinligi axoli manzillari, maxallalarda qurilishning ommaviy shakli- masjidlarni bino etilishi bo'lib, uning dastlabki namunasi Muxammad payg'ambar tomonidan Madina shaxrida solingan masjiddir. Musulmon adabiyotida ustivorlik qilgan she'riyatni rivojlanishida sufiylik katta rolь o'ynaydi. Sufiylar o'zlarining chuqur xissiy-ruxiy xolatlari, yaratuvchiga bo'lgan e'tiqodini tinglovchilariga yetkazish, individual ta'sir etish maxoratini namoyish etardilar. Islom tadqiqotchilardan bo'lgan. G. Gryunbaumning ta'kidiga ko'ra, taxliliy, ma'joziy boy ifoda vositalariga ega bo'lgan mukammal ifoda shakli, chuqur mazmun uyg'unligini o'zida mujassam etgan takbir imkoniyatlarini musulmon madaniyati doirasi xatto undan tashqarida topish mumkin emas.Sharqning barcha yirik Sanoiy, Jomiy, Rumiy, Sa'diy, Xofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari sufiylikka u yoki bu tarzda aloqador bo'lganlar. Iloxiy xaqiqat Olamning aldamchi ko'rinishi tarzda taxayyul etilganligi tufayli xam islom san'atda asl tasvir- ifodani inkor etgan (Kitobiy miniatyura bundan mustasno). Ayni paytda Islomda olamning moxiyati, asl xayot xaqiqatni naqshlarda muxrlangan belgilarida ifodalashga e'tibor qaratilgan. Maxobatli me'morchilik yodgorliklarini betakror go'zallik timsollariga aylantirgan, ixlosmandlarni nafaqat ko'zini, qalbini xam quvontiradigan murakkab geometrik shakllar (girx), o'simliklar shakli ifodasi (islimiy), qo'lyozma, amaliy bezak, san'ati naqshlari asosida islomiy ramz tasvirlari yotadi. Jumladan, uchburchak- Olloxning nazari, to'rtburchak- musulmonlarni Muqaddas manzilgoxi-Ka'ba, beshburchak-dinning 5 asosiy arkoni, jimjimador o'simliksimon shakl, va gullar- jannat bog'i-Bo'ston timsollaridir. Musulmon Sharqida san'atda diniy aqidalar o'ta izchilik bilan qo'llangan. San'atda kalligrafik miniatyurani istisno qilgan xolda deyarli voqelikni tasvirlash ta'qiqlangan, tasvir ramziy shakllarda, naqsh sifatida ifodalangan. Umuman, g'arbda xam Sharqda xam borliq Iloxiy « Oliy xukmdor»ning aksi sifatida idrok qilingan. Xudo (Allox) tabiatdagi narsalarni yaratuvchisi sifatida va narsalarda uning qudrati namoyon bo'lish tarzida tushuniladi. narsalarni moxiyatini bilish Xudoni (Alloxni) tanishdir. Olamni bilish nazariy bo'lib, mashxur faylasuf, xususan Arastuning va teologlar asarlarida faqat borliqning tizimi sharxlangan. Barcha narsalardagi yashirin mazmunni topishga va faxmlashga xarakat qilingan. Shundan boshlab o'rta asrlarda nafaqat alximiya va astrologiya, balki an'anaviy, majoziy matematika, jug'rofiya, filologiya va boshqa fanlar xam rivojlanib, aniq jug'rofiy muqaddas joylar bilan bog'liq (jannat, do'zax, arosat) sanalar, so'zlarning ramziy ma'nosini tushunishga xarakat qilindi. Shuningdek, musulmon Sharqida xam islom e'tiqodidagilar va sufizm vakillari o'rtasida murosasiz to'qnashuvlar sodir bo'ldi. Xaqiqatni bilishni inkor qiluvchilar va xaqiqatga muroqaba yo'li bilan yaqinlashish mumkin deyuvchilar (Al- Ashiriy, g'azzoliy, Junaydiy, Bistomiy) xamda aqliy bilishni ustun qo'yuvchi mashxur faylasuflar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy) ta'limoti vujudga keldi.Download 205.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling