Arablar istilosidan keyin Movarounnahrdagi boshqaruv tizimi


Download 59.91 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi59.91 Kb.
#1648415
Bog'liq
6 mavzu


Arablar istilosidan keyin Movarounnahrdagi boshqaruv tizimi.
Reja:
1. Movarounnahrning arablar tomonidan fath etilishi.
2. Movarounnahrda Arab xalifaligi boshqaruvi oʻrnatilishi.
3. Yer egaligi va soliq tizimi.
4. Arab xalifaligi hokimiyatini mustahkamlash uchun amalga oshirilgan tadbirlar va bunga qarshi xalq harakatlari.

1.Arablar somiy qabilasiga mansub bo‘lib, ularni badaviylar – sahroyilar deb atashgan. VII asrning boshida urug‘chilik tuzumi inqirozga uchrab, arablarda yangi ijtimoiy tuzum– yer egaligimunosabatlari shakllana boshlandi. Arablarni birlashtirish – ijtimoiy va iqtisodiy zaruriyat edi. Vujudga kelgan vaziyatda islomdini arablarni birlashtiruvchi omilga aylandi.Islomdinining asoschisi Muhammad alayhissallom(570-632) bo‘ldilar. 610-yilda Muhammad alayhissalom o‘zini payg‘ambar deb e‘lon qiladi. Islom – “itoat”,“tobelik” va “bo‘yin egish” ma‘nolarini anglatgan.Islomni qabul qilib,Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari o‘zlarini “muslim” (bo‘yin eguvchi) xudo oldida teng ekani,rizq-ro‘zni barchagaYaratguvchining o‘zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barhamtopishi haq ekanini targ‘ib etadilar. 622-yil 16-iyuldaMuhammad alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qiladilar. Xuddishu kundan boshlab musulmon Sharqida hijriy yil hisobi boshlanadi. Qur‘oni Karim – islomdinining muqaddas kitobi bo‘lib, 23 yil davomida nozil bo‘lgan. 630-yilda arablarning ko‘pchiligi islomdinini qabul qiladi.


Muhammad alayhissalom vafot etgach, xalifalik davri (632-1258) boshlandi. “Xalifa” – “o`rinbosar” demakdir. Dastlabki to`rt xalifa xulafoyi roshidiyn – to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi xalifalar hisoblanadi. Bular Abu Bakr (572-634), Umar (582-644), Usmon (576 656), Ali (598-661)dir. Ular hukmronlik qilgan davrdaArabistonda islomdini to`la g`alaba qozonib, o`ta markazlashgan musulmon davlati — Arab xalifaligi tashkil topadi. Misr, Suriya, Falastin, Iroq, Vizantiya va Eron bo`ysundirilib, islom jahon dinlaridan biriga aylanadi.
Movarounnahrning zabt etilishi. 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Amudaryodan shimolda joylashgan yerlarni arablar Movarounnahr, ya‘ni “daryoning narigitomoni” deb atardilar. Shimoliy Afg‘oniston,shimoliy-sharqiy Eron va janubiyTurkmanistondan toAmudaryogacha bo‘lgan yerlar Xuroson deb atalardi. Uning markazi Marv shahri edi. Movarounnahrga bo‘lgan hujumlar Xuroson noibi tomonidan uyushtirilar edi. O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi ikki bochqichdan iborat bo‘lgan: birinchi bosqichda (651-705) arablar harbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish, mahalliy hukmdorlarni sinash, ayrim sarkardalarning boylik orttirish maqsadida yurish qiladi. 704-yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi qilib tayinlanadi, unga Movarounnahrda arab xalifaligi hukmronligini o‘rnatish vazifasi topshiriladi. Shu tariqaO‘rta Osiyoni arablar tomonidan bosib olinishining ikkinchi bosqichi (705-715) boshlanadi. Ikkinchi bosqichni ahamiyatli tomoni Movarounnahrni arablartomonidan istilo etish va islomdiniga kiritish edi.
Movarounnahrga ilk hujumlar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan boshlanadi. 673-yilning kuzida xalifa Muoviya Ifarmoniga ko‘ra, Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro yerlariga bostirib kiradi. Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi.Turklar va buxoroliklarning birlashgan qo‘shinlari jangda arablardan yengilib, yuzming dirhammiqdorda arablarga boj to‘laydilar, bundan tashqari arablar ko‘p o‘ljalarni qo‘lga kiritib, Marvga qaytib ketadilar. 676 yilda Xuroson noibi Said ibn Usmon boshliq arab qo‘shinlari yana Buxoro, Samarqand va Termizga bostirib kirib, katta o‘ljalar bilan qaytadi.
Movarounnahrdagi siyosiy tarqoqlik va mahalliy hokimlar o‘rtasidagi nizolar tufayli mahalliy hukmdorlarning o‘zaro siyosiy nizolarni to‘xtatish, xalifalikka qarshi birlashib kurashishi amalga oshmadi. Bundan esa arab lashkarboshilari ustalik bilan foydalandi. Qutayba ibn Muslim 704-yilda Xurosonga noib etib tayinlanadi. Unga Movarounnahrdan to Xitoygacha bo‘lgan yerlarni xalifalikka bo‘ysundirish vazifasi yuklanadi. Harbiy yurishniQutayba 705-yildaBalx viloyatini atroflarini egallashdan boshlaydi. 707-yilda Qutayba Zarafshon vodiysiga yurish qilib, qadimgi va katta shahar bo‘lgan Poykentni qamal qilib egallaydi. 709-yil Qutayba Vardonze (Shofirkon) hukmdori Vardonxudot ustiga yurish qiladi, Vardonze va Buxoroni egallaydi. 710-yil Shuman, Kesh (Shahrisabz) va Nasaf (Qarshi) shaharlarini bosib oladi. 711 yili Xorazm shohi Chag‘on ukasi Hurzod boshliq xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Xorazmda boshlangan ichki ziddiyatlar oqibatida yuzaga kelgan qulay vaziyat Qutaybani Sug‘d yurishini kechiktirib, Xorazmga qo‘shin tortishga jalb qiladi. XorazmdaArab xalifaligi o‘z hukmronligini o‘rnatadi. 712-yilda Qutayba Buxoro va Xorazmda harbiy kuch to‘plab Samarqandga hujum uyushtiradi, ko‘p talofatdan keyin Samarqand taslimbo‘ldi. 713-715-yillarda Qutayba Toshkent, Farg‘ona viloyatlarini bo‘ysundirib, Qashg‘argacha bo‘lgan yerni bosib oladi va arab noiblarini qoldiradi, yangi tartiblar o‘rnatadi. 715-yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Uning o‘rniga Qutaybaga g‘animbo‘lgan Sulaymon taxtga o‘tiradi. Qutayba unga bo‘ysunmay qo‘zg‘olon ko‘taradi. Biroq Qutaybaning o‘zi 715-yilda Farg‘onada arab askarlari tomonidan o‘ldiriladi. Movarounnahrning zabt etilishining oqibatlari. Movarounnahrni arablar tomonidan oson zabt etilishining sabablari quyidagilardan iborat bo‘ldi: 1. Mamlakatda hukm surgan siyosiy parokandalik va viloyat hukmdorlari o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar. 2. Mahalliy hukmdorlarning sotqinligi. 3.Aholining turli xil diniy g‘oyalarga sig‘inishi. Arablar Movarounnahrni zabt etishi natijasida dehqonchilik vohalarni,shahar va qishloqlar vayron bo‘ldi. Sulh tuzishga majbur bo‘lganBuxoro, Poykand, Sug‘d hukmdorlaridan katta miqdorda boj va tovonlar undirib olindi.Bosqinchilar Movarounnahrning barcha shahar va yirik qishloqlariga o‘z harbiy qismlarini joylashtirib,aholidan turlisoliqlar undirib, ularni jamoa ishlarga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarning yarmi arablar va ular bilan kelgan ajamlarga bo‘shatib beriladi.Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlash uchun islomdinini aholi o‘rtasida yoyishga alohida ahamiyat berdilar.Arablar tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e’tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati poymol etildi.
Arablarning mamlakatimiz hududiga uyushtirgan harbiy yurishlarini ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davr 650-705-yillarni o'z ichiga olsa, ikkinchi davr 705-yildan keyingi davrdir. Arablar birinchi davrda O'rta Osiyo hududlarini zabt etishni eraas, balki bunday maqsaddagi harbiy yurishlar uchun tayyorgarlik ko'rish, mahalliy hukmdorlarning kuch-qudratlarini sinovdan o'tkazish, o'lkaning geografik joylanish hududiy sharoitlarini o'rganish va kichik-kichik harbiy yurishlar qilib, o'lkaning boylik va o'ljalarini tashib olib ketishni o'z oldilariga vazifa qilib qo'ygan edilar. Birinchi yurish 651-yilda noib Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida bo'lgan. 651-652-yillarda arablar Xurosondagi bir qator shaharlarni egallab, Balx va Chag'oniyonni bosib oladilar. 666 (46)-yilda Ziyod bin Abu Sufyon Amudaryo bo'ylariga keladi, Marvni qayta talaydi. 670-yilda Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoroga qo'shin tortib keladi, Romiton va Boykandni egallaydi. Buxoroda bu davrda taxtni malika Xotun boshqarar edi. 676 (56)-yilda Buxoroga Sa'id ibn Usmon qo'shin tortib kelgan. So'g'diyona, Kesh, Nasaf qo'shinlarini tor-mor qilgan. Ana shu yurishlar davrida arablar O'rta Osiyodan juda ko'plab zeb-ziynat, boyliklar va asirlarni o'z yurtlariga olib ketadilar.
685-705-yillarda xalifalik taxtini Abdumalik ibn Marvon boshqardi. U Qutayba ibn Muslimni Xurosonga o'zining noibi (704-705) etib tayinladi. Ana shu davrdan boshlab arablar tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri boshlandi. Endi ular O'rta Osiyoni batamom bosib olishni o'z oldilariga asosiy maqsad qilib qo'ydilar. 705-yilda boshlangan hujum natijasida Qutayba ibn Muslim Balx, Chag'oniyon, Shumanni egallab, O'rta Osiyo janubidagi kichik viloyatlarni o'ziga bo'ysundiradi. U 706-yilda Boykandni, 708-709-yillarda Buxoro va uning atrofidagi yerlarni egallaydi. 710—712-yillarcia Xorazmshoh Chag'on Qutayba bilan tinchlik bitimi tuzadi va 10 ming qoramol miqdorida boj to'laydi. Qutayba endi o'z nigohini Samarqandga qaratadi. Unga Xorazmshoh va Buxorxudot qp'shinlari yordam berdilar. Bu paytda Samarqandda norozilik qo'zg'oloni bo'lib, Tarxun taxtdan ag'darilgan edi. Samarqand taxtiga Tarxunning ukasi G'urak (710-737) o'tirgan edi. U arablarga qattiq qarshilik ko'rsatsa-da, yengildi. Ikki o'rtada sulh tuzildi. Shartnomaga ko'ra, G'urak So'g'd, Kesh, Nasaf hokimi sifatida tan olindi. G'urak Qutaybaga 3000 ta qo'y, 50.000 misqol oltin, 2 mln. dirham pul, 2000 boiak gazmol to'lash majburiyatini oldi. Qutayba Samarqanddan ketish paytida bu erda o'z ukasi Abdurahmon ibn Muslimni saralangan qo'shin bilan qoldiradi. Ammo 712-yilda shaharda arablarga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon faqat 713-yil bahoridagina Qutayba tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Biroq arablarga qarshi kurash lo'xtamadi. Bu gal arab istilochilariga qarshi So'g'd, Choch, Farg'ona ittifoq tuzadi. Ittifoqqa Panjikent hokimi Divashtich ham qo'shiladi. Qutayba faqat 715-yil boshidagina Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazmdan 20 ming askar yordam olgach, raqiblarini tor-mor keltira oldi, xolos. U o'sha yili Qashqargacha bo'lgan yerlarni bosib oldi va hamma viloyatlarda arab amirlarini noiblikka qo'ydi. Xuddi shu yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Uning o'rniga taxtga Sulaymon ibn Abdumalik o'tiradi. Qutayba unga bo'ysunmay qo'zg'olon ko'tardi. Biroq Qutaybaning o'zi 715-yilda Farg'onada askarlar tomonidan o'ldirildi.
Shunday qilib, arablar O'rta Osiyoni bosib olish uchun o'n yil jang qildilar va uni o'z mustamlakalariga aylantirdilar. Buning eng asosiy va bosh sababi o'lka xalqlari o'rtasida birlik va ahillikning bo'lmaganligi, aholining har xil diniy g'oyalarga sig'inganligidir.
Arablar Movarounnahrni istilo qilganidan so'ng, bu hududning yer-mulklari xalifaga qarashli bo'lib qoldi. Ilgarigi yerlar, masalan, Buxoroda yirik zodagon qatlam - buxorxudotlarning xususiy mulki sanalsa, endilikda ular xalifalik mulklariga aylandi. Yirik yer egalari - dehqonlar arab xalifaligi davrida ham o'z yerlarining egalari bo'lib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorga aylanib, daromadning ma'lum qismini xaljfalik xazinasiga jo'natish majburiyatini olgan edilar. Ko'p xudolilikka sig'inuvchi xalqlarning hududlari arablar tasarrufiga o'tganidan so'ng, bu aholining katta qismi, asosan islomni qabul qilmaganlar soliq to'lovchilar sanalar va ular zimmiylar deb atalar edi.
Movarounnahrdagi qishloqlarda yerlar mayda xo'jaliklar tomonidan ishlov berilgan. Yirik yer egalari - dehqonlar yerlarini mayda bo'laklarga taqsimlab ziroatkorlarga ijara tarzida bo'lib berishgan. Mehnatkashlar tarkibiga yarim ozod kadivaiiar, ozodlikka chiqqan qullar va qaram qullar kirar edi. Dehqonlarning arablar bilan yaqinlashuvi, ularni istilochilar uchun ishonchli xizmatkorligini ta'minlash bilan bir qatorda, yer-mulklari va boshqa boyliklarini muhofaza qilinishiga imkoniyat yaratdi. So'gdiylarning asosiy qismi jiz'ya va xiroj to'lashgan (jiz'ya jon solig'i bo'lsa, xiroj yer solig'i hisoblanar edi). Xiroj hosilning ma'lum miqdorida, ko'pincha u yalpi mahsulotning uchdan bir qismi hisobida olingan. Soliqning bunday turi «muqassama» degan nomda ham aytilgan.
Movarounnahrning xiroj to'lovchi mehnatkashlar guruhi «harros» atamasi bilan nomlangan. Xo'janddagi aholining qo'zg'oloni 723-yilda bostiril-gandan so'ng arablar jamoatchilarni xiroj va jiz'ya solig'i to'lashga majburlab, ularning bo'yinlariga qo'rg'oshindan qilingan muhrlar - xavatim osib yurishni talab qilganlar. Bunday muhrlarda ma'lum joyning norfii bilan bir qatorda to'lanadigan soliq miqdori qayd etilgan. Arab manbalarida ijarachilar akkor, sharik, munasif, fors manbalarida barzikor yoki kadivar deyilgan.
Movarounnahr va unga qo'shni hududlarda jamoachilar soliqlar, uzluksiz urushlar, talon-tarojlardan qiynalib yirik yer egalaridan panoh izlashga intilishgan. Bu jarayonda jamoachilar yerni ishlash huquqini saqlab qolgan holda yirik zamindorga soliq to'lash asosida o'zaro kelishib olganlar. Zamindorlarning jamoachilar bilan bunday munosabati «ilja'», «at-talji'a», «al-malaja» atamalari bilan izohlangan.
Soliq yig'uvchilar «amil» degan nom bilan yuritilardi. Bag'doddan Buxoroga maxsus soliq yig'uvchi kelib, soliqlarni o'zi jamlab olib I ketardi. Soliqlar pul yoki mahsulot shaklida olingan.
Soliq Movarounnahrda boshqa viloyatlardagi singari uch xil shaklda yig'ilgan: 1. Qavonin yoki muqati'a - mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig'in. 2. Maqosima - hosilning ma'lum ulushi miqdorida to'langan. Uning hajmi sug'orishga bog'liq holda belgilangan. 3. Misoxa - yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo'lib, unda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e'tibor berilmagan. Shunday qilib, xiroj xalifalikning mulki va xazinaga tushadigan daromadning asosini tashkil etar edi. Yer solig'ining bir qismi sug'orish inshootlari barpo etishga sarflangan, boshqa qismi esa xalifa xazinasini fo'ldirar edi.
Oziq-ovqat narxi oshgan taqdirda, soliq to'lovchilardan ortib qolgan mahsulot ham yig'ilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashgan taqdirda soliq to'lovchilardan faqat mahsulot olinar edi. Mabodo soliq to'lashga qurbi yetmasa, u holda sotib olib bo'lsa ham to'lashga majbur edi.
Soliq yig'uvchilarning o'zboshimchaliklari, talon-tarojliklar, urushlar, hosilsizliklardan zarar ko'rgan oddiy ijaradorlar tobora xonavayron bo'lib bordilar. Movarounnahrda bu jarayon ijtimoiy toifalar orasidagi farqni keskin o'zgartirdi. Ozod va erkin jamoachilar orasidan ko'pchiligi yer-mulkni ijaraga olib soliq to'Jar va umuman zodagon kishi - dehqonga qaram edi. Soliq yig'ish va xalifalik xazinasini toidirishning boshqa bir usuli - bu islomni qabul qilmaganlardan jon solig'i va xiroj olinishi bo'lgan. Isyon ko'targan va qo'zg'olonlarda qatnashgan aholining mulklari. tortib olinar, o'zlari qatl qilinar, ular joylashgan joylar iqta tarzida harbiylar va amaldorlarga bo'lib berilar edi. Shu tarzda xalifalik iqtisodiy hayoti Movarounnahrdagi xo'jalikka, aholi turmushiga katta ta'sir ko'rsatdi.

2. O‘zbekiston hududi arablar tomonidan bosib olinganidan so‘ng Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Arab xalifaligi feodal teokratik davlat bo‘lib, uning tepasida xalifa turgan. Xalifaga davlatdagi barcha dunyoviy hamda diniy hokimiyat tegishli bo‘lgan. Arab xalifaligi tomonidan bosib olingan viloyatlar tepasida xalifa tomonidan tayinlanadigan amirlar turgan. O‘zbekiston hududini xalifaning Xuroson va Movarounnahr bo‘yicha noibi idora etgan. Noib alohida shaharlar va aholi punktlarining hokimlarini, shayxlarini tayinlagan. Ular mahalliy aholidan o‘lponlar yig‘ish hamda jamoat tartibni saqlab turish kabi vazifalarni bajarib turgan. Ba’zi shaharlarning hokimlari ma’muriy-moliyaviy huquqlardan tashqari hatto harbiy kuchlarni ham boshqarganlar. Ko‘p joylarga arablar o‘z harbiy qismlarini joylashtirgan edilar. Ular mahalliy aholini tutqunlikda ushlab turganlar. Arablarning ma’muriy aparati va mirshablari bo‘lgan, hokimlarning esa shaxsiy qo‘riqchilari mavjud edi.


Arab xalifaligining birinchi davrida xalifa saylanib qo‘yilardi. Uma-viylar va Abbosiylar davrida xalifa lavozimi nasldan naslga meros bo‘lib o‘tadigan bo‘lgan. Xalifa cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan despot bo‘lib qolgan. Arab xalifaligining birinchi davrida xalifalar xalqdan alohida bo‘lishga intilmagan hamda kamtarona hayot tarzida yashagan bo‘lsalar, Umaviylar va Abbosiylar juda boy-badavlat turmush kechirganlar. Umaviylar va Abbosiylar davrida ancha keng va nisbatan markazlashgan byurokratik apparat tashkil etilgan.
Xalifa huzurida kengash (shuura) mavjud bo‘lib, muhim ishlarni hal etgan. Xalifaning bevosita maslahatchisi va o‘rinbosari, davlatda oliy mansabdor shaxs buyuk ministr bo‘lgan. Ministr so‘zi arabcha “og‘irliklarni ko‘taruvchi” degan ma’noni bildiradi. Buyuk ministr juda katta vakolatlarga ega edi. U xalifa nomidan davlatning daromad va xarajatlarini nazorat qilardi, amirlar va sultonlarni tayinlardi. U xalifa devonxonasi boshlig‘i hisoblangan. Saroydagi muhim mansablar: xalifaning shaxsiy qo‘riqchilari boshlig‘i; politsiya boshlig‘i; boshqa mansabdor shaxslarni nazorat qiluvchi maxsus chinovnik edi.

Davlat boshqaruvining markaziy organlari devonlar deb atalardi. Arab xalifaligida quyidagicha devonlar bo‘lgan:


Al-Xiroj - ichki ishlar devoni - moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan;


Al-Xatim - xalifa kotibiyati hisoblangan, yashirin politsiya funksiyasini ham bajargan;


Al-Rasoil - pochta va aloqa devoni bo‘lgan. U pochtalarni va davlat yuklarini yetkazib bergan. Yo‘llarni, karvonsaroylarni, quduqlarni qurilishiga rahbarlik qilgan;


Al-Mustaqilot - harbiylarni hisobga olish, armiyani ta'minlab turish vazifasini bajargan.


Ushbu ko‘rsatilgan to‘rtta devon Umaviylar davrida tashkil topgan bo‘lsa, Abbosiylar davrida devonlarning soni 10 taga yetadi. Devonlarning boshida xalifa tomonidan tayinlanadigan ministr, ya’ni rais-ud-devon turardi. Yuqoridagilardan tashqari, davlat xazinasi - bayt-al-mol ham bo‘lib, u zakot solig‘ini undirish ishlarini yuritgan.


Dastlab armiya asosan arab qabilalaridan va ko‘ngillilardan iborat edi. Xalifa oliy bosh qo‘mondon hisoblangan. U armiyadagi oliy va o‘rta darajadagi zobitlar tarkibini tayinlagan va almashtirib turgan. Umaviylar davrida har bir viloyatning o‘z qurolli kuchlari (otryadlari) mavjud edi. Ularga tegishlicha viloyat hukmdorlari boshchilik qilgan. Abbosiylar davrida ulkan harbiy dengiz floti tashkil etiladi.
Sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan ajratilgan edi. Mahalliy hokimiyatlar sudyalarning qaroriga aralashish huquqiga ega bo‘lmaganlar.
Xalifa hokimiyatining manbai quyidagilar edi:
Birinchidan: uning musulmon jamoasi tomonidan saylanishi;
Ikkinchidan: xalifaning vasiyat tariqasidagi farmoyishi.
Vaqt o‘tishi bilan haqiqiy real hokimiyatni qo‘lga kiritish usuli odatdagi usulga aylandi. Xalifa o‘z talabini qondirgan har qanday kishini o‘ziga voris qilib tayinlashi mumkin edi. Xalifalar xalifa oilasining a’zolaridan biri bo‘lishi yoki hech bo‘lmasa Muhammad (SAV) payg‘ambarning urug‘idan, ya’ni qurayshlar qabilasidan chiqqan bo‘lishi, kamolatga yetgan va tanasida kamchiliklar bo‘lmasligi lozim edi. Bundan tashqari muayyan axloqiy sifatlarga va ma’lumot darajasiga ham ega bo‘lishi talab qilinardi.
Xalifaning nufuzi muayyan hududga egalik qilishga yoki hukmronlikka emas, balki ishonch, umumiy manfaatlar kabi shaxsiy xislatlarga, o‘zining yagona va noyob asoschi bilan aloqasiga asoslanardi: xalifa xudoning marhamati bilan hukmron bo‘lgan edi. U o‘sha vaqtda odat tusiga kirib qolgan va mavhum davlat obro‘siga asoslangan dunyoviy unvonlardan birortasiga ega emasdi. U xalifa, demak, payg‘ambarning noibi ediki, bu narsa favqulodda shaxsiy unsurni anglatardi. Xalifa so‘ngra tom ma’nodagi imom, ya’ni diniy marosimlar o‘tkazilayotgan vaqtda ummaning yo‘lboshchisi, nihoyat “dindorlarning boshlig‘i (“amir al-mo‘minin” degan rasmiy unvonga ega bo‘ldi, u birinchi navbatda harbiy-siyosiy ishlarga, ikkinchi navbatdagina xalifalikning diniy ishlariga e’tibor qilardi.

3. Arablar O‘rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hamma shahar va aholi joylarida o‘z qo‘shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o‘z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligi tasarrufiga o‘tgan Movaraunnahr hududida ko‘pgina yirik yer egalari - dehqonlarning mavqei avvalgi holaticha saqlanib qoldi. Ular siyosiy jihatdan xalifa va uning noibiga bo’ysunar edilar.


Butun VIII asr davomida arab zodagonlarining dehqonlar bilan til topishuv hollari kuchayadi va aynan mana shu davrda yirik dehqon urug‘ aymoqlari qo‘li ostidagi yer-mulklarning yuqori arab harbiy mulkdoriga o‘tishi ro’y beradi. Arab qo‘shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo‘ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o‘z harbiy garnizonlarini joylashtirgan arablar, shu harbiy kuchlarga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoa ishlariga safarbar qilishar edi.
Yirik yer egalari o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshilik arablarning aralashuviga sabab bo‘lar yoki mulkning bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishini ta’minlar edi. O‘rta asr mualliflari ma’lumotlariga ko‘ra, dehqonlar qo‘li ostida qishloq jamoalari bo‘lib, bu jamoadan yer olgan kishilar xiroj to‘laganlar. Dehqonlar mustaqil qo‘rg‘onlarda hayot kechirib, ularning yaxshi qurollangan harbiy bo‘linmalari bo‘lgan. Bunday bo‘linmalarning askarlari chokarlar deb atalgan. Dehqonlar xalifa noibining mahalliy aholi orasidan bo‘lgan vakiliga bo’ysunadilar. Mehnatkash aholi, asosan kadivarlar, kashovarzlar hamda qullar dehqonlarda mavjud bo‘lgan yer-mulklarning ma’lum ulushini ijaraga olib ishlashgan va buning evaziga soliq to‘laganlar. Dehqonlar orasida yer-mulk, shaxsiy uy-joy va qo‘rg‘onlar masalasida nizo va janjallar chiqib qolsa, muammoni xalifa hal qilgan. Har bir huquqiy muammo islom qonun-qoidalariga binoan ko‘rib chiqilgan.

VIII asr o‘rtalariga kelib Movaraunnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. Viloyatlardagi hokimlar va boshqa hukmdorlarning qo‘li ostidagi ma’muriy-idora usuli o‘z shaklini saqlab qolgan bo’lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islom dinini qabul qilmagan zodagonlar o‘z mol-mulklaridan mahrum etilar yoki katta miqdordagi tovon to’lar edilar.


Arablar iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida bosib olingan hududlarda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bular asosan quyidagilar edi:
Qavonin yoki mukati’a - mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig‘in.
Maqrsima - hosilning ma’lum ulushi miqdorida to‘langan. Uning hajmi sug‘orishga bog‘liq holda belgilangan.
Misoxa yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo‘lib, o‘nta ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e’tibor berilmagan.
Bu soliq tizimiga yer solig‘i - xiroj (hosilning o’ndan bir yoki o’ndan ikki qismi miqdorida), chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan - jizya solig‘i ham qo’shilgan.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, arablarning O‘rta Osiyoni bosib olingan hududlarini boshqarish markazi Marv shahri bo‘lib, bu yerdan turib xalifaning noibi Movaraunnahr hamda Xurosonni idora qilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, VIII asrning o‘rtalari va oxirlariga kelib Movaraunnahr va Xuroson hududlarida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirib bo‘lingan edi. Bu davrda Movaraunnahrda Sug‘d, Shosh, Farg‘ona, Xorazm, Ustrushona, Toxariston kabilardagi mahalliy hokimlar zimmasiga aholidan belgilangan soliqlarni yig‘ish, ma’muriy boshqaruvni amalga oshirish asosida islom dini g‘oyalarini aholi o‘rtasida yoyish asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Mahalliy hokimlar faoliyati xalifa tomonidan tayinlanadigan maxsus amirlar tomonidan katta nazorat ostiga olingan bo‘lib, bundan tashqari ular xalifaning Xurosondagi noibiga itoat etishi shart bo‘lgan.
Arablar istilosidan keyin Movaraunnahrda musulmon qonunchilik tizimi ham joriy etildi. Islom huquqshunosligining asosini tashkil etuvchi shariat muqaddas kitob - Qur’oni karim va Hadisi sharifga hamda fiqhshunos olimlarning turli savollarga javoblari va qarorlariga tayanar edi. Masalaning yana bir jihati shundaki, Islom dinining ko‘p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez orada qabul etilishiga sabab bo‘ladi. Qutayba singari uni bosqinchilik va zo‘ravonlik bilan olib kelish mumkin emas edi. Qachonki islom mohiyatiga yetilgachgina unga rag‘bat va e’tiqod kuchayib ketadi.
VIII asr o‘rtalariga kelib Movarounnahr hudududa siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So‘g‘diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning qo‘li ostidagi ma’muriy idora usuli o‘z shaklini saqlab qolgan bo‘lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o‘z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to‘lar edilar.
Dehqonlarning arab zodagonlari bilan qon-qarindoshlik rishtalarini bog‘lashi, ularga katta imtiyoz berar edi.
Birinchidan, ular o‘z hukmronlik mavqelarini saqlab qoldilar, ikkinchidan, ma’lum miqdorda xalifa xazinasiga soliq berish bilan o‘z yerlarini ixtiyorlarida qoldiradilar. Ijaraga berishni kuchaytirishi bilan ularning ijtimoiy nufuzi kadivarlarga nisbatan ancha yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Dehqonlarning qaramog‘idagi kam sonli qullar ham ozodlikka chiqib ijarachilarga aylandilar. Yirik yer egalari dehqonlar arab xalifaligi davrida ham o‘z yerlarining egalari bo‘lib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorlarga aylanib, daromadning ma’lum qismini xalifalik xazinasiga jo‘natish majburiyatini olgan edilar. Islomni qabul qilmaganlar soliq to‘lovchilar sanalar va ular zilmmiylar deb atalar edi.
4. Arablar sosoniylarning soliq tartibini joriy qildi. Bunga ko‘ra, aholi ekin maydonlaridan 1/4 “xiroj”, chorva, hunarmandchilik va savdo-sotiqdan 40/1 “zakot” hamda islom dinini qabul qilmaganlar “jiz‘ya” kabi jonboshisolig‘i to‘lagan. Istilochilar kuch – xirojda deganlar. Yerli xalqlarni avvalgi barcha haq-huquqlardan mahrum bo‘lishi, madaniyatning oyoq-osti qilinishi, zulm, urushlar, talontarojlar, islomdini, arab tili va yozuvi, xalifalik qonun-qoidalarining zo‘rlik bilan joriy etilishi xalq noroziligini kuchaytirdi, natijada qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Gurak va Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olon. 720-yili Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Divashtich boshchiligida Sug‘dda qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tadi.Xuroson noibi SaidibnAbdulazizSug‘dga qarshi Muvaffaqiyatsi zuch marta yurish qiladi.Qo‘zg‘olonni bostirish uchun qilgan barcha chora-tadbirlari natija bermaydi. 721 yilda SaidXaroshiy Xurosonga noib etib tayinlanadi.Uning qo‘zg‘olonchilar bilan olib borganmuzokaralari natijasida Gurak boshchiligida Sug‘d mulkdorlarning bir qismi arabla rtomoniga o‘tadi. Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarning boshqa qismi Obgar qal‘asida qo‘lga olinadi. Omon qolish sharti bilan qo‘lga tushirilgan Divashtich Arbinjonga (Kattaqo‘rg‘on bilan Karmana oralig‘i) olib borilib, qatl etiladi. 723-yilda Farg‘ona hokimi Shosh, Nasaf va turklar yordamida arablarni Xo‘janddan to Samarqandgacha ta‘qib qilib boradilar. Soliq siyosatiga qarshi 725-yilda Xuttalonda, 728-yilda Sug‘dda, 736-737-yillarda Toxariston va yana Sug‘dda qo‘zg‘olon ko‘tariladi.Xurosonningyangi noibi Nasr ibn Sayyormoliya islohotini o‘tkazadi.Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz‘yadan ozodetiladi.Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi. Yer egasining e‘tiqodidan qat‘iy nazar xiroj to‘lashishart qilib qo‘yildi.Bundan tashqari oliymartabali arab lashkarboshilari bilanmulkdor dehqonlar o‘rtasida qarindoshlikmunosabatlar o‘rnatilishi davlatmiqyosida qo‘llab-quvvatlandi. 720-yildan 737- yilgacha davom etgan xalq qo‘zg‘olonlari arab bosqinchilariga qarshi kurashning birinchi bosqichidir. Qo‘zg‘olonchilarning ijtimoiytarkibi ham, ularning oldiga qo‘yganmaqsad va talablari hamturlicha edi.Mahalliy hokimlar o‘zlarining hukmdorliginitiklash uchun imtiyozlarga ega bo‘lish uchun, oddiyxalq esa xiroj va jiz‘yadan va zulmdan ozod bo‘lish uchun kurashdilar.Abu Muslim harakati. Ummaviylar davri (661-749) o‘ta zo‘ravonlik va bosqinchilik siyosati bilan ajralib turadi. Ularga qarshi norozilik kuchayib bordi. Ummaviy xalifalikning qo‘polsiyosatidanmazlumxalqlar hamda arab aholisi, ayniqsa mulkdor tabaqasi ham norozi edi. Ularga qarshi kuchlarga Muhammad payg‘ambarning amakisi Abbosning evarasi Muhammad ibn Ali boshchilik qildi. Ummaviylar Rasululloh avlodini qirib tashlashda ayblandi.Targ‘ibotchilar aholining og‘ir ahvoliga faqat ummaviylarsababchi degan fikrni oshkora targ‘ib qiladi. Ummaviylarga qarshi ommaviy norozilik ayniqsa Xalifa Marvon II (744-750) davrida kuchayib ketadi. 747-749-yillarda Abu Muslim harakati – Movarounnahrda ummaviylarga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Ummaviylarga qarshi tashviqotni AbuMuslim Xuroson aholisining yuqori tabaqasiga murojaatdan boshlaydi.Abu MuslimKufaning Savad qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, yoshligida gumashta bo‘lib ishlagan, keyin sarrojlik bilan kun kechirgan. Tim qora rang abbosiylar harakatining timsoli sanalgan. Abu Muslimva uning tarafdorlari qora libos kiyib, qora bayroq ostida ummaviylarga qarshi kuchlarni birlashtirishga kirishadilar. 749-yilda qo‘zg‘olon g‘alaba bilan tugab, ummaviylar ag‘darib tashlanadi, ularning o‘rniga abbosiylar vakili AbulAbbos Saffox xalifalik taxtiga o‘tiradi.Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi bilan mehnatkash aholining ahvolida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Mehnatkash aholi o‘rtasida abbosiylarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish kayfiyati paydo bo‘ladi. 750-yilda Buxoroda Sharik ibn Shayhulmahri boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Bu qo‘zg‘olonni Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan bostiradi. Ichki ziddiyatlardan foydalangan Xitoy qo‘shinlari 751-yilda Talos vodiysiga bostirib kiradi.Abu Muslim tomonidan yuborilgan qo‘shin ularni bu yerdan quvib chiqaradi. 755-yildaAbu Muslimxalifa buyrug‘iga ko‘ra o‘ldiriladi. Uni o‘chini olish uchun 755-yilda Nishopurda Sumbad boshchiligida 70 kun davom etgan qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tadi. Bu qo‘zg‘olon xalifa tomonidan bostiriladi. “Oq kiyimliklar” qozgoloni. 769-783-yillarda Movarounnahrda “Oq kiyimliklar” qozgoloni bolib otadi. Qozgolonga Muqanna boshchilik qiladi.Uning asli ismi Hoshim ibnHakim bolib,marvlikmatolarga oxor beruvchi hunarmand bolgan. U Marv yaqinidagi Koza qishlogida tugilgan bolib, “Muqanna”, yani “Niqobdor” nomi bilan mashhur bolgan. Xurosonda kichik lashkarboshidan vazir darajasigacha kotarilgan. Mazdak talimotini targib qilib, paygambarlik davosini qilganligi uchunBagdod zindoniga tashlangan. Uning targiboti ayniqsa Naxshob va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi. Muqanna Kesh yaqinidagi Som qalasini oz qarorgohiga aylantiradi.Bu qozgolon ayniqsa Sugdda avj olib,Iloq va Shoshga tasirini otkazadi. “Oq kiyimlik”larga zarba berish uchun xalifa Abu Jafar 775-yilda Jabroil boshchiligida katta qoshin jonatadi.Biroq, u qozgolonchilar tomonidan maglubiyatga uchratiladi. 776 yilda Narshaxdagi qozgolon bostirilgach, arablar asosiy kuchlarni Samarqand va Keshga tashlaydilar. Xalifa Maxdiy 777-yilda qozgolonga uzil-kesil zarba berish maqsadida harbiy kuchlarni toplash maqsadida Nishopurga keladi. “Oq kiyimlik”lar va turkiy qabilalar Samarqandda ikki yil jang qilib, qozgolonchilar yengiladilar. Kurashning oxirgi bosqichida Kesh vodiysida janglar qizib ketadi.Muqannaning ukasi Qabzam, Somqalasiningmudofaasiga qomondonlik qilgan Sarhama oz qoshinlari bilan taslim boladilar. Muqanna arablarga taslim bolishni istamay yonib turgan tandirga ozini tashlab halok boladi. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni. “Oq kiyimliklar” qozgoloni maglubiyatga uchragach, 806-810-yillarda Rofe ibn Lays boshchiligida Samarqand, Buxoro, Shosh, Naxshob va Xorazmaholisining qozgoloni bolib utadi. Xuroson noibi Mamun (806-819) Somonxudot nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolardan yordam sorab qozgolonni bostiradi. Somoniylarning xalifalik oldidagi bu xizmatlari natijasida Movarounnahr kelajak taqdiri mahalliy mulkdorlar qoliga otishiga yol ochiladi. Arablarga qarshi olib borilgan xalq harakatlariningmag‘lubiyatiga uchrashisabablari quyidagilardan iborat edi:
· Xalq harakatlarining uyushmaganligi;
· Arablar qo‘shinining uyushganligi, ko‘p qurol-aslahaga ega ekanligi;
· Mahalliy boylarnig xalqqa yordam bermaganligi.
Muqanna va Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonlari mag‘lubiyat bilan tugagan bo‘lsada, lekin arab xalifaligi negizini larzaga keltirdi, uning tarqalishini tezlashtirdi. ArablarO‘rta Osiyoda o‘zining siyosiy hukmronligini o‘rnata olmadi.Lekin arablaristilosiMovarounnahrda yer egaligi munosabatlarini o‘rnatishini tezlashtirdi, islomdinining tarqalishiga sabab bo‘ldi.Arablar istilosi va islomdinining zo‘rlik bilan kiritilishiga qarshi ajdodlarimiz o‘z mustaqilliklari uchun, o‘z e‘tiqodlari yo‘lida kurashdilar.
Download 59.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling