Arablarning o`rta osiyoga kirib kelishi.
Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri-bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va O‘rta Sharq, shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy ma’lumotlarni arab, musulmon mualliflari berib o‘tganlar. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning “Futuh al buldon” (Mamlakatlarning fath etilishi), at-Tabariyning “Tarixi rasuli va muluk” (Payg‘ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruhiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko‘chmanchilar
Do'stlaringiz bilan baham: |