Aralash (gibrid)
Download 17.58 Kb.
|
toliyev xalqaro
Aralash (gibrid) xalqaro jinoyat sudlar (tribunallar)ning umumiy tushunchasi, belgilari va turlari. "Aralash (gibrid)" tushunchasi xalqaro jinoiy sudi organlariga nisbatan qo‘llaniladi va bu belgilar ichida quyidagilar alohida o‘rin egallaydi: Birinchidan, ularning faoliyati va yurisdiksiya tartibi xalqaro huquq normalari (BMT bilan shartnomalar va boshqa xalqaro shartnomalar) va milliy qonunchilik normalari (Jinoyat-protsessual) majmui bilan belgilanadi. Ikkinchidan, bu sudlar tomonidan amalga oshiriladigan moddiy huquqiy-huquqiy asoslari aralash bo‘lib, bu sudlar tomonidan qo‘llaniladigan huquq xalqaro hamda ichki davlatchilik jinoyat huquqi normalarini o‘z ichiga oladi. Uchinchidan, mazkur sud organlari sudyalar, prokurorlar, tergov sudyalari, ma’muriy personal aralash tarkibiga ega bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat sud davlat vakillarini balki jinoyat protsessi xalqaro (chet el) ishtirokchilarni o‘z ichiga oladi. To‘rtinchidan, ularni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomalar himoya tomonidan milliy va xalqaro (chet el) himoyachilarini taklif etish imkoniyatini beradi. Beshinchidan, shartnomaga asoslangan organlar sifatida, aralash sudlar ularning suddan tashqari ma’muriy va moliyaviy faoliyatiga nisbatan avtomatik ravishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hech qanday mavjud tizimga bog‘lab qo‘yilmagan. Oltinchidan, bu sudlar aralash (gibrid) ichki va xalqaro huquqiy layoqatga ega. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan imzolangan shartnomalarga ko‘ra, ular shartnomalar tuzish, ko‘char va ko‘chmas mulkni sotib olish va ularni tasarruf etish, huquqiy muhokamalarni qo‘zg‘atish, davlatlar bilan ularning funksiyalarini bajarishi va mazkur sudlarning faoliyat yuritishi uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan shartnomalar tuzish huquqi berilgan. Muassasaning va faoliyatning aralash (gibrid) tavsifdaligini inobatga olib ushbu maxsus sudlar tashkil etilish obekti bo‘lgan davlatlarning sud tizimiga kirmaydi, "Tashqi" Sudlar hisoblanadi95 Xalqaro jinoyat huquqiga bunday aralash (gibrid) sudlarning ikki turi ma‘lum: - Davlatlarning BMT bilan xalqaro shartnomalariga muvofiq va uning asosida tuzilgan maxsus sudlar; - BMTning muvaqqat ma’muriyati tomonidan tinchlikparvarlik operatsiyalari amalga oshiriladigan davlatlar hududida tuziladigan sudlar; - Birinchi turdagi aralash (gibrid) sudlarga BMT bilan xalqaro shartnomalariga muvofiq va uning asosida tuzilgan Syerra Leoni maxsus sudi va Livan bo‘yicha maxsus tribunal kiradi; Ikkinchi turdagi aralash sudlarning xususiyati, ularning Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’muriy mandatiga taqdim qilingan tinchlikparvar missiyalar bilan ta’sis etilishida namoyon bo‘ladi. Ularga ko‘ra, ular tinchlikparvar operatsiyalar o‘tkaziluvchi hududlarda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini bajaradi. Aynan shunday keng mandat BMT Xavfsizlik Kengashi 1244 (1999) 1 rezolyutsiyasi bilan BMTning Kosovodagi muvaqqat ma’muriyati missiyasiga taqdim etilgan, BMT Xavfsizlik Kengashi 1272 (1999)-son rezolyutsiyasi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sharqiy Timordagi (UNTAET) Muvaqqat ma’muriyatiga taqdim etilgan. Har ikkala turdagi aralash (gibrid) jinoiy sudlar umumiy jihatlardan tashqari bir qator farqlarga ham ega bo‘lib, tegishli davlatlar sud tizimidagi ularning maqomi bu borada markaziy o‘rinni egallaydi. Shunday qilib, BMT bilan shartnomalar asosida tashkil etilgan sudlar, tegishli davlatlarning sud tizimiga kirmaydi va bu davlatlarning sudlari uchun "tashqi" hisoblanadi. BMT Muvaqqat Ma’muriyati tomonidan ta’sis etilgan sudlar esa bu davlatlar sud tizimiga kiradi, uning bir qismi hisoblanadi, biroq maxsus predmetli yurisdiksiyani amalga oshirishda “aralash” tavsifga ega. Ikkinchi asosiy farq xalqaro huquqiy layoqatga egalik bilan belgilanadi. BMT bilan shartnomalar asosida ta’sis etiladigan sudlar ularga shartnomalar tuzish, ko‘char va ko‘chmas mulkni sotib olish va ularni tasarruf etish, huquqiy muhokamalarni qo‘zg‘atish, davlatlar bilan ularning funksiyalarini bajarishi va mazkur sudlarning faoliyat yuritishi uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan shartnomalar tuzish huquqini bergan aralash (gibrid) ichki davlat va xalqaro huquqiy layoqatga ega. Tinchlikparvar missiyalar tomonidan ta’sis etilgan aralash sudlar ichki davlat huquqiy layoqatiga ega bo‘lib, ularning xalqaror huquqiy layoqati teggishli missiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqariaralash (gibrid) sudlar o‘zlarining yurisdiksiyaga ko‘ra farqlanadi. Hududiy yurisdiksiyasi ular ta’sis etilgan tegishli davlatlar hududi bilan chegaralangan xalqaro shartnomalar asosida tuzilgan sudlardan farqli o‘laroq, personal – faqat cheklangan shaxslar doirasiga taalluqli, BMT tinchlikparvar missiyalari tomonidan nazorat qilinuvchi aralash sudlar universal hududiy va personal Yurisdiksiyaga ega. Kosovo hududidagi aralash (gibrid) sudlari. Kosovo hududida amal qilishning huquqiy asoslari sifatida BMT Xavsizlik Kengashining 1999-yil 10-iyundagi 1244 (1999) Rezolyutsiyasi hisoblanadi va BMT ning Kosovodagi Missiyasi muvaqqat Ma’mumuriyatinining (BMTKMOM) 25.07.1999 dagi № 1999/1 son «Kosovodagi muvaqqat Ma’muriyat organi to‘g‘risida»gi farmoyishi hisoblanadi. Ularga muvofiq «Kosovoga nisbatan barcha qonunchiqaruvchi va ijro funksiyalari, Shu jumladan sudga qayta yuborish BMTKMOMga topshiriladi va BMT Bosh kotibining maxsus vakili tomonidan amalga oshiriladi». Kosovo hududida quyidagilar yaratilgan: - Oxirgi instansiya muvaqqta sudi ad hoc va prokuratura ad hoc; - Sud tizimi va prokuror xizmati bo‘yicha texnik konsultativ kengash; - Konsultativsudkomissiyasi. Mazkur hujjatdlar sudya , prokuror va sud raislarini lavozimiga tayinlash va undan ozod qilish tartibi belgilandi. BMT Bosh kotibining 23.12.1999dagi BMT ning Kosovodagi muvaqqat Ma’muriyati ishlari bo‘yicha Missiyasi to‘g‘risidagisud axborot bazasini shakllantirish uchun umumiy hisobda 572 suhbat o‘tkazilgan. Shu bilan birga 6 nafar sudyanng nafaqaga chiqishi va 1 sudyaning Serbiyaga jo‘nab ketishi oqibatidi favqulodda sud tizimida 47 sudya va prokurorlar bo‘lib, ulardan 41 alban, 4 Musulmon (bosnitsa), 1 sigan va 1 turk. Xabarlarga ko‘ra, sudyalar, prokurorlar va advokatlarga, ayniqsa milliy jihatdan kamchilik bo‘lganlariga turli tahdidlar kelib tushgan. Favqulodda sud tizimining 48 sudyasi va prokurorlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda katta bosim ostida ishlaganlar, va bu ularning Mustaqillikni saqlab qolishiga ta’sir ko‘rsatgan va odil sudlov muammolariga noadekvat munosabat bildirishiga olib kelgan. Xalqaro sudyalar o‘z vazifalarini bajarishga vakolatli va majbur bo‘lib, jumladan o‘z ish yurituviga o‘zlari tayinlangan sud yurisdiksiyaga doir yangi va kutilayotgan ishlarni tanlashi mumkin. Xalqaro prokurorlar vazifalarini bajarishga vakolatli va majbur bo‘lib, jumladan o‘z ish yurituviga ular tayinlangan prokuratura sud yurisdiksiyaga doir yangi va kutilayotgan ishlarni tanlashi mumkin. Xalqaro sudya 2000-yil 25-mayda Mitrovits munitsipalitetida jinoyat ishini ko‘rishda qatnashdi. Sudyalar va prokurorlarning Mitrovits sudlaridagi tajribasi shuni ko‘rsatdiki, sudyalarning o‘tkir millatlararo ziddiyatlar xolisligini va Mustaqilligini ta‘minlashga imkon berishini ko‘rsatdi. Bundan keyin qisqa muddat ichida Kosovoning barcha okrug sudlariga Germaniya, Polsha, Ruminiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma qirolligi, AQSH, Finlandiya, Fransiya va Shvetsiyadan 7 ta xalqaro sudya va 3 nafar xalqaro prokuror tayinlandi. Mahalliy va milliy personal ichidan 34 kishi yuriskonsult, tarjimon, sud protokolchilari va xalqaro sudyalar va prokurorlarga xizmat ko‘rsatish va ishida ko‘shmaklashish uchun ma’muriy xodimlar yollandi. Xalqaro sudya va prokurorlar ular ishtirok etishni istaydigan yangi yoki muhokama bosqichidagi ishlarni o‘zlari tanlaydilar. Mazkur ishlar ko‘p hollarda harbiy yoki millatchilik ruhidagi jinoyatlarga doir bo‘lgan. Livan bo‘yicha maxsus tribunal. Kosovo hududidagi aralash (gibrid) sudlar BMT va Livan Respublikasi o‘rtasidagi Livan bo‘yicha maxsus tribunalni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim Livan hukumati va BMT o‘rtasida tegishlicha 2007 yil 23 yanvar va 6 fevral kunlari BMT Xavfsizlik Kengashining 29.03.2006 yildagi 1664 (2006) rezolyutsiyasi ijrosi yuzasidan imzolangan. Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanuvchi Livan bo‘yicha Maxsus tribunal Ustavi ilova qilinadi (Bitimning 1-moddasi 2-bandi). Livan bo‘yicha Maxsus tribunal (LMT) Yurisdiksiya uning ustavining 1-moddasi bilan belgilanadi va Livanning sobiqbosh vaziri Livana Rafik Haririning o‘limiga, shuningdek, boshqa shaxslarning o‘limi va yarador bo‘lishiga olib kelgan 2005-yil 14-fevraldagi tajovuzni sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar Tribunal Livandagi 2004-yil 1-oktabrdan 2005-yil 12- dekabrgacha yoki BMT Xavfsizlik Kengashi roziligi bilan belgilangan keyingi davrda sodir etilgan boshqa tajovuzlaro‘z tavsifi va og‘irlik darajasiga ko‘ra 2005-yil 14-fevraldagi tajovuz bilan bog‘liq deb topsa, u mazkur tajovuzlar uchun javobgar bo‘lgan shaxslar ustidan yurisdiksiyaga ega bo‘ladi. Maxsus tribunal va Livanning milliy sudlari parallel vakolatga ega. O‘z yurisdiksiya doirasida Tribunal Livan milliy sudlaridan muayyan ustuvorliklarga ega. Ishni ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida tribunal milliy suddan uning sudloviga oid jinoyat ishini rasman so‘rashi mumkin. Tribunalning sudlovi,uning Ustavi 2-moddasiga ko‘ra: - Terrorizm aktlari, hayotga va shaxsiy daxlsizdikka qarshi jinoyatlar sodir etgan, noqonuniy birlashmalar, jinoyatlar va huquq buzarliklar to‘g‘risida xabar bermaslik, shu jumladan jinoyatning moddiy qismiga doir ma‘lumotlarni xabar bermaslik, shuningdekk jinoyatda yoki til biriktirishda ishtirok etishga doir Livan JK qoidalariga - Livanning 1958-yil 11-yanvardagi «Qo‘poruvchilik faoliyatini, fuqarolik urushi va konfessiyalararo dushmanlikni keltirib chiqarganlik uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-7-moddalari bilan belgilanadi. Tribunaltarkibiga quyidagilar kiradi: (1) Dastlabki ish yurituv sudyasi kamerasi, sudkamerasi va Apellyatsionkamera; (2) Ayblovchi va Ayblovchi o‘rinbosari; (3) Kotibiyat; (4) Muhofaza Kanselariyasi. Sudyalar, Ayblovchilar va boshqa personalni tayinlash tartibi Syerra-Leonesudini tashkil etish tartibiga o‘xshash. Bunda Tribunal muayyan mansabdor shaxslarining xalqaro tarkibiy qismi ustuvor hisoblanadi. Tribunalning ish yuritish tartibi dastlabki, sud va apellyatsion ish yurituvi jarayonlari va ularda isbotlash, dalillarning maqbulligi, jabrlanuvchilar va guvohlar, shuningdek, boshqa tegishli masalalrni muhofaza qilish Qoidalari bilan belgilab beriladi. Mazkur qoidalar Livan JPKga, shuningdek, xalqaro jinoyat protsessining eng yuqori xalqaro standartlarini o‘zida namoyon etuvchi boshqa hosila manbalarga tayanishi lozim sudyalar sud muhokamasining xolis va tezkor sud muhomasinini o‘tkazishlari talab etiladi. Dalillar maqbulligi masalasi kameralar tomonidan dalillar to‘plashning xalqaro standartlariga muvofiq hal qilinadi. Bu dalillarning ahamiyatlilik darajasi ham kameralar tomonidan belgilanadi. Gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) va sudlanuvchi ular tomonidan tanlangan himoyachi xizmatidan bepul foydalanish yoki bepul yuridik yordam olish (agar uni to‘lash uchun yetarli mablag‘larga ega bo‘lmasa, shuningdek, tarjima xizmatidan foydalanishi mumkin. Ayblov xulosasi tasdiqlanganidan so‘ng sudya qamoqqa olish to‘g‘risida order beradi va shaxs qamoqqa olinadi. Ayblanuvchi unga nisbatan e’lon qilingan ayb bilan zudlik bilan tanishtiriladi va Tribunal joylashgan joyga yuboriladi. Ayblanuvchining huquqlari SYXT va RXTga o‘xshash bo‘lib, sud oldida tenglik, aybsizlik prezumpsiyasi, himoya huquqi va xalqaro jinoyat huquqi va jinoyat protsessidagi boshqa umume’tirof etilgan prinsiplar ta‘minlanishi lozim. Download 17.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling