Aralash (gibrid)


Download 17.58 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi17.58 Kb.
#1234138
Bog'liq
toliyev xalqaro


Aralash (gibrid) xalqaro jinoyat sudlar
(tribunallar)ning umumiy
tushunchasi, belgilari va turlari.
"Aralash (gibrid)" tushunchasi xalqaro jinoiy sudi organlariga
nisbatan qo‘llaniladi va bu belgilar ichida quyidagilar alohida o‘rin
egallaydi:
Birinchidan, ularning faoliyati va yurisdiksiya tartibi xalqaro huquq
normalari (BMT bilan shartnomalar va boshqa xalqaro shartnomalar) va
milliy qonunchilik normalari (Jinoyat-protsessual) majmui bilan
belgilanadi.
Ikkinchidan, bu sudlar tomonidan amalga oshiriladigan moddiy
huquqiy-huquqiy asoslari aralash bo‘lib, bu sudlar tomonidan
qo‘llaniladigan huquq xalqaro hamda ichki davlatchilik jinoyat huquqi
normalarini o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, mazkur sud organlari sudyalar, prokurorlar, tergov
sudyalari, ma’muriy personal aralash tarkibiga ega bo‘lib, u o‘z ichiga
nafaqat sud davlat vakillarini balki jinoyat protsessi xalqaro (chet el)
ishtirokchilarni o‘z ichiga oladi.
To‘rtinchidan, ularni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomalar himoya
tomonidan milliy va xalqaro (chet el) himoyachilarini taklif etish
imkoniyatini beradi.
Beshinchidan, shartnomaga asoslangan organlar sifatida, aralash
sudlar ularning suddan tashqari ma’muriy va moliyaviy faoliyatiga
nisbatan avtomatik ravishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hech qanday
mavjud tizimga bog‘lab qo‘yilmagan.
Oltinchidan, bu sudlar aralash (gibrid) ichki va xalqaro huquqiy
layoqatga ega. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan imzolangan
shartnomalarga ko‘ra, ular shartnomalar tuzish, ko‘char va ko‘chmas
mulkni sotib olish va ularni tasarruf etish, huquqiy muhokamalarni
qo‘zg‘atish, davlatlar bilan ularning funksiyalarini bajarishi va mazkur
sudlarning faoliyat yuritishi uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan
shartnomalar tuzish huquqi berilgan.
Muassasaning va faoliyatning aralash (gibrid) tavsifdaligini inobatga
olib ushbu maxsus sudlar tashkil etilish obekti bo‘lgan
davlatlarning sud tizimiga kirmaydi, "Tashqi" Sudlar hisoblanadi95
Xalqaro jinoyat huquqiga bunday aralash (gibrid) sudlarning ikki
turi ma‘lum:
- Davlatlarning BMT bilan xalqaro shartnomalariga muvofiq va
uning asosida tuzilgan maxsus sudlar;
- BMTning muvaqqat ma’muriyati tomonidan tinchlikparvarlik
operatsiyalari amalga oshiriladigan davlatlar hududida tuziladigan
sudlar;
- Birinchi turdagi aralash (gibrid) sudlarga BMT bilan xalqaro
shartnomalariga muvofiq va uning asosida tuzilgan Syerra Leoni maxsus
sudi va Livan bo‘yicha maxsus tribunal kiradi;
Ikkinchi turdagi aralash sudlarning xususiyati, ularning Birlashgan
Millatlar Tashkiloti ma’muriy mandatiga taqdim qilingan tinchlikparvar
missiyalar bilan ta’sis etilishida namoyon bo‘ladi. Ularga ko‘ra, ular
tinchlikparvar operatsiyalar
o‘tkaziluvchi hududlarda qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini bajaradi. Aynan
shunday keng mandat BMT Xavfsizlik Kengashi 1244 (1999) 1
rezolyutsiyasi bilan BMTning Kosovodagi muvaqqat ma’muriyati
missiyasiga taqdim etilgan, BMT Xavfsizlik Kengashi 1272 (1999)-son
rezolyutsiyasi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sharqiy Timordagi
(UNTAET) Muvaqqat ma’muriyatiga taqdim etilgan.
Har ikkala turdagi aralash (gibrid) jinoiy sudlar umumiy jihatlardan
tashqari bir qator farqlarga ham ega bo‘lib, tegishli davlatlar sud
tizimidagi ularning maqomi bu borada markaziy o‘rinni egallaydi.
Shunday qilib, BMT bilan shartnomalar asosida tashkil etilgan sudlar,
tegishli davlatlarning sud tizimiga kirmaydi va bu davlatlarning sudlari
uchun "tashqi" hisoblanadi. BMT Muvaqqat Ma’muriyati tomonidan
ta’sis etilgan sudlar esa bu davlatlar sud tizimiga kiradi, uning bir qismi
hisoblanadi, biroq maxsus predmetli yurisdiksiyani amalga oshirishda
“aralash” tavsifga ega.
Ikkinchi asosiy farq xalqaro huquqiy layoqatga egalik bilan
belgilanadi. BMT bilan shartnomalar asosida ta’sis etiladigan sudlar
ularga shartnomalar tuzish, ko‘char va ko‘chmas mulkni sotib olish va
ularni tasarruf etish, huquqiy muhokamalarni qo‘zg‘atish, davlatlar bilan
ularning funksiyalarini bajarishi va mazkur sudlarning faoliyat yuritishi
uchun talab etilishi mumkin bo‘lgan shartnomalar tuzish huquqini
bergan aralash (gibrid) ichki davlat va xalqaro huquqiy layoqatga ega.
Tinchlikparvar missiyalar tomonidan ta’sis etilgan aralash sudlar ichki
davlat huquqiy layoqatiga ega bo‘lib, ularning xalqaror huquqiy layoqati
teggishli missiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Bundan tashqariaralash (gibrid) sudlar o‘zlarining yurisdiksiyaga
ko‘ra farqlanadi. Hududiy yurisdiksiyasi ular ta’sis etilgan tegishli
davlatlar hududi bilan chegaralangan xalqaro shartnomalar asosida
tuzilgan sudlardan farqli o‘laroq, personal – faqat cheklangan shaxslar
doirasiga taalluqli, BMT tinchlikparvar missiyalari tomonidan nazorat
qilinuvchi aralash sudlar universal hududiy va personal Yurisdiksiyaga
ega.

Kosovo hududidagi aralash (gibrid) sudlari.



Kosovo hududida amal qilishning huquqiy asoslari sifatida BMT
Xavsizlik Kengashining
1999-yil 10-iyundagi 1244 (1999) Rezolyutsiyasi hisoblanadi va
BMT ning Kosovodagi Missiyasi muvaqqat Ma’mumuriyatinining
(BMTKMOM) 25.07.1999 dagi № 1999/1 son «Kosovodagi muvaqqat
Ma’muriyat organi to‘g‘risida»gi farmoyishi hisoblanadi.
Ularga muvofiq «Kosovoga nisbatan barcha qonunchiqaruvchi va
ijro funksiyalari, Shu jumladan sudga qayta yuborish BMTKMOMga
topshiriladi va BMT Bosh kotibining maxsus vakili tomonidan amalga
oshiriladi».
Kosovo hududida quyidagilar yaratilgan:
- Oxirgi instansiya muvaqqta sudi ad hoc va prokuratura ad hoc;
- Sud tizimi va prokuror xizmati bo‘yicha texnik konsultativ
kengash;
- Konsultativsudkomissiyasi.
Mazkur hujjatdlar sudya , prokuror va sud raislarini lavozimiga
tayinlash va undan ozod qilish tartibi belgilandi.
BMT Bosh kotibining 23.12.1999dagi BMT ning Kosovodagi
muvaqqat Ma’muriyati ishlari bo‘yicha Missiyasi to‘g‘risidagisud
axborot bazasini shakllantirish uchun umumiy hisobda 572 suhbat
o‘tkazilgan.
Shu bilan birga 6 nafar sudyanng nafaqaga chiqishi va 1 sudyaning Serbiyaga jo‘nab ketishi oqibatidi favqulodda sud tizimida 47 sudya va
prokurorlar bo‘lib, ulardan 41 alban, 4 Musulmon (bosnitsa), 1 sigan va
1 turk. Xabarlarga ko‘ra, sudyalar, prokurorlar va advokatlarga, ayniqsa
milliy jihatdan kamchilik bo‘lganlariga turli tahdidlar kelib tushgan.
Favqulodda sud tizimining 48 sudyasi va prokurorlari o‘z xizmat
vazifalarini bajarishda katta bosim ostida ishlaganlar, va bu ularning
Mustaqillikni saqlab qolishiga ta’sir ko‘rsatgan va odil sudlov
muammolariga noadekvat munosabat bildirishiga olib kelgan.
Xalqaro sudyalar o‘z vazifalarini bajarishga vakolatli va majbur
bo‘lib, jumladan o‘z ish yurituviga o‘zlari tayinlangan sud
yurisdiksiyaga doir yangi va kutilayotgan ishlarni tanlashi mumkin.
Xalqaro prokurorlar vazifalarini bajarishga vakolatli va majbur
bo‘lib, jumladan o‘z ish yurituviga ular tayinlangan prokuratura sud
yurisdiksiyaga doir yangi va kutilayotgan ishlarni tanlashi mumkin.
Xalqaro sudya 2000-yil 25-mayda Mitrovits munitsipalitetida
jinoyat ishini ko‘rishda qatnashdi. Sudyalar va prokurorlarning Mitrovits
sudlaridagi tajribasi shuni ko‘rsatdiki, sudyalarning o‘tkir millatlararo
ziddiyatlar xolisligini va Mustaqilligini ta‘minlashga imkon berishini
ko‘rsatdi.
Bundan keyin qisqa muddat ichida Kosovoning barcha okrug
sudlariga Germaniya, Polsha, Ruminiya, Buyuk Britaniya va Shimoliy
Irlandiya Qo‘shma qirolligi, AQSH, Finlandiya, Fransiya va
Shvetsiyadan 7 ta xalqaro sudya va 3 nafar xalqaro prokuror tayinlandi.
Mahalliy va milliy personal ichidan 34 kishi yuriskonsult, tarjimon, sud
protokolchilari va xalqaro sudyalar va prokurorlarga xizmat ko‘rsatish
va ishida ko‘shmaklashish uchun ma’muriy xodimlar yollandi. Xalqaro
sudya va prokurorlar ular ishtirok etishni istaydigan yangi yoki
muhokama bosqichidagi ishlarni o‘zlari tanlaydilar. Mazkur ishlar ko‘p
hollarda harbiy yoki millatchilik ruhidagi jinoyatlarga doir bo‘lgan.
Livan bo‘yicha maxsus tribunal.

Kosovo hududidagi aralash


(gibrid) sudlar
BMT va Livan Respublikasi o‘rtasidagi Livan bo‘yicha maxsus
tribunalni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim Livan hukumati va BMT
o‘rtasida tegishlicha 2007 yil 23 yanvar va 6 fevral kunlari BMT
Xavfsizlik Kengashining 29.03.2006 yildagi 1664 (2006) rezolyutsiyasi
ijrosi yuzasidan imzolangan. Bitimga uning ajralmas qismi
hisoblanuvchi Livan bo‘yicha Maxsus tribunal Ustavi ilova qilinadi
(Bitimning 1-moddasi 2-bandi).
Livan bo‘yicha Maxsus tribunal (LMT) Yurisdiksiya uning
ustavining 1-moddasi bilan belgilanadi va Livanning sobiqbosh vaziri
Livana Rafik Haririning o‘limiga, shuningdek, boshqa shaxslarning
o‘limi va yarador bo‘lishiga olib kelgan 2005-yil 14-fevraldagi tajovuzni
sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Agar
Tribunal Livandagi 2004-yil 1-oktabrdan 2005-yil 12- dekabrgacha yoki
BMT Xavfsizlik Kengashi roziligi bilan belgilangan keyingi davrda
sodir etilgan boshqa tajovuzlaro‘z tavsifi va og‘irlik darajasiga ko‘ra
2005-yil 14-fevraldagi tajovuz bilan bog‘liq deb topsa, u mazkur
tajovuzlar uchun javobgar bo‘lgan shaxslar ustidan yurisdiksiyaga ega
bo‘ladi.
Maxsus tribunal va Livanning milliy sudlari parallel vakolatga ega.
O‘z yurisdiksiya doirasida Tribunal Livan milliy sudlaridan muayyan
ustuvorliklarga ega. Ishni ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida tribunal
milliy suddan uning sudloviga oid jinoyat ishini rasman so‘rashi
mumkin.
Tribunalning sudlovi,uning Ustavi 2-moddasiga ko‘ra:
- Terrorizm aktlari, hayotga va shaxsiy daxlsizdikka qarshi
jinoyatlar sodir etgan, noqonuniy birlashmalar, jinoyatlar va huquq
buzarliklar to‘g‘risida xabar bermaslik, shu jumladan jinoyatning
moddiy qismiga doir ma‘lumotlarni xabar bermaslik, shuningdekk
jinoyatda yoki til biriktirishda ishtirok etishga doir Livan JK qoidalariga
- Livanning 1958-yil 11-yanvardagi «Qo‘poruvchilik faoliyatini,
fuqarolik urushi va konfessiyalararo dushmanlikni keltirib chiqarganlik
uchun jazoni kuchaytirish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-7-moddalari bilan
belgilanadi.
Tribunaltarkibiga quyidagilar kiradi:
(1) Dastlabki ish yurituv sudyasi kamerasi, sudkamerasi va
Apellyatsionkamera;
(2) Ayblovchi va Ayblovchi o‘rinbosari;
(3) Kotibiyat;
(4) Muhofaza Kanselariyasi.
Sudyalar, Ayblovchilar va boshqa personalni tayinlash tartibi
Syerra-Leonesudini tashkil etish tartibiga o‘xshash. Bunda Tribunal
muayyan mansabdor shaxslarining xalqaro tarkibiy qismi ustuvor
hisoblanadi.
Tribunalning ish yuritish tartibi dastlabki, sud va apellyatsion ish
yurituvi jarayonlari va ularda isbotlash, dalillarning maqbulligi,
jabrlanuvchilar va guvohlar, shuningdek, boshqa tegishli masalalrni
muhofaza qilish Qoidalari bilan belgilab beriladi. Mazkur qoidalar Livan
JPKga, shuningdek, xalqaro jinoyat protsessining eng yuqori xalqaro
standartlarini o‘zida namoyon etuvchi boshqa hosila manbalarga
tayanishi lozim sudyalar sud muhokamasining xolis va tezkor sud
muhomasinini o‘tkazishlari talab etiladi. Dalillar maqbulligi masalasi
kameralar tomonidan dalillar to‘plashning xalqaro standartlariga
muvofiq hal qilinadi. Bu dalillarning ahamiyatlilik darajasi ham
kameralar tomonidan belgilanadi.
Gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) va sudlanuvchi ular tomonidan
tanlangan himoyachi xizmatidan bepul foydalanish yoki bepul yuridik
yordam olish (agar uni to‘lash uchun yetarli mablag‘larga ega bo‘lmasa,
shuningdek, tarjima xizmatidan foydalanishi mumkin. Ayblov xulosasi
tasdiqlanganidan so‘ng sudya qamoqqa olish to‘g‘risida order beradi va
shaxs qamoqqa olinadi. Ayblanuvchi unga nisbatan e’lon qilingan ayb
bilan zudlik bilan tanishtiriladi va Tribunal joylashgan joyga yuboriladi.
Ayblanuvchining huquqlari SYXT va RXTga o‘xshash bo‘lib, sud
oldida tenglik, aybsizlik prezumpsiyasi, himoya huquqi va xalqaro
jinoyat huquqi va jinoyat protsessidagi boshqa umume’tirof etilgan
prinsiplar ta‘minlanishi lozim.
Download 17.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling