Aralashtirish mashinalarini qiyosiy tahlili


Aralashtirish uskunalari yangiliklari. Aralashtirgich mashinalar va ularni qo‘llash samarasi


Download 203 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi203 Kb.
#1512390
1   2
Bog'liq
ARALASHTIRISH MASHINALARINI QIYOSIY TAHLILI

Aralashtirish uskunalari yangiliklari. Aralashtirgich mashinalar va ularni qo‘llash samarasi


To’qimachilik mashinasozligi bo’yicha dunyoda etakchi hisoblangan Riter va Tryuchler firmalari aralashtirish mashinalarida qo’llanilayotgan yangiliklarni aralashtirish usuli, aralashtirish zonalari, universalligi moslashuvchanligi, samaradorligi hamda qo’shimcha jarayonlarning amalga oshishi nuqtai nazardan tahlil qilish mumkin. Har ikkala firmalarda yaratilgan va korxonalarda o’rnatilgan aralashtiruvchi mashinalar ko’p bunkerli bo’lib, kameralar soni kamida oltita, ko’pi bilan esa o’ntagacha bo’ladi. Yuqorida ta‟kidlanganidek, bunkerlarda tola bo’laklari tasodifiy ravishda, so’ngra uyushgan (4-rasm) yoki tasodifiy (5-rasm) usullarda aralashadi. Birinchi hol (4-rasm) da oltida bunkerdan tushayotgan tolaviy bo’lakchalar harakatlanayotgan uzatuvchi tranportyorga oltita qatlam ko’rinishida ustma-ust to’shaladi va ikkita uzluksiz englar orasida biroz yig’ilib, keyingi mashinaga muntazam uzatiladi. Universal aralashtiruvchi MX-U mashina (5rasm) da bunkerlardan tushayotgan tolaviy bo’lakchalar havo yordamida keyingi mashinaga transportirovka qilinadi. Bu erda tolaviy qatlamlar hosil qilinmaydi.
Shuning uchun aralashtirish jarayoni tasodifiy usulda amalga oshadi deb hisoblanadi.

4-rasm. Tryuchler firmasining MX-1 aralashtiruvchi mashinasi

5-rasm. Tryuchler firmasining MX-U universal aralashtiruvchi mashinasi
Riter firmasining B72 UNImix aralashtirish mashinasida tolaviy bo’lakchalarning aralashish jarayoni uch karra sodir bo’lishi 6-rasmda ellips va doirasimon zonalar orqali ko’rsatilgan.
6-rasm. Riter firmasining B72 UNImix aralashtirish mashinasida tolalar aralashuvi sxemasi.
Bunkerlar soni sakkizta bo’lgan mashinaning har bir kamerasidan chiqib ustmaust to’shalayotgan tolalar qatlamlarining qo’shilishi bir-biriga nisbatan siljib sodir bo’lishi natijasida tolalarni aralashtirish uyushgan holda amalga oshadi. Sxemada siljish alohida porsiyalarda ko’rsatilgan. Qo’shilgan tolaviy qatlamlar transpartyor yordamida harakatlanayotgan ignali qiya panjaraga uzluksiz uzatilishi tufayli sakkizta qatlam tolalari ignalar bilan deyarli vertikal tekislikda ajratib olinadi. Bu joyda ham aralashtirish sodir bo’lib, ikkinchi bosqich uyushgan aralashtirish hisoblanadi. Ignali panjaraga ilingan tolalarning bir qismi (ortiqchasi) ni tekislovchi valik urib kameraga tushiradi. Bu erda ham aralashtirish jarayoni kamerada tasodifiy usulda amalga oshadi. Shunday qilib, B72 UNImix aralashtirish mashinasining eng katta afzalligi shundaki, unda aralashtirish jarayoni uch karra amalga oshiriladi. A81 UNIblend aralashtiruvchi mashinasida ignali qiya panjara o’rnatilmagan bo’lib, bunkerlarga tolalar bitta ta‟minlagichdan tarqatilmay, har bir bunkerga komponentlar noturdosh bo’lganligi bois alohida potrubkadan tushadi (2-rasm). Shu yo’l bilan aralashuvchi komponentlar ulushi aniq saqlanib, aralashtiruvchi mashinaning universalligiga erishilgan. Ularning uneversalligi yana shu bilan izohlanadiki, har bir bunkerga tushayotgan tolalar bo’lakchalari ichki devorlar perfosirtlarida bir on tutilib, chang va mayda begona zarralardan aerodinamik usulda tozalanadi (4, 5 rasmlar).


A81 UNIblend aralashtiruvchi mashinada komponentlar ulushlarini dozalab aralashtirish afzalliklari quyidagilardan iborat: aralashtirish aniqligi darajasida; aralashtirish keng diapazon(1dan 99%gacha)da; engilgina tugmani bosib rejim o’zgartiriladi; to’quvchilik va trikotaj to’qishni a‟lo darajada ta‟minlovchi ip sifatiga erishiladi; yakuniy mahsulot ko’rinishi hatto bo’yalishi bir xilligigiga erishiladi.
Download 203 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling