Ҳарбий таълим факультети


Download 198.33 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2023
Hajmi198.33 Kb.
#1197409
  1   2
Bog'liq
1.1 Маъруза

ҲАРБИЙ ТАЪЛИМ ФАКУЛЬТЕТИ

ЧҚБТ ЎҚУВ МОДДИЙ БАЗАСИ ВА МОДДИЙ ТАЪМИНОТИ

фани бўйича

3-босқич талабалари билан машғулот ўтказиш


Маърузачи: заҳирадаги подполковник Ф.А.Азимов
MAVZU: 1.1 ChQBT faninig o‘quv moddiy bazasi.
O’QUV-TARBIYAVIY MAQSADLAR:
1.Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatan himoyasi to‘g‘risidagi moddalarini qisqacha mazmuni va talablarini yetkzish.
2.Talabalarga O‘zbekiston Respublikasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonuni haqida ma’lumotlar berish.
O’QUV SAVOLLARI:
1.Fanning vazifasi va mazmuni.
2.Chaqiriqqacha harbiy ta’limda jismoniy tarbiya bazalarining tutgan o‘rni.
O‘quv yurtlarida raxbarlarning o‘quv moddiy bazalarini shakllantirishdagi vazifalari.
3.Harbiy raxbarning o‘quv-moddiy bazalarini tashkillash va takomillashdagi o‘rni.
1-O’QUV SAVOLI - Fanning vazifasi va mazmuni.
Litsey va kollejlarda, shuningdek, Mudofaa sport sog‘lomlashtirish oromgohlarida (ChQBT) chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik fani mashg‘ulotlarini olib borish uchun zarur bo‘ladigan ChQBT fanining o‘quv moddiy bazalarining tarkibi xarakterini to‘liq biladigan ChQBT rahbarlari tayyorlash talab etiladi, shu maqsadda harbiy kafedrada «ChQBT fanining o‘quv moddiy bazalari» kursi tashkillangan, kursni o‘qish davomida talabalar ChQBT fanining o‘quv moddiy bazalarini loyihalash va qurish bo‘yicha davlat hujjatlari bilan tanishib, amalda shug‘ullan qurilishi rejasini ishlab chiqish texnologiyasi xamda qurilmalarning eskiz, modellarini ishlashini o‘zlashtiradilar.
Chaqiriqqacha harbiy ta’limda jismoniy tarbiya bazalarining tutgan o‘rni. O‘quv yurtlarida raxbarlarning o‘quv moddiy bazalarini shakllantirishdagi vazifalari.
Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi fani O‘zbekiston Respublikasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq kiritilgan bo‘lib harbiy ta’limni o‘qitilishini majburiy davlat shakli hisoblanadi va yoshlarni O‘R QK safidagi xizmatiga tayyorlash tizimining muhim qismini tashkil etadi. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik samaradorligi ko‘p hollarda o‘quv tarbiyaviy jarayonni qanday tashkil qilinganligiga va amalga oshirilganligiga bog‘liq. Uning asosiy tarkibiy qismlari: ilmiy asoslangan o‘quv dasturlar, mashg‘ulotlarning optimal uslublari va kerakli moddiy bazalar hisoblanadi.
Dastlabki ikki tarkibiy qismlarni ahamiyatini zarracha ham inkor etmagan holda mubolag‘asiz aytish mumkinki, harbiy ta’limda hal qiluvchi o‘rinni O‘MB egallaydi. Bu birinchi navbatda Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik kursining hususiyatlari, uning ko‘p qirraliligi va amaliy yo‘naltirilganligi bilan tushuntiriladi. Masalan, qurolning o‘quv namunasiga ega bo‘lmasdan uni o‘rganishning iloji yo‘k. ChQBT dasturiga ko‘ra har bir ta’lim muassasalarida O‘MBning quyidagi umumiy kompleks (majmua) elementlariga ega bo‘lishi tavsiya etiladi:
1.ChQBT o‘quv xonasi (laborantlar xonasi bilan).
2.Qurol-aslaha va o‘q-dorilarni saqlash xonasi.
3. Otish joyi (Strelkoviy tir)
4.Qurollarini tozalash va moylash o‘rgatish uchun joy.
5.Saf tayyorgarligi bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun maydon.
6.Vzvod bo‘yicha posbonning majburiyatlarini amaliy o‘rgatish joyi.
7.HIA va FH bo‘limidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish joyi.
8.Jangovar va mehnat shon-shuhrati muzeyi (burchagi).
9.Gimnastik shaxarcha.
10.To‘siqlar qatori majmuasi.
11.Jangovar va mehnat shon-shuhrati xonasi (muzeyi, burchagi).
12.Ko‘chma (yig‘ma) jihozlar.
13.Vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari.

Download 198.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling