Ҳарбий таълим факультети
Ta’lim muassasasining direktori o‘z xizmat doirasida
Download 198.33 Kb.
|
1 2
Bog'liq1.1 Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar. Talabalar quyidagilarni bilishi shart
- Quyidagilarni bajara olishi kerak
- Harbiy raxbarning o‘quv-moddiy bazalarini tashkillash va takomillashdagi o‘rni.
- YAKUNIY QISM VA MUSTAQIL TAYYORGARLIKGA VAZIFALAR
Ta’lim muassasasining direktori o‘z xizmat doirasida;
Ta’lim muassasasi direktori o‘quv muassasasini ChQBT fanining O‘MB bilan ta’minlash bo‘yicha ishlarni olib borish. O’quvchilarni avtomatdan jangovar o‘qlarni otish bo‘yicha boshlang‘ich mashqlarni bajarish uchun tayyorgarlik va harbiy sport bayramini o‘tkazish uchun ChQBT fanining O‘MB bilan ta’minlashni; ChQBT fanining O‘MB bilan ta’minlash to‘g‘risidagi buyruq mazmunini; Rejalashtiruvchi xujjatlarni ishlab chiqish haqida xarbiy rahbarga ko‘rsatmalarni; Harbiy rahbar, ChQBT fanining O‘MBni ish faoliyatiga qarab qo‘shimcha tarzda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni yo‘l-yo‘riqlarini aniqlaydi. Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar. Talabalar quyidagilarni bilishi shart: -o‘quv muassasalaridagi ChQBT fanining o‘quv moddiy bazalarining tarkibi va harakterini; -sport va ChQBT fanining o‘quv moddiy bazalarini qurishni rejalashtirish bo‘yicha talablar va nizomlarni; -ChQBT fanining o‘quv moddiy bazalarining eskiz, modellarining ishlash usullarini; -harbiy amaliy ChQBT fanining o‘quv moddiy bazalari qurilishiga qo‘yiladigan talablarni. Quyidagilarni bajara olishi kerak: -o‘quv muassasasida sport va harbiy sport qurilmalariga bo‘ladigan extiyojni aniqlay olish; -o‘z ichki imkoniyatlari yordamida qurish; -mumkin bo‘lgan sport qurilmalarining loyihalarini ishlab chiqishga, ketadigan qurilish materiallari hisobini olish va qurilishiga rahbarlik qilish; -shug‘ullanning foydalanish xolatini o‘rganib chiqib, texnik xavfsizligi bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni belgilash; -harbiy sport shug‘ullani qurilishi va foydalanish xujjatlari, shuningdek, mazkur ishga aloqador maxsus adabiyot va yo‘riqnomalardan foydalana olish. Harbiy raxbarning o‘quv-moddiy bazalarini tashkillash va takomillashdagi o‘rni. Ma’lumki, ChQBT fanining O‘MB ni tashkil qilish va o‘tkazishda harbiy rahbar va ChQBT rahbari markaziy figura hisoblanadi. U bevosita ta’lim muassasasi direktoriga bo‘ysunadi, uning majburiyatlari esa muvofiqlashtiruvchi xujjatlar bilan belgilanadi. O‘quvchilarni Vatan himoyasiga tayyorlashdagi rahbarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim muassasasi direktoriga tegishli. U ChQBT fanining O‘MB tashkil qilish va yuqori darajasini ta’minlashga javob beradi. Bu vazifani bajarish uchun u me’yoriy va boshqaruv xujjatlarini, mashg‘ulotlarning uslubiy xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Direktor yuklamalarni taqsimlashda harbiy rahbar, ChQBT rahbarilarning o‘quv-moddiy bazani tiklash va takomillashtirish, shuningdek, saqlash bo‘yicha ishlarini va vatanparvarlik hamda darsdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda bevosita ishtirok etish zarurligini hisobga olishlari mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Ta’lim muassasasi direktori harbiy rahbar, ChQBT rahbariga tegishli bo‘lmagan, o‘quvchilarning o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan va ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishdan chalg‘itadigan ma’muriy xo‘jalik topshiriqlarni yuklamasligi shart. ChQBTni murakkab vazifalarini va o‘quvchilarni vatanparvarlik tarbiyasini muvaffaqqiyatli hal qilinish darajasi harbiy rahbar, ChQBT rahbarining kasbiy va uslubiy mahoratiga bog‘liq. Direktor yuklamalarni taqsimlashda harbiy rahbar, ChQBT rahbarilarning o‘quv-moddiy bazani tiklash va takomillashtirish, shuningdek, saqlash bo‘yicha ishlarini va vatanparvarlik hamda darsdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishda bevosita ishtirok etish zarurligini hisobga olishlari mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Ta’lim muassasasi direktori harbiy rahbar, ChQBT rahbariga tegishli bo‘lmagan, o‘quvchilarning o‘quv-tarbiyaviy ishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan va ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishdan chalg‘itadigan ma’muriy xo‘jalik topshiriqlarni yuklamasligi shart. ChQBTni murakkab vazifalarini va o‘quvchilarni vatanparvarlik tarbiyasini muvaffaqqiyatli hal qilinish darajasi harbiy rahbar, ChQBT rahbarining kasbiy va uslubiy mahoratiga bog‘liq. Shu bilan birga kuzatuv va tajribalarning ko‘rsatishicha, O‘MBdan foydalanish paytida ikki xil salbiy holatga ro‘paro‘ kelinadi. Birinchisi ba’zi bir ta’lim muassasalarida, o‘quv - moddiy bazaning mavjud majmuasi, go‘yoki faqat tekshiruvchilar uchun yaratilgandek, mashg‘ulotlarning amaliy shakllari ham harbiy xonada o‘tiladi. Ikkinchisi esa ba’zi bir harbiy rahbar va ChQBT rahbari larining amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘quv - moddiy bazani tiklashga hohishi yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Bu xuddi ChQBT mashg‘ulotlarini jixozlanmagan maydon, shaxarchalarda va boshqa o‘quv joylarisiz ham faqat harbiy xonalarda o‘rganiladi degan tushunchalar bilan izohlanadi. Bu borada so‘ngi kuzatuvlar natijasida yana bir salbiy holat ma’lum bo‘ldi. Bu holatni bevosita lavozimga tayinlangan harbiy rahbar yoki ChQBT rahbarilarining ChQBT bo‘yicha O‘MBga qo‘yiladigan talablari bilan yaqindan tanish emasligi yoki umuman bilmasligi bilan bog‘liqdir. Ta’lim muassasasi direktori O‘MB rivojlanishi va takomillashtirishga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga majbur hisoblanadi. Shunday qilib, yillik rejada ta’lim texnik vositalarini keng joriy etishni ko‘zda tutish kerak. Amaliyotning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning o‘zlari o‘quv, ko‘rgazmali qurollarini ayrimlarini tayyorlashlari mumkin. Masalan nishon ekranlarini, o‘qdon va granatalar uchun xaltachalarni, bel kamarlarini, bayroqchalarni, ko‘rsatkichlarni, qurol maketlarini, yo‘nalishi joyini ko‘rsatuvchi belgilarni o‘quvchilar tomonidan mashg‘ulot rahbarining boshchiligida tayyorlash mumkin. Bu masala hozirgi kunda o‘z echimini deyarli topdi. Respublikamizning Samarqand viloyatida joylashgan «EL» ochiq aksionerlik jamiyati fimasi tomonidan hozirgi kunlarda ChQBT bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, o‘quv qo‘rollari va tabel buyumlarining yaqin 70 % tayyorlanib buyurtma asosida ta’lim muassasalariga tarqatilmoqda. Harbiy rahbar va ChQBT rahbarilardan olingan buyumlarni saqlash, ehtiyotlash va unumli foydalanish masalalarini ko‘rishi, navbatda olinadigan buyumlar ichida avval olingan buyumlarni takror va takror olinishini oldini olish choralarini ko‘rishi shart bo‘ladi. Direktorlar barcha harbiy rahbar, ChQBT rahbarilar ham o‘quv qurollarini darsda to‘liq va uslubiy to‘g‘ri qo‘llay olmasliklariga e’tiborini qaratishi kerak. Bo‘lajak el-yurt himoyachilarini tayyorlashning yuqori darajasini ta’minlash uchun harbiy rahbar, ChQBT rahbari tashkiliy va uslubiy, tibbiy bilim asoslari, jismoniy tarbiya tayyorgarligi bo‘yicha hamda darsdan tashqari vatanparvarlik va mudofaa-sport tadbirlarini tashkil qiluvchi va o‘tkazuvchilar say-harakatlarini birlashtirish zarur. YAKUNIY QISM VA MUSTAQIL TAYYORGARLIKGA VAZIFALAR - mavzu, maqsad va o‘quv savollarini eslatib utish; - talabalarning mashg‘ulotni qay darajada o‘zlashtirganliklarini tekshirish; - mustaqil tayyorgarlik uchun vazifa berish. Mustaqil tayorgarlikga vazifalar: 1.Fanning vazifasi va mazmuni. 2.Chaqiriqqacha harbiy ta’limda jismoniy tarbiya bazalarining tutgan o‘rni. O‘quv yurtlarida raxbarlarning o‘quv moddiy bazalarini shakllantirishdagi vazifalari. 3.Harbiy raxbarning o‘quv-moddiy bazalarini tashkillash va takomillashdagi o‘rni. Download 198.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling