Arduino plata asosida o‘rnatilgan tizimlarni loyihalash. Raqamli interfeyslar orqali ob’ektlarni boshqarishni o‘rganish
Download 17.34 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ishning bajarilish tartibi
- 2-listing (Raqamli kiritish va chiqarish)
- Foydanalingan adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI O’rnatilgan tizimlar fanidan Mustaqil ish MAVZU: Yorug`lik diodi. Arduino yordamida yorug`lik diodini o`chirib yo`qish Bajardi: 840-19 guruh talabasi Maxsudov Temur Tekshirdi: Qobilov Sirojiddin Toshkent 2023 Arduino plata asosida o‘rnatilgan tizimlarni loyihalash. Raqamli interfeyslar orqali ob’ektlarni boshqarishni o‘rganish. ArduinoUNO kontrolleri;
sxemani yig‘ish uchun plata; yorug‘lik diodi; qarshilik 220 Om; raz’emli simlar. Yorug‘lik diodi – bu elektr tokini bevosita yorug‘lik nuriga o‘zgartiruvchi. Inglizchasiga yorug‘lik diodini light emitting diode deb ataladi yoki LED. Yorug‘lik diodini yorug‘lik ko‘rsatgichlari unda ishlatilgan yarimo‘tkazgichning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Yorug‘lik diodi spektorning tor qismda nurlanadi, uning yorug‘ligi tiniq. Yorug‘lik diodi mexanik jihatdan puxta va nihoyatda ishonchli, uning ishlash muddati 100 ming soatgacha yetishi mumkin, lyuminessent lampaga nisbatan 5-10 marotaba ko‘p. Yorug‘lik diodi past voltli element bo‘lganligi uchun u xavfsiz. Yorug‘lik diodlari qutbli, ularni qaysi yo‘nalishda ulashning ahamiyati bor. Yorug‘lik diodining musbat oyoqchasida (ozroq uzun) anod deb ataladi, manfiy oyoqchasi – katod. Barcha diodlar kabi yorug‘lik diodlari ham tokni bir taraftga oqishini ta’minlaydi – anoddan katodga. Tok musbatdan manfiyga qarab oqqani uchun yorug‘lik diodining anodiga raqamli 5 V signal ulanishi kerak, katodi esa yerga ulanishi kerak. Biz yorug‘lik diodini Arduino ning raqamli D9 oyoqchasiga qarshilik bilan ketma-ket ulaymiz.Yorug‘lik diodlari har doim qarshilik bilan birga ketma-ket ulanishi kerak, qarshilik tok bo‘yicha cheklovchi sifatida ishlatiladi. Qarshilikning qiymati qancha katta bo‘lsa u shuncha katta tokdan chegaralaydi. Bu amaliy ishda 220 Om qiymatga ega bo‘lgan qarshilik ishlatiladi. Ulanish sxemasi 1-chizmada keltirilgan. 1-chizma. Yorug‘lik diodini ulash sxemasi Yorug‘lik diodini qarshilik bilan ketma-ket Arduino ning raqamli D9 oyoqchasiga ulanadi. Sukut saqlash bo‘yicha Arduino ning barcha oyoqchalari kirish kabi o‘zgartirilgan. Biz Arduino ning oyoqchalarini chiqish kabi ishlatamiz, shuning uchun uni o‘zgartirish kerak bo‘ladi, buning uchun kontrollerga quyidagi tegishli buyuruq beriladi.
pinMode(LED, OUTPUT); } void loop() { // oyoqchaga (HIGH) mantiqiy 1 berib yorug‘lik diodini yoqamiz digitalWrite(LED,HIGH); //sukut1 sek (1000 ms) delay(1000); // oyoqchaga (LOW) mantiqiy 0 berib yorug‘lik diodini o‘chiramiz digitalWrite(LED,LOW); // sukut 1 sek (1000 ms) delay(1000); } Amaliy ishning bajarilish tartibi: 1.Yorug‘lik diodini uzun oyoqchasini (anod)D9 Arduino ning raqamli chiqishiga ulanadi, boshqa oyoqchasini esa (katod) – 220 Om qarshilik orqali GND oyoqchasiga ulanadi (10.1-chizmaga qaralsin). 2. 10.1 listingdagi sketchni Arduino ning platasiga yuklanadi. 3. Yorug‘lik diodini o‘chib yonish jarayonini kuzatiladi. Endi yorug‘lik diodini o‘chib yonish davrini o‘zgartirish bo‘yicha tajriba o‘tkazishimiz mumkin, uni sketchda ushlanish vaqtini qiymatni delay() funksiyasida o‘zgartirish orqali. Arduino asosida bir necha svetodiodlarni yonib-o‘chishini boshqarish dasturi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. 2-listing (Raqamli kiritish va chiqarish) void setup() { // put your setup code here, to run once: pinMode(3, OUTPUT); pinMode(13, OUTPUT); pinMode(1, OUTPUT); } void loop() { // put your main code here, to run repeatedly: digitalWrite(3, HIGH); delay(1000); digitalWrite(3, LOW); delay(500); digitalWrite(13, HIGH); delay(2000); digitalWrite(13, LOW); delay(3000); digitalWrite(1, HIGH); delay(1000); digitalWrite(1, LOW); delay(5000); } Foydanalingan adabiyotlar http://hozir.org Download 17.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling