Qishloq xoʻjaligi:
Argentina chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi ri-vojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega boʻlgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Argentina ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Argentinaning yetakchi tarmogʻi chorvachilik boʻlib, unda goʻsht yetishtiriladigan qoramolchilik va goʻsht-jun olinadigan qoʻychilik ustun turadi. Argentinada qoramollar — 51 mln., qoʻylar — 29 mln., choʻchqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmogʻi — gʻallachilik. Bugʻdoy, makkajoʻxori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan — kungaboqar, zigʻir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini — beda. Bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.
Transporti:
Argentina lar uzunligi — salkam 34,1 ming km, avtomobil yoʻllari — 211,4 ming km. Asosiy porti — Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 80% goʻsht, don, yogʻ, xom teri, jun, hoʻl mevalarga toʻgʻri keladi. Chetdan mashinalar, transport vositalari, metall, yoqilgʻi, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso.
Do'stlaringiz bilan baham: |