Argentina Respublikasi (Ispancha: República Argentina) Janubiy Amerikadagi davlat. Qitʼaning janubi-sharqiy qismini, Olovli Yer o ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi


Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari


Download 0.66 Mb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1331777
1   2   3
Bog'liq
Argentina

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari:
Fuqaro radikal ittifoqi, 1889-yilda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tuzilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957-yilda Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh ne-gizida tuzilgan; Xalq sotsialistik partiyasi, 1982-yilda tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963-yilda Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi boʻlinishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947-yilda X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909-yil tuzilgan. Argentinada Kommuni-stik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930-yilda tuzilgan.
Xoʻjaligi:
Argentina iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari koʻp, malakali ishchi kuchiga ega. Argentina, sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-yillar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida Argentina iqtisodiyoti barbod boʻlish arafasida edi. 1989-yilda saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturini amalga oshirdi, natijada Argentina yana barqaror rivojlana boshladi. 1991-yilda qabul qilingan konvertatsiya toʻgʻrisidagi qonunga binoan koʻpchilik davlat korxonalari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila bosh-ladi, byudjetga soliqlardan tushum yax-shilandi, ishchilarga kompensatsiya toʻlash tizimi yaratildi.
Sanoati:
Argentina asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (goʻsht, yogʻ, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoa-ti. Goʻsht yetishtirish va eksport qilish sohasida Argentina dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Toʻqimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Ogʻir industriyada mashinasozlik (traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobillar, stanoklar, elektr texnika asbob-uskuna-607lari va boshqalar), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmogʻi katta. Sement, sellyuloza-qogʻoz korxonalari bor. Neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilgʻi-energetika balansining salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sano-at markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling