Argentina


Download 6.66 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi6.66 Kb.
#1835377
Bog'liq
Argentinian pp (3) (12)

ARGENTINA

REJA:

1. ARGENTINA TARIXI

2. ARGENTINADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHUVCHI TASHKILOTLAR

3. ARGENTINADA KORRUPSIYAGA QARSHI QONUNLAR

01.

Poytaxti - Buenos Aires

Maʼmuriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), Maydoni 2767 ming km².

Aholisi 47,327,407 (2022).

Amaldagi konstitutsiyasi 1994-yil 24-avgustda qabul qilingan.

Argentina Respublikasi Janubiy Amerikadagi davlat.


Argentina — YAIM $630.7 billion (nominal, 2022)
YaIM darajasi bo’yicha dunyoda - 24 o’rinda turadi.
YaIM oʻsishi darajasi:
−2.5% (2018)
−2.1% (2019)
−9.9% (2020)
+10.4% (2021)
+4.0% (2022)
Jon boshiga YaIM
$13,622 (nominal, 2022) to’g’ri keladi. Dunyoda 64 o’rinda turadi.
Tarmoqlar boʻyicha YaIM:
Qishloq, o'rmon va baliqchilik: 6,0%
qazib olish: 3,6%
ishlab chiqarish: 17,2%
qurilish: 5,6%
savdo va turizm: 16,9%
transport, aloqa va kommunal xizmatlar: 7,9%
hukumat: 9,5%
tadbirkorlik, ijtimoiy va boshqa xizmatlar: 33,3%.

Argentina hududida koʻp sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urugʻchilik munosabatlari xukmron edi. Shimoli-gʻarbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari boʻlgan; ular oʻtroq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shugʻullanar, rangli metallar eritishni, toʻqimachilikni bilar edi. Shimoli-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqalar yashar, janubda araukanlar va patagonlar koʻchib yurar edi. XVI-asrning 1-yarmida Argentina hududi Ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Ispanlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar.


1826-yilda Argentina Federativ Respublikasi tuzildi. 19-asr mobaynida vujudga kela boshlagan burjuaziya manfaatlarini ifodalovchi unitariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar oʻrtasida kurash davom etdi. 19-asr 2-choragidan Argentinada Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyosiy mavqei mustahkamlandi, 1833-yilda Buyuk Britaniya Folklend (Malvin) orollarini bosib oldi. 19-asr oxirlarida mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali kirib keldi. Hukmron davlatlar Argentinani siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni goʻsht, don va boshqa xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar.
Argentina Jahon Iqtisodiy Forumi tomonidan eʼlon qilingan 2012—13-yillardagi Global raqobatbardoshlik hisobotida korrupsiya reytingida yomon
oʻrin oldi. Soʻrovda qatnashgan 152 mamlakat ichida Argentina 145-oʻrinni egalladi.
Financial Times 2013-yilda Argentinada korrupsiya keng tarqalgan deb hisoblanishini taʼkidladi va „Jinoyat qilsa ham davlat amaldorlariga tegmaslik hissi bor 20 yil ichida 160 milliard dollardan ortiq qonuniy ravishda yoʻqotishga uchragan iqtisod“, — deya qoʻshimcha qildi. CIPCE (Iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish va oldini olish markazi) tadqiqoti shuni koʻrsatdiki, davlat sektoridagi korrupsiyaning oʻzi 1980-yildan 2006-yilgacha milliy gʻaznaga taxminan 10 milliard AQSh dollari miqdorida zarar keltirgan.
Transparency Internationalning 2021-yilgi Korrupsiyani idrok etish indeksida Argentina 0 („juda korrupsiyalashgan“) dan 100 („juda toza“) gacha boʻlgan shkala boʻyicha 38 ball oldi. Ballar boʻyicha tartiblanganda, Argentina indeksdagi 180 mamlakat orasida 96-oʻrinni egalladi. Indeksda 1-oʻrinni egallagan davlat eng halol davlat sektoriga ega deb hisoblanadi.
Argentinada korruptsiyaga qarshi kurashni o'z ichiga olgan turli organlar mavjud: Argentinaning Korruptsiyaga qarshi byurosi (ispancha: Oficina Anticorrupción; OA) Argentina federal hukumatining mamlakat davlat sektorini tekshirish va siyosiy korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini joriy etish bilan shug'ullanadigan bo'linmasi. Bu rasmiy ravishda Adliya va Inson huquqlari vazirligiga bo'ysunadigan markazlashmagan agentlikdir.
Argentinada poraxo'rlik va jinoyatchiikga qarshi qonun hujjatlari mavjud bo'lib Argentina Jinoyat kodeksi (ACC) deb nomlanadi.Har qanday davlat mansabdor shaxsi belgilangan vositachi, pul yoki boshqa sovg'a olsa yoki bevosita yoki bilvosita bunday foyda va'dasini qabul qilsa bir yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va umrbod davlat lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilinadi.
Ushbu qoidani buzgan holda sodir etilgan harakatlar natijasida olingan yoki olinishi mumkin boʻlgan “PORA” ikki baravaridan besh baravarigacha boʻlgan jarimalar, noqonuniy harakatlar natijasida olingan mol-mulkni musodara qilish, davlat imtiyozlarini toʻxtatib turish yoki tugatish bilan jazolanadi va yuridik shaxslar tomonidan olingan va davlat takliflari va shartnomalarida yoki "hukumat bilan bog'liq boshqa har qanday faoliyatda" ishtirok etishdan mahrum etiladi.

E’TIBORINGIZGIZ UCHUN RAXMAT!!!


Download 6.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling