Argentometriyada ekvivalent nuqtani aniqlash
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
25
. Cho‘ktirish asosidagi ajratish moddalarning eravchanliklari orasidagi farqqa asoslangan. Bunday farqlar son jihatdan eravchanlik ko'paytmasi qiymati bilan aniqlanadi. Kam eriydigan qandaydir cho‘kma o‘zi bilan hali eruvchanlik ko‘paytmasi qiymati cho‘kish darajasiga yetmagan moddani ham cho'ktirishi mumkin. Aksincha, shunday hollar ham bo’ladiki, boshqa sharoitda cho‘kish tezligi yetarli bo‘lgan moddalarning cho‘kishi shuncha sekinlashishi mumkinki, uning yordamida ajratish imkoni bo’lmaydi. Cho‘ktirish vaqtida amorf cho‘kmalar hosil bo'lsa, uning koagulanishi juda sekin bo’lganligi uchun ajratish murakkablashadi Ayrim moddalar kislotali muhitda, ayrimlari neytral, boshqalari ishqoriy muhitda cho‘kadi. Eritmaning pH qiymatini turli usullar yordamida boshqarish orqali ajratiladigan moddalarni tegishli pH qiymatlarida cho‘ktirish mumkin. Bunda moddalaming turli pH qiymatlaridagi eruvchanliklaridan foydalaniladi Anorganik ionlar ko'pincha gidroksidlar, sulfidlar, sulfatlar holida cho‘ktiriladi. Fosfatlar, karbonatlar va oksalatlarning selektivligi kam bo‘lganligi uchun ulardan kam foydalaniladi. Organik cho'ktiruvchilar qatoriga neytral komplekslar hosil qiluvchi moddalarni kiritish mumkin. Bular dimetilglioksim, a-benzoinoksim, 8-oksixinolin va boshqalar kiradi. Fenilarson kislota, n-oksifenilarson kislota va n-propilarson kislota to‘rt valentli metallarni kislotali muhitda cho‘ktirishda juda selektiv cho'ktiruvchilar hisoblanadi Birgalashib cho‘kishni amalga oshirish uchun anorganik va organik kollektorlardan foydalaniladi. Kollektorlar — kam eriydigan anorganik va organik birikmalar bo‘lib, ular zarur bo‘lgan moddalarni ushlab qolishi va xalaqit beruvchi mikro, shuningdek, asosiy tarkibiy qismlarni ushlamasligi kerak. Misol tariqasida mis metalidagi oz miqdordagi vismutni aniqlashni ko‘rib chiqamiz, chunki juda oz miqdor vismut ham mis o‘tkazgichining xususiyatlarini ancha yomonlashtiradi. Avvalo mis namunasi eritmaga o'tkaziladi, so‘ng vismut ozroq mis yoki alyuminiy tuzi bilan cho'ktiriladi. Vismut tuzlari oson gidrolizlanganligi uchun ularni ozroq mis (II) gidroksid bilan to’liq cho‘ktirish mumkin. Aralashmaga tiomochevina qo‘shilsa, mis rangsiz barqaror kompleksga bog‘lanadi, vismut esa sariq rangli kompleks hosil qiladi. Aralashmaga kaliy yodid qo‘shilsa, vismut sariq rangli BiJ4 kompleks ioniga aylanadi va uni fotometrik aniqlash mumkin. 26 . Elektrolitik ajratish va konsentrlash Bu hodisa elektroliz jarayoniga asoslangan bo‘lib, tekshiriladigan modda eritmasiga ikkita inert elektrod tushirilib, ular o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi, elektrolitdan o'tayotgan tok elektrodlarda (yoki elektrod yaqinida) moddalami ajratib chiqaradi.Distillatsion ajratish va konsentrlash Bu usul uchuvchan moddalarni haydashga asoslangan. Ma’lumki, moddalar turli haroratda haydaladi. Suyuq moddalar gazga (bug‘ga) aylanib haydalsa, ayrim qattiq moddalar suyuqlanmasdan birdaniga gazga aylanadi. Bu hodisa sublimatsiya deyiladi. Gaz holatiga o ‘tgan modda sovutilib, kondensatlanadi va ajratib olinadi. Gaz holatidagi moddalarni kondensatlashdan tashqari yuttirib ham ajratish mumkin. Ayrim hollarda, uchuvchan modda haydalib, qoldiq tekshiriladi.Agar suyuqlik aralashmasini ajratish talab etilsa, aralashmadagi har bir moddani o‘z qaynash haroratida ketma-ket haydab ajratish mumkin. Buning uchun rektifikatsion kolonnalardan foydalaniladi. Masalan, neftni fraksiyalarga ajratish bunga misol bo‘la oladi. Ayrim moddalar uchuvchan emas, bunday moddalarni ajratish uchun ularni uchuvchan holatga aylantirish talab etiladi 27. 28 29 Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling