Argumentlash nazariyasining mantiqiy asoslari
Download 0.61 Mb.
|
Zoirova Zaxro falsafa..
Argumentlash va asosli muhokama yuritish shartlariReja:
Argumentlashning umumiy tafsifiArgumentlash keng ma’noda fikrni tasdiqlash uchun dalillar keltirishdan iborat. Uning xar xil usullari mavjud. Xususan fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o’zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko’p xollarda bilish jarayoni natijaning chinligi ularning ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog’lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlashdir.Isbotlash bir xukmning chinligini u bilan bog’langan boshqa chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat bo’lgan mantiqiy amaldir. Aksiomalar chinligi o’z-o’zidan ravshan bo’lgan isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson amaliyotida milliard martalab takrorlanganligi uchun xam ularni isbotlash zarur emas.Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo’ladi. Ularni xech ikkilanmasdan argument qilib olsa bo’ladi. Demonstratsiya yoki isbotlash usuli tezis bilan argumentlar o’rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo’ladi. Ya’ni tezis, argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.Isbotlashning 2 ta turi mavjud: 1. Bevosita isbotlash, 2. Bilvosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to’g’ridan-to’g’ri argumentlar bilan asoslanadi. ya’ni tezisga zid bo’lgan xukmlardan foydalanilmaydi. Bunda tezis ko’p xollarda yakka xodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Raddiya – ilgari surilgan tezisning xatoligi yoki asossizligini aniqlash yo’li bilan isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.Birorta fikrning chinligini rad etish unga zid bo’lgan fikrning xatoligini ko’rsatishdan iborat bo’lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy xoli deb xisoblash mumkin.Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling