Argumentlash nazariyasining mantiqiy asoslari
Raddiya 3 xil usul bilan amalga oshiriladi
Download 0.61 Mb.
|
Zoirova Zaxro falsafa..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isbotlash, rad etish va tezisga aloqador qoidalar
- Argumentlarga nisbatan qoidalar
Raddiya 3 xil usul bilan amalga oshiriladi:
1. tezisni tanqid qilish, 2. argumentlarni tanqid qilish, 3. demonstratsiyani tanqid qilish. Masalan, vulgar materialistlarning «ong moddiydir» degan tezisi tabiatshunos olimlar tomonidan ongning ideal xodisa ekanligini ko‘rsatuvchi dalillar bilan rad etiladi. Bu tezisni tanqid qilish orqali amalga oshiriladi. Raddiya xam isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo’lgan xukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan (rad etish usuli) tashkil topgan bo’ladi. Isbotlash, rad etish va tezisga aloqador qoidalar:Tezis mantiqan aniq va ravshan bo’lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o’zining aniq predmetiga ega bo’lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish bexuda ish xisoblanadi.Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o’zgartirilmasligi kerak. Bu qoida buzilsa «Tezisni almashtirish» degan xato kelib chiqadi. Argumentlarga nisbatan qoidalar: Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin xukmlar bo’lishi va bir-biriga zid bo’lmasligi lozim. Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bo’lishi kerak. Argumentlar tezisdan mustaqil xolda chinligi isbotlangan xukmlar bo’lishi mumkin. Demonstratsiyaga nisbatan qoida: tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo’lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish kerak. Muammo – javobi mavjud bo’lmagan va echish usuli noma’lum bo’lgan savoldir. Shuning uchun xam muammolar mavjud bilimlar doirasidan chetga chiqishni, yangi echish usuli, metodlarini qidirishni taqozo etadi. Shunday muammolarni ilgari surishni, uni muxokama qilishning xarakterini bilish va amaliyotdagi extiyojlarni belgilab beradi.Savol – muammoning ifoda qilinish shakli, bilimlarimizdagi noaniqliklar, shubxalarni yuqotishga va aniqrok, to’liqroq bilim olishga qaratilgan fikrlash vositasidir. Savol ma’lum bir boshlang’ich bilimga tayangan xolda qo’yiladi. Ana shu boshlang’ich bilim javobning xarakterini, uning umumiy sxemasi va yo’nalishini belgilab beradi. Savol aniq, ravshan, qat’iy xolda qo‘yilishi lozim. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling