4-Mavzu: Nеоlit.
Rеja:
1. Nеоlit davri umumiy tavsifi. Ishlab chiq’aruvchi хo’jalik shaklining shakllanishi va taraq’q’iyoti.
2. Jоytun madaniyati.
3. Kaltaminоr dоirasidagi madaniyatlar.
4. Sazag’оn madaniyati.
5. Hisоr madaniy-tariхiy birligi.
6. O’rta Оsiyoning nеоlit davri q’abilalari mоddiy madaniyati va хo’jaligi.
Neolit
Neolit davri tavsifi. Neolit inqilobi. Neolit (yangi tosh) asri mezolitning ichidan o’sib chiqqan va nisbatan taraqqiy etgan davrini davomi bo’lib, o’zining alohida ajralib turadigan xususiyatlari bilan me zolitdan farq qiladi. Shuni aytish kerakki, nafaqat Mar kaziy Osiyo xududida, balki yesharining juda ko’p mamla katlarida neolit yodgorliklari mezolitga nisbatan jud ko’plab topilgan va o’rganilgan. Ularni o’rganish natijalar] shuni ko’rsatdiki, bu davrga kelib ajdodlarimizni xo’jali gida tub o’zgarishlar yuz beradi. Odamlar nisbatan qoloq yashashdan ancha taraqqiy etgan, o’z talablariga javob bera oladigan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka, ya`ni dehqonchilikk; va chorvachilikka o’tadilar.
Ma`lumki mezolit davrida bizni Markaziy Osiyo xu dudlaridagi ayrim yodgorliklarda dehqonchilikka o’tmaga!-bo’lsalarda chorvachilikni ilk ko’rinishlari namoyon bo’lgai edi. Neolitga kelib esa, nafaqat chorvachilikka, balki dehqonchilik bilan ham shug’ullanuvchi jamoalar ham vujudga keldi. Bunday xolat ajdodlarimizni nafaqat moddiy ishlab chiqarishlarida, balki ma`naviy hayotlarida ham katta o’zga-rishlarga olib keldi. Ammo barcha joylarda ham o’zlashti-ruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish bir vaqtni o’zida sodir bo’lmadi. Balki turli sabablarga ko’ra taraqqiyotni note^is rivojlanishi oqibatida bir vaqtni o’zida turli regionlarda turlicha rivojlanish yuzaga keldi. Masalan: Markaziy Osiyoning shimoliy qismida Kaltaminor madaniyatini sohiblari ovchilik, balihchilik va termachilik bilan shug’ulllangan bo’lsalar, uning sharqiy qismida Hisor madaniyati odamlari chorvachilik bilan, janubida esa Joyi-tun madaniyatining odamlari dehqonchilik va chorvachilik bi-lan shug’ullanganlar. Bu uch xil yo’nalishdagi xo’jaliklar bir vaqtni o’zida, ya`ni neolitni o’zida bo’lib o’tgan. Marka-ziy Osiyo neoliti o’rta hisobda eradan avvalgi VI-IV ming yillikdan to III ming yillikkacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |