Bir xonali kombinatsion jamlagich – kirish yo‘llariga qo‘shiluvchilarning kodlari bir vaqtda berilish bilan chiqish yo‘llarida yig‘indi va keyingi (katta) xonaga ko‘chirish qiymati signalini hosil qiluvchi qurilma. Qo‘shiluvchilarning signallaridan biri olib tashlanishi bilan kombinatsion jamlagichning chiqish yo‘lidagi yig‘indi qiymati yo‘qoladi. - Bir xonali kombinatsion jamlagich – kirish yo‘llariga qo‘shiluvchilarning kodlari bir vaqtda berilish bilan chiqish yo‘llarida yig‘indi va keyingi (katta) xonaga ko‘chirish qiymati signalini hosil qiluvchi qurilma. Qo‘shiluvchilarning signallaridan biri olib tashlanishi bilan kombinatsion jamlagichning chiqish yo‘lidagi yig‘indi qiymati yo‘qoladi.
- Bir xonali to‘plovchi jamlagich – xotirlash elementlari (odatda triggerlar) asosida ko‘riladi. Kirish yo‘liga ketma-ket berilgan qo‘shiluvchilarning kodlari jamlagichda yig‘indi ko‘rinishida to‘planadi va signallar berilishi to‘xtatilsa ham unda saqlanadi.
- Ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha jamlagichlar ketma-ket va parallel jamlagichlarga bo‘linadi.
- Ko‘p xonali ketma-ket jamlagich qo‘shiluvchilarning ketma-ket kodini ular yig‘indisining ketma-ket kodiga aylantiradi. Ikkita ko‘p xonali sonlarni qo‘shish kichik xonadan boshlanib ketma-ket xonalar bo‘yicha bajariladi.
- Parallel jamlagichlar – parallel jamlagichlar soni qo‘shiluvchilar xonalarining soniga teng bo‘lgan bir xonali jamlagichlar asosida ko‘rilib, unda qo‘shiluvchilar kodining hamma xonalari bir vaqtda ishlanadi. Ishlatiladigan bir xonali jamlagichlarning xiliga qarab kombinatsion va to‘plovchi parallel jamlagichlar bo‘ladi.
- Kombinatsion jamlagich asosida to‘plovchi jamlagichlarni tuzish xotirlash registrlarining ishlatilishini taqozo qiladi.
- To‘plovchi jamlagichlarda qo‘shish jarayonining yana bir usuli guruhli ko‘chirishni tashkil qilishdir. Bu usulga binoan jamlagich xonalar guruhiga ajratilib, har bir guruh bilan bitta kon’yunktor bog‘langan bo‘ladi. Son xonalari jamlangandan so‘ng jamlagichlarning trigerlar guruhi «1» holatida bo‘lsa, kon’yunktor ochiladi. Bu holda trigerlar guruhidan uzatilgan ko‘chirish qiymati signali bu kon’yunktordan o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |