Hisobchi - registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan tezkor xotira yacheykalarini tanlash; Hisobchi - registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan tezkor xotira yacheykalarini tanlash; Tezkor xotira yacheykalaridan keyingi buyruq kodini tanlash va buyruqlar registriga tanlangan buyruqni yuborish; Qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshqarish impulslarini o‘qish va bloklarga yuborish; Buyruqlar registri va mikroprotsessor registrlaridan operandlarning tashkil etish adreslarini o‘qish ; Dasturning keyingi buyrug‘i adresini aniqlash. Har qanday EHM ning asosiy maqsadi informatsiyani qayta ishlashdan iborat bo‘lib, biz bilamizki, turli tipdagi informatsiyalar sonlar yordamida ifodalanadi. Hisoblash mashinalarida sonlar bilan ishlash uchun maxsus qism mikroprotsessor qurilmasi mavjud bo‘lib, ular mantiqiy universal qurilma hisoblanadi va mantiqiy matematik oddiydan murakkabgacha bo‘lgan amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Bu qurilma integral sxemada ko‘rilganligi tufayli uning hajmi unchalik katta bo‘lmaydi, keyingi yillarda mikroprotsessorlar bir-biridan tezligi va imkoniyati bilan farqlanadi. 3)Arifmetik mantiqiy qurilmani funksional qismi jihatdan ikkiga bo‘lish mumkin: 3)Arifmetik mantiqiy qurilmani funksional qismi jihatdan ikkiga bo‘lish mumkin: a) mikrodasturli qurilma (boshqarish qurilmasi) u mikrobuyruqlar ketma-ketligini beradi. b) operatsion qurilma (arifmetik mantiqiy qurilma) mikrobuyruqlar bajariladi. Arifmetik mantiqiy qurilmaning tarkibiga Rg1 – Rg7 registrlari kiradi, ularda tezkor xotiradan kelayotgan axborot qayta ishlanadi. Axborotni qayta ishlash qonuniyati M mikrobuyrug‘i bilan beriladi. U A1, A2,...,An ketma-ket mikrobuyrug‘lar sifatida yoziladi. Shu yerning o‘zida mikrobuyrug‘lar ikki xilga farqlanadi: Tashqi mikrobuyrug‘lar ya’ni bular arifmetik mantiqiy qurilmaga tashqi qurilmalardan keladigan buyruqlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |