Natijani ketma-ket to‘plashni talab qiluvchi amallarni (masalan ko‘paytirish, bo‘lish) bajarishda qo‘shishni tezlatish uchun ko‘chirish qiymati signallarini xotirada saqlovchi jamlagichlar ishlatiladi. Bunday jamlagichlar ikkita registrdan iborat bo‘lib, birida qo‘shishning oraliq natijasi saqlansa, ikkinchisida ko‘chirish qiymati saqlanadi. - Natijani ketma-ket to‘plashni talab qiluvchi amallarni (masalan ko‘paytirish, bo‘lish) bajarishda qo‘shishni tezlatish uchun ko‘chirish qiymati signallarini xotirada saqlovchi jamlagichlar ishlatiladi. Bunday jamlagichlar ikkita registrdan iborat bo‘lib, birida qo‘shishning oraliq natijasi saqlansa, ikkinchisida ko‘chirish qiymati saqlanadi.
- Shartli ko‘chirishni tashkil qilish uchun jamlagich ikkita teng qismga bo‘linadi va katta xonalarida birlashtiruvchi qismi takrorlanadi. Shartli ko‘chirishli jamlagichlarda ko‘chirish qiymati signalining tarqalishi vaqti nisbatan ikki marta kamayadi.
- Sinxron jamlagichlar xuddi parallel jamlagichlardek, bunday jamlagichlarda istalgan ikkita sonni jamlash uchun eng katta, ya’ni eng qiyin holatda kerak bo‘ladigan vaqt ajratiladi va bu vaqt ko‘pincha samarasiz ishlatiladi.
- Istalgan ikkita sonni jamlash uchun kerakli vaqtda ajratiladigan jamlagichlar asinxron jamlagichlar deb yuritiladi. Bu jamlagichlarda maxsus
- zanjirlar mavjud bo‘lib, ular ko‘chirish qiymati signalining tarqalishi tugallanganlagini aniqlaydi. Bu tipdagi jamlagichlar umumiy ishlarga mo‘ljallangan EHMlarda ishlatiladi. Masala yechilishi vaqti qat’iy belgilangan va son kodlariga bog‘liq bo‘lmagan, ixtisoslashtirilgan EHMlarda asinxron jamlagichlarning ishlatilishi noo‘rin hisoblanadi.
- Registr - har xil uzunlikdagi yacheyka xotirasining tezligi, registr1, ikkilik so‘z razryadiga ega. Registr2 esa so‘z razryadligiga ega. Registr1 operatsiya bajarganda, shu operatsiyaga qatnashgan birinchi son joylashadi, operatsiya tugagandan so‘ng natija e’lon qilinadi. Registr2 da operatsiyada qatnashuvchi ikkinchi son (operatsiya tugash vaqtida axborot o‘zgarmaydi). Registr1 ma’lumotlar shinasi kodlardagi axborotlarni qabul qiladi va ularga axborotni yetkazib beradi. Registr2 shu shinalardan axborotni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |