Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish


Download 354.94 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi354.94 Kb.
#1299680
Bog'liq
Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish


Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish
2-OTM 206-guruh talabasi Musurmonova Zaxrogul
Raqamli mikrosxemalar fan va texnikaning ixtiyoriy masalasini echa oladilar. Buning uchun raqamli mikrosxema asosidagi qurilmada, echiladigan masalaning dastlab berilganlari haqidagi mahlumotlar, echish algoritmi va hisoblash natijalari faqat ikkita qiymat: 0 va 1 signallari ko‘rinishida ifodalanadi
Ikkilik raqamlari ketma-ketligi yordamida raqamli qurilmalarda ixtiyoriy mahlumolarni (raqamlar, matnlar, komandalar va x.z.) kodlash, saqlash va qayta ishlash mumkin. SHunday qilib, raqamli tizimlarda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas (doimiy) kattaliklar raqamlar ko‘rinishida ifodalanadi. SHuning uchun ularda masalalar echishning sonli usullari ko‘llaniladi.
Masala echishning sonli usuli – bu sonlar ustida bajariladigan arifmetik amallar (operatsiyalar) ketma-ketligidir. Echilishi talab etilayotgan masala, odatda, oddiy matematik tilda (tenglama, funksiya, differensial operandlar va shu kabilar) shakllanadi. SHuning uchun ixtiyoriy matematik masalani echish uchun sonli usullar yordamida nisbatan sodda arifmetik amallarga olib kelish kerak.
Sodda amallar ketma-ketligi ko‘rinishida ifodalangan masalalarni avtomatik ravishda echish uchun, berilganlarni, oraliq va olingan hisoblash natijalarini saqlashga, hamda oddiy amallarni bajarish tartibi haqidagi mahlumotlarni saqlashga imkon beruvchi qurilma talab etiladi. Bunday qurilma xotira deb ataladi.
Barcha turdagi AMQlar uchun ayiruv, mantiqiy ko‘paytiruv, mantiqiy qo‘shuv, istisnoli YOKI, inversiya, o‘ngga siljish, chapga siljish, musbat orttirma (inkriment), manfiy orttirma (dekrement) arifmetik amallarini bajarish majburiy hisoblanadi. Majburiy amallar apparat vositalari yordamida amalga oshiriladi, yaxni talab etilgan ishni bajarish uchun mahlumotlar mahlum mikrosxemalardan o‘tishi kerak. Majburiy amallar sodda amallar deb ataladi.
Arifmetik qo‘shuv-ayiruv amalini bajarilishi.
Arifmetik qo‘shuv-ayiruv amalini bajarishga mo‘ljallangan kirishlarga ega bo‘lgan AMQ tuzilma sxemasi. Soddalik uchun ikki razryadli sonlar bilan ishlaydigan qurilma sxemasi keltirilgan. Ayirish kamayib boruvchi X larni qo‘shib borish va qo‘shimcha U ayiriluvchi kodi yordamida amalga oishiriladi.
Sxema ikkita bir xil qo‘shuv-ayiruv bloki (ikki razryadli qo‘shiluchilar uchun)dan tashkil topgan. Har bir blok EMAS invertori 2(3), ikkita kirishli HAM elementi 5(7), murakkab 2YOKI-2HAM elementi 4(6) va bir razryadli jamlagich SM 8(9)dan iborat. Qovuslar ichida ikkinchi blok elementlarining raqami ko‘rsatilgan. Ikkala blok ikkita kirishli 2YOKI-EMAS mantiqiy elementida bajarilgan bitta tugundan boshqariladi.
Dastlabki holatda, «+», «-» boshqaruv kirishlariga mantiqiy 0 signali uzatilganda, bir razryadli jamlagichning barcha kirishlarida xi, yi kirish signallari qiymatlari qanday bo‘lishidan qathiy nazar nolg‘ga teng signallar mavjud bo‘ladi. Mos ravishda Si chiqish signallari ham nolg‘ga teng bo‘ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 354.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling