Arifmetik masalalar уеchishga o'rganish metodikasi Masala va nazorat tarkibi Masala echishga o'rgatish bosqichlari va boshqa mantiqiy Reja


Masalani tanlashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish


Download 79.5 Kb.
bet3/5
Sana19.12.2022
Hajmi79.5 Kb.
#1033517
1   2   3   4   5
Bog'liq
Arifmetik masalalar уеchishga o\'rganish metodikasi Masala va nazorat tarkibi Masala echishga o\'rgatish bosqichlari va boshqa mantiqiy

Masalani tanlashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish.
Masala tahlili masala savolidagi berilganlarga qarab boradi:
1. Masalada nimani bilish talab qilinadi? (Kastyumga ketgan materialni).
2. Buni birdaniga bilib bo‘ladimi?
(Yo‘q).
3. Nega? (Nechta kostyum tikilganini bilmaymiz).
4. Nechta kostyum tikilganini bilib bo‘ladimi? (Bo‘ladi).
5. Qanday qilib?
(Nechta ko‘ylak tikilgan bo‘lsa shuncha kostyum tikilgan).
Nechta ko‘ylak tikilgan? ( 24 m materialning har 3 m dan bitta ko‘ylak tikilgan bo‘lsa, 24:3=8 ta ko‘ylak tikilgan).
6. Kostyum ham 8 ta bo‘lsa, har bira kostyumga 4 m dan material ketsa jami necha m material ketgan? (8*4=32 m)
7. Masala svoliga javob berdikmi (ha)


5.”O‘nlik” mavzusida masalalar yechish
1-sinfdan boshlab sodda masalalar yechish ketma – ket tartibda berib boriladi. Eng avvalo o‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bilan amaliy xarakterdagi mashqlarni bajaradilar. Masalan 3 ta cho‘pga bir cho‘pni qo‘shganda nechta cho‘p bo‘ladi, degan o‘quvchining savolini o‘quvchilar bevosita cho‘plar orqali bajaradilar. O‘qituvchi raxbarligidagi o‘quvchilar masalada berilganlarni elementar muloxazaga ajratadilar.
Masalada berilganlar yoki bizga nimalar ma`lum degan savol qo‘yadi;
Masalaning savoli yoki nimani bilishi kerak; kerakli amalni bajarish.
Masalaning javobini keltirib chiqarish.
Bundan keyuin o‘quvchilar masalalar yechishda sonli berilganlarni tasvirlovchi rasmlardan foydalanadilar. Masala yechish malakalari rivojlangan sari o‘quvchilar tushunadigan predmet va xodisalar orasidagi bog‘lanishga doir masalalarni yecha boshlaydilar.
Nomalum qo‘shiluvchi qatnashgan masalalarni yechishga muxokama qilishdan foydalanish kerak.
Bunday masalalarni qiynalmasdan yechish uchun o‘quvchilarning o‘zlariga kuzatish asosida masalalarni mustaqil tuzdirish kerak. Masalan, nomalum songa 3 qo‘shildi va 8 xosil qilindi nomalum sonni toping. Nomalum sonni x bilan belgilaymiz, uni o‘quvchi tushuntirib x+3=8 ni xosil qiladi.
Nima nomalum? (1-qo‘shiluvchi) nomaluym qo‘shiluvchi 3-qo‘shiluvchida xosil bo‘lgan (8)
misolda nima malum? (2-qo‘shiluvchi va yig‘indi) partaga 8ta uychburchak qo‘yiong, 8 soni qanday xosil bo‘ldi? (nomalum songa 3 qo‘shildi va 8 soni xosil bpo‘ldi) shu 3 ta buerchakni oling, oldin nechta uchburchak bo‘lgan? (5) uni qanday bildingiz (8 dan 3 ni ajratdik)
biz nimani bildik, 8 dan 3ni ayirdik, (1-qo‘shiluvchini topdik). O‘quvchilarga quydagi yozuvlarni ko‘rsatamiz.
x+3=8 x=8-3 x=5
2. Sodda masalalar o‘quvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Sodda masalalardan ulushlar, qator geometrik tushunchalar vaalgebra elementlarini o‘rganishda ham foydalaniladi.
Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yechilishi uchun bir nechta o‘zaro bog‘liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. Soddamasalalar kabi murakkab masalalar ham bilimlarni o‘zlashtirishga, olingan bilimlarni mustahkamlash va mukammallashtirishgaxizmat qiladi.
Sodda va murakkab masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, odatda, o‘z ichiga “yashirin axborotni” oladi. Bu axborotni qidirish, masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Masalalar yechish orqali o‘quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog‘i lozim:
1.Masalani tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish.Masala ustida ishlash uning mazmunini o‘zlashtirishdan boshlanadi. O‘quvchilar hali o‘qish malakasiga ega bo‘lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o‘qituvchi o‘qib beradigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o‘rgatish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida, har bir o‘quvchi masala matnini tinglabgina qolmay, balki masalani mustaqil o‘qib chiqishi zarur;
Masala matni o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan bir-ikki marta o‘qiladi, ammo bunda bolalarni masala matnini bir marta o‘qishdayoq uning mazmunini tushunib olishgaasta-sekin o‘rgata borish kerak.
Matematika masalalarni yechishning asosiy usullari sifatida arifmetik va algebraik usullar farq qilinadi. Arifmetik usulda masalani savoliga javob sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish natijasida topiladi.
1.Masalani dastlabki analiz qilish (ma’lumni noma’lumdan ajarataolish malakasi).
Ma’lumni noma’lum-dan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog‘lanishni ochish - bu eng muhim malakalardan biri. Bunday malakaga ega bo‘lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o‘rganib bo‘lmaydi.

Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling