Aristotel, Forobiy va Kant ontologiyasida kategoriyalar tasnifi Reja


Download 25.5 Kb.
bet5/5
Sana04.02.2023
Hajmi25.5 Kb.
#1161781
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aristotel, Forobiy va Kant ontologiyasida

II
FAROBIY (873-951)

Farobiyning ontologik qarashlari. Mutafakkir borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin" taʼlimotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. F. xudoga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb taʼrif beradi. Xudo birinchi sabab sifatida boshqa sabab va turtkiga muxtoj emas. U yaratadi, lekin boshka narsalar tomonidan yaratilmaydi. Allohning zotiga qaramaqarshilik, ziddiyat, turli nuqsonlar, beqarorlik va boshqa jarayonlar xos emas. "Vujudi mumkin" esa barcha yaratilgan, mavjud boʻlgan va yaratilajak narsa va ashyolarni anglatadi. F. tabiat, ashyo va jismlar turli shakllari muayyan izchillik va zaruriyat boʻyicha yuz beradigan tadrijiy jarayonlar asosida paydo boʻladi, deb hisoblaydi. Butun mavjudotni sababoqibat nuqtai nazaridan 6 daraja (sabab)ga boʻladi: xudo — birinchi sabab; ikkinchi sabab esa osmon jinslari, soʻng faol aql, jon (annafs), shakl (assurat), modda yoki ashyolar (almodda). Xudo—vojibul vujud, yaʼni zaruriy mavjudlik boʻlsa, krlganlari — vujudi mumkin, yaʼni imkoniy mavjud narsalardir. Bular bir-biri bilan sababiy bogʻlangan. Xudo, yaʼni "vujudi vojib" birinchi boʻlib aqgsh faolni yaratadi. Akl esa har bir sayyoraga xos aklni yaratadi. Eng soʻnggi samoviy aql natijasida Yerdagi aqlruh va barcha moddiy jismlar, yaʼni 4 unsur: tuproq, havo, olov, suv paydo boʻladi. 4 unsurdan esa nabotot odami, hayvonot olami, inson zoti va notirik tabiat vujudga keladi. Organik olamga oʻsimlik ruhi, hayvoniy ruh va insoniy ruh xosdir. Jismlarga harakat xos boʻlib, ular oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. Shunday qilib, F.ning borliq haqidagi taʼlimoti keyingi davrlarda hurfikrlikning keng quloch yozishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.


Farobiyning gnoseologik qarashlari, yaʼni bilish haqidagi taʼlimoti ijtimoiyfalsafiy fikr rivoji tarixida alohida oʻrinni egallaydi. Olimning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq toʻgʻrisida risolaga muqaddima", "Mantiqqa kirish", "Akl toʻgʻrisida", "Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi" va boshqa asarlarida taxlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini taʼkidlab, uning qobiliyati, tevarakatrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi.
Farobiy oʻz asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing oʻzaro munosabati, mantiqiy fikrlash toʻgʻrisidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha aʼzolarni hayot uchun zarur boʻlgan qon bilan taʼminlovchi markaz vazifasini bajaradi. F. "Ilm va sanʼatning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (alaraz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, akl, nutq va boshqa vosita hamda usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va akliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib oʻtadi. Hissiy bilishda sezgi aʼzolari yordamida ashyolar, narsa va hodisalarning muayyan sifatlari bilib olinadi. Shu bilan birga, sezgi orqali narsa va buyumlarning muhim boʻlmagan tomonlari ham idrok qilinadi. Aql orqali esa buyum sifatlarini mavhumlashtirish orqali uning mohiyati va umumiy tomonlari bilinadi.
Farobiy aqlni, bir tomondan, ruhiy quvvat, yaʼni tugʻma, 2tomondan, taʼlimtarbiyaning mahsuli ekanligini taʼkidlaydi. F. davlatni boshqarishda, qonunlarga amal qilishda, kishilararo munosabatda, axloq va xulqodob qoidalariga rioya qilishda, taʼlimtarbiyada akl hukmidan kelib chiqqan holda harakat qilish kerak, deb hisoblaydi. F.ning qimmatli fikrlaridan biri uning dunyoviy ruh va dunyoviy aql, ularning barhayotligi haqidagi taʼlimotning talqinidir. Mutafakkirning nazarida kishining ruhi va aqli oʻlganidan keyin yoʻq boʻlib ketmaydi, balki dunyoviy ruh va akl bilan qoʻshiladi. Demak, odamning ruhi va akli abadiylikka ketadi. Lekin ular hech vaqt qaytib kelmaydi va namoyon boʻlmaydi. Ular tanani tashlab ketgandan soʻng bir butunlikni tashkil etadi, akl va ruh yashash davomida orttirgan barcha maʼnaviy boylik toʻplanib barhayot dunyoviy ruh va aklni tashkil etadi. Mutafakkirning bu taʼlimotida dunyoning abadiyligi, inson zotining oʻlmasligi, inson bilimlari va aqlining uzluksizligi, insoniyat maʼnaviy madaniyatining taraqqiyoti haqidagi purmaʼno gʻoyalar mavjud. Uning talqinida akliy bilish koinot akli yordamida haqiqiy ilmga aylanadi. F. bilishning ratsional usulini asoslagan buyuk mutafakkirdir. U falsafiy taraqqiyotda, kuzatuv, bahsmunozara, bilish usullari, hissiy mushohada toʻgʻrisida oʻz davri uchun eʼtiborga molik fikrlarni ilgari surdi.
Kant falsafasi quyidagi rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi:
1) tabiiy-ilmiy bosqich (1747—1755) — bu davrda «Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755) asarini yozdi, bunda u oʻzining kosmogonik nazariyasini olga surdi (qarang Kant gipotezasi);
2) metafizik bosqich — u Volf metafizikasidan voz kechib, …
3) tanqidiy bosqich — bu davrda Kant koʻproq bilish muammolari bilan shugʻullandi. «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1789), «Mulohaza qobiliyatining tanqidi» (1790) asarlari shu davrda yozilgan. Kant bilish nazariyasida agnostitsizmga moyil. Kant bilish jarayonida «narsa oʻzida» bilan «biz uchun narsa»ni bir-biridan farq qiladi. «Narsa oʻzida» — oʻzicha mavjud boʻlgan obʼyektdir. «Biz uchun narsa» — obʼyektning inson idrok qilgan qismidir. Uning fikricha, inson «narsa oʻzida» (mohiyat)ni bilishga qodir emas, u faqat «biz uchun narsa»ni, yaʼni hodisalarni bilishi mumkin. Kant agnostitsizmi inson bilimi aniq tarixiy harakterga ega ekanligi bilan chegaralanganligiga, inson hech vaqt hamma narsani oxirigacha bilib ololmasligiga asoslangan. Borliqning barcha qismlari bilish obʼyekti boʻla olmasligi ham bu yerda muhim ahamiyatga ega;
4) tanqidiydan keyingi bosqich — bu davda Kant mantiq, pedagogika, tabiiy geografiya va pragmatik antropologiya (yaʼni harakterologiya)ga oid maʼruzalarini nashr ettirdi. Kant fikricha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ega boʻlavermaydi. Insonda aprior (tajribagacha) bilimlar ham boʻladi. Bular tugʻma bilimlardir (masalan, matematika, falsafa). Ilmiy bilishning ishonchliligi va haqiqiyligi uning eng umumiyligi va zaruriyligi bilan belgilanadi. Kant oʻz falsafasida bilish nazariyasini birinchi boʻlib falsafiy muammo sifatida atroflicha ishlab chiqishga harakat qildi.


Qo’llanilgan adabiyotlar


1.Axmedova.M FALSAFA Toshkent 2006
2.Shermuxamedova.N GNOSEOLOGIYA Toshkent 2009
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling