Aristotel,forobiy va kant ontologiyasida kategoriyalar tasnifi


Download 19.94 Kb.
bet5/6
Sana22.04.2023
Hajmi19.94 Kb.
#1378120
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ARISTOTEL,FOROBIY VA KANT ONTOLOGIYASIDA KATEGORIYALAR TASNIFI Abduraxmonov

Arastuning siyosiy qarashlari „inson – ijtimoiy mahluqdir“ degan gʻoyaga asoslanadi, yaʼni oila, jamiyat, davlat – inson hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Arastu oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat davlatniki boʻlishi, unda barcha fuqarolar (qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk tartibotidan saboq beruvchi ilmlarni egallashi shart. Arastu davlat masalasida har qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib oʻtirmay, mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qaygʻurishi lozim, deb hisoblaydi.

  • Arastuning siyosiy qarashlari „inson – ijtimoiy mahluqdir“ degan gʻoyaga asoslanadi, yaʼni oila, jamiyat, davlat – inson hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. Arastu oilaviy va ijtimoiy tarbiyani davlat tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat davlatniki boʻlishi, unda barcha fuqarolar (qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk tartibotidan saboq beruvchi ilmlarni egallashi shart. Arastu davlat masalasida har qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib oʻtirmay, mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi konstitutsiya asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qaygʻurishi lozim, deb hisoblaydi.
  • Arastu davlatni idora etishning uchta maʼqul va uchta nomaʼqul shakli mavjud, degan gʻoyani olgʻa suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari amal qilgan davlatda undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish imkoni istisno etiladi, hokimiyat esa butun jamiyat xizmatida boʻladiki, bular – monarxiya (yakka podsho hukmronligi), aristokratiya (aslzodalar hukmronligi) va „politiya“ (oʻrta tabaqa, moʻʼtadil demokratiya hukmronligi)dir. Aksincha, tiraniya (zolimona hukmronlik), sof oligarxiya (qudratli kishilar toʻdasining hukmronligi) va oxlokratiya (haddan oshgan olomon hukmronligi) – monarxiya, aristokratiya va „politiya“ shakllarining vaqt oʻtishi bilan batamom aynigan, yuz tuban ketgan koʻrinishidir.
  • Arastuning tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy qarashlari yotadi: tarbiyadan maqsad – ruhning oliy jihatlari boʻlmish aql-zakovat va irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning oʻzaro chambarchas bogʻliq uch jihati – jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya – ruhning uch turiga muvofiq keladi, yaʼni kamolatga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari – tabiiy qobiliyat, koʻnikma va aql-idrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur. Arastu oʻz iqtisodiy taʼlimotida qullik – tabiiy bir hodisa va u doimo ishlab chiqarish? negizi boʻlishi lozim, degan nuqtai nazarga suyanadi. U tovar-pul munosabatlarini tadqiq etib, natural xoʻjalik bilan tovar ishlab chiqarish? oʻrtasidagi tafovutlarni anglab etish darajasiga yaqin keldi. Uningcha, boylik ikki turdan iborat: isteʼmol qiymatlari yigʻindisi sifatidagi boylik va tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni Arastu „tabiiy boylik“ deb ataydi) manbai – dehqonchilik va hunarmandchilik boʻlib, kishilarning tub ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni Arastu „gʻayritabiiy boylik“ deb nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat boʻlmay, oʻzaro ayirboshlash, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-turining miqdori inson ehtiyojlari bilan chegaralansa, 2-turining miqdorini esa aslo cheklab-chegaralab boʻlmaydi. Shuningdek Arastu isteʼmol qiymati bilan tovar qiymati oʻrtasidagi chegarani birinchi boʻlib belgilab berdi, turli xil tovarlari faqat pul vositasida oʻzaro qiyoslash mumkin, deb hisobladi.

Download 19.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling