Test
1. Aristotelning “Ritorika” asari qachon yaratilgan?
a) Eramizdan oldingi 335 yilda
b) Eramizdan oldingi 353 yilda
c) Eramizdan oldingi 300 yilda
d)Eramizdan oldingi 345 yilda
2. “Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari muallifini toping
a) Lisiy
b) Aristotel
c) Sitseron
d) Demosfen
3. Ovozini o’stirish uchun og‘ziga mayda toshlarni solib, dengiz qirg’og’ida nutq so`zlardi va to’lqin shovqin-suronini bosib ketishga harakat qilardi. Gap kim to‘g‘risida borayapti?
a) Kvintilian
b) Lisiy
s) Siseron
d) Demosfen
4. Ish qog’ozlari uchun zarur bo’lgan, ma’lum bir shaklda saqlanadigan so`z birikmalari, gaplar-
a) varvarizimlar
b) vulgarizmlar
c) parazit so‘zlar
d) kanselyarizmlar
5. Kiftining titrashidan qutilish uchun shiftga qilich ildirib mashqlar qilgan va jismoniy kamchiliklarini bartaraf etgan notiqni toping
a) Kvintilian
b) Lisiy
c) Siseron
d) Demosfen
6. Notiqlik san’ati nazariyasini yaratib uni uch qismga ajratgan alloma
a) Lisiy
b) Aristotel
s) Siseron
d) Demosfen
7. Kvintilian Siseron va boshqa Rim notiqlari fikriga qo’shilgan holda, hamma notiq birinchi navbatda qaysi sifatga ega bo‘lishi lozimligini aytadi?
a) hissiyot
b) kuchli ovoz
s) mimika
d) bilim
8. Nutq madaniyatining nazariy asoslari dastlab qaerda yaratildi?
a) Evropada
b) Misrda
s) YUnonistonda
d) Afrikada
9. Qadimgi Gresiya va Rimda qanday ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratiladi?
a) quldorlik tizimining rivojlanishi
b) quldorlik demokratiyasi, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi, etuk inson bo’lish uchun albatta, notiqlik san’atini egallash shart qilib qo’yilishi
s) savdo-sotiqning taraqqiy etishi
d) sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi
10. Tasviriy vositalarning keng qo‘llanilishi qaysi uslubga xos?
a) rasmiy
b) ilmiy
s) badiiy
d) so‘zlashuv
Do'stlaringiz bilan baham: |