III. Seminar mashg’ulotlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar:
Seminar mashg’ulotlarida talabalar – O’zbekiston tarixi fanidan ma`ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo`yicha tayyorgarlik ko`rish jarayonida qo`shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo`shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.
III.1. “O’zbekiston tarixi” fani bo`yicha seminar mashg’ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
O’ZBEKISTON TARIXI. V QISM (O’zbekiston tarixining XIX asr o’rtalaridan – 1991-yilga qadar bo’lgan davri).
1-seminar mashg`uloti. Toshkent uchun jang, shaharning egallanishi.
XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy axvol. Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi o’rtasidagi munosabatlar. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligidagi siyosiy jarayonlar. Rossiya imperiyasi qo`shinlari tomonidan Oqmachit, Pishpek va To`qmoq, Suzoq qal`alarining egallanishi. Qo’qon xoni Xudoyorxon. Mallaxon. Avliyoota, Turkiston va Chimkent shaharlarini bosib olishi. Mulla Alimqul. General M.Chernyayev. Rus qo`shinlarining Toshkentga yurishi, shaharni egallanishi. Bitim.
2-seminar mashg`uloti. Turkiston viloyatining tashkil etilishi.
Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyatining tashkil etilishi. Ma’muriy-hududiy tuzilishi. Boshqaruv tizimi. Dmitriy Ramanovkiy – Turkiston viloyatini ilk gubernatori. General Chernyayev.
3-seminar mashg`uloti. Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning dastlabki bosqichi.
Buxoro amirligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy axvol. Amirlikning davlat boshqaruv tartibi. Amirlikdagi unvon va mansablar. Yer egaligi shakllari va xo’jaligi. Soliq siyosati. Mirzo Abdulazim Somiy. Ahmad Donish. Amir Muzaffar. Harbiy soha. To’qnashuvlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |