Arix kafedrasi


-mavzu. 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini


Download 91.94 Kb.
bet10/24
Sana08.05.2023
Hajmi91.94 Kb.
#1444666
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Arix kafedrasi

8-mavzu. 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlarini belgilanishi.
O`zbekistonda demokratik islohotlarni chuquralshtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish, jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish kabi vazifalarning belgilanishi.
Oliy Majlis rolini oshirish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yangilash, siyosiy tizimni rivojlantirishda davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha vazifalarni amalga oshirishda o`zaro manfaatli hamkorlik samarasini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarning belgilanishi. “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish.
Harakatlar Strategiyasini amalga oshirishda xalq bilan muloqatning samarali mexanizmini joriy qilish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla instituti, OABlarning rolini kuchaytirish, vazifalarining belgilanishi va amalga oshirilgan vazifalarining natijalari.


9-mavzu. 2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlarini belgilanishi.
2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari. Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlarini, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish kabi vazifalarning qo`yilishi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevral’ PF-4966-son “O`zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan tako-millashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish choratadbirlari to`g’-risida”gi Farmoni. Farmonda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari g’ayriqonuniy harakatlari ustidan fuqarolarning sudga shikoyat qilish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni ta`minlashga xizmat qiladigan ma`muriy sudlar, xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shartsharoitlar yaratishga va har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadid iqtisodiy sudlarning tashkil etilishi. O`zbekiston Respublikasi Sud’yalar oliy kengashining tuzilishi. Kengashning sud’yalar oliy kengashi sud’yalar hamjamiyatining organi ekanligi.
Sud-huquq sohasidagi islohotlarning fuqarolarning sudlarga bo`lgan ishonchini yanada oshirishga imkon berilishi.


10-mavzu. 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlarini belgilanishi.
2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar xususiylashtirilgan ob`ektlari bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning ishtirokini kamaytirish kabi vazifalarning qo`yilishi.
O`zbekistonda tadbirkorlikni qo`llab-quvatlash, oilaviy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” davlat Dasturining ishlab chiqilishi.
2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” deb e`lon qilinishi. Bu yilda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag’larini jalb qilish orqali moliyalashtirilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirilishi kabi vazifalarning belgilanishi.
Valyuta siyosatini erkinlashtirishning kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik uchun imkoniyatlari.


11-mavzu. 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini belgilanishi.
2017 – 2021-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasini rivoj-lantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar Strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirish bo`yicha vazifalarning belgilanishi. Sog’liqni saqlash sohasidagi islohotlar va ularning natijalari. Fan va ta`lim sohasidagi islohotlar. Maktabgacha ta`lim sohasini isloh qilish maqsadida besh yillik alohida dastur. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to`g’risida”gi, “Oliy ma`lumotli mutaxa-ssislar tayyoralash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi, “2019-2023-yillarda Mirzo Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo`lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” bir qator Qaror va Farmonlari va ularda belgilngan vazifalar.
Madaniyat va sport sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevralda “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmoni. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasining tashkil etilishi. O`zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo`yicha olib borilgan ishlar.
Yoshlarga oid davlat siyosati va xoitn-qizlar huquq va manfaatlarini ta`minlash masalalari. “O`zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etilishi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g’risida”gi 2017-yil 5-iyul’ Farmonining qabul qilinishi. O`zbekistonda “Yoshlar kuni”ning deb e`lon qilinishi.
Aholining extiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni yanada kuchaytirish ishlarini olib borilishi. Uy-joyi bo`lmagan yoki eski uylarda yashovchi respublikaning har bir tumani va shahridagi oilalarga arzon uy-joylar berishni yo`lga qo`yilishi, respublikaning har bir tumani va shahrida maishiy texnika yoki bir boshdan qoramol xarid qilib berish ishlarini amalga oshirilishi. Og’ir kasalliklar mavjud bo`lgan taqdirda tibbiy xizmatlar haqini to`lash kabilarning amalga oshirilishi.


12-mavzu. 2017 – 2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta`minlash hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo`nalishlarni belgilanishi.
O`zbekistonda chuqur o`ylangan o`zaro manfaatli va amaliy tashqi
siyosat sohasidagi ustuvor yo`nalishlarning belgilanishi. Davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub`ekti sifatidagi o`rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O`zbekistonning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo`shnichilik muhitini shakllantirish. O`zbekiston-Qirg’iziston munosabatlari. O`zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston respublikasi o`rtasida o`zbek-qirg’iz davlat chegarasi to`g’risidagi shartnomani imzolanishi.
O`zbekiston-Qozog’iston, O`zbekiston-Turkmaniston, O`zbekiston-Tojikiston munosabatlari. O`zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o`rtasida o`zbek-tojik davlat chegarasining alohida uchastkalari to’g’risida shartnoma.
O`zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborot yetkazish. O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish. Davlat chegarasini dimilitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.
O`zbekistonda YEXHT faoliyati. YEXHTning Loyihalarni Muvofiqlashtiruvchi markazining O`zbekistonning inson huquq va erkinliklari masalalaridagi xalqaro majburiyatlarini bajarish sohasidagi salohiyatini oshirish bo`yicha bajarilgan vazifalar. O`zbekistonning SHHT bilan hamkorligi. 2019-yil Bishkekda bo`lib o`tgan SHHT Davlatrahbarlari kengashining o`n to`qqizinchi majlisida O`zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ma’ruzasi. Unga qo’yilgan takliflar.



Download 91.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling